Ulug’bek 1394 yilning 22 martida Eronning g’arbdagi Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi.
U Shohruh mirzoning to’ng’ich o’g’li bo’lib, unga Muhammad Tarag’ay ismi berildi-yu, lekin uni bobosi alohida mehr bilan «Ulug’bek» deb atagani uchun uning asosiy ismi Ulug’bek bo’lib qoladi va jahonga ana shu nom bilan shuhrat tarqatadi.
O’rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblardan ma’lum bo’lishicha saltanatga vorislar davlatini boshqarishda muayyan tartib-qoidalar bayon qilingan qo’llanmalar asosida tayyorlagan. Shulardan biri shahzodalar va xonzodalar bilishi zarur bo’lgan «Suluk ul-mulk» (Podshohlarga qo’llanma) kitobidir.
Ulug’bek maktabi tarixida muhim rol o’ynagan boshqa yirik matematik va astronomlardan biri G’iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud edi. U 416 yilidayoq astronomik asboblar to’g’risida risola yozgan edi. Bu asboblarning ko’pidan Ulug’bek rasadxonasida foydalanilgan. U matematika va astronomiyaga oid bir qancha asarlarning muallifidir. «Ziji jadidi kuragoniy» deb nomlangan Ulug’bek astronomiya jadvali O’rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilib, Yevropa olimlari orasida keng tarqalgan bu fikrimizning yaqqol isbotidir.
Alisher Navoiy (1441-1501). Qomusiy bilimlar sohibi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy fan san’atining turli sohalarim adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, tasviriy sanat, me’morchilik va boshqalarni rivojlantirishga ham katta e’tibor bergandi. U o’zining «Hamsa», «Mahbub ul-qulub» kabi yirik ta’limiy-axloqiy asarlarida, shunigdek «Munojat», «Vakfiya», «Majollisun nafois» asarlarida hamda Abduraxmon Jomiyning «Arba’iyn» nomli asari tarjimasi «Chixil hadis» (Qirq hadis) kabilarda tarbiyaga oid o’z qarashlarini ifoda etadi.
Navoiy o’z davrining ilg’or, ma’rifatparvar allomasi sifatida islomdagi ta’lim-tarbiya aqidalari, o’zidan ilgari utgan mutafakkirlarning qarashlarini an’anaviy tarzda davom ettirdi. Ayniqsa, inson kamolotida ilm-fanning o’rni, aql-idrokining ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.
Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarining birinchi qismida turli tabaqa kishilari haqida fikr yuritar ekan, ularning ma’naviy qiyofalariga alohida e’tibor beradi. Podshohlar adolat bilan ish yuritar ekanlar mamlakatda tinchlik, osoyishtalik, obodonchilik, to’qlik hukm surishi, uning xizmatlari ham shohga qarab insof bilan ish yuritish haqida gapiradi. Turli kasb egalari haqida fikr yuritar ekan, har bir kasb egasining mahorati, vijdoni, xulq-odobiga alohida to’xtab utadi. Masalan, tabiblarni «tabibga o’z ishida mahorat va kasallar holiga shafqat va ular tabiati uyg’un donishmand, dono bo’lishi kerak» deydi. Navoiy fikrini davom ettirib so’zida yumshoqlik va ko’ngilovlashlik, o’zida hayot va xushfe’llik bo’lsin deydi.
Navoiy insonning axloqiy xislatlari, yaxshi fe’l-atvorlik xususida to’xtab utar ekan, avvalo har bir insoniy fazilatning tarifini beradi.
U kishi fe’llarga qanoat, sabr, odob, ishq va vafo, saxovat, himmat, karam muruvvat, yumshoq ko’ngillik kabi xislatlarni kiritib, har birining tarifidan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida o’z fikrini to’ldiradi. Navoiy yuqorida zikr qilib o’tilgan xislatlarga tarif berish bilan birga ularga qarama-qarshi bo’lgan yomon illatlar to’g’risida so’z yuritadi va ulardan qutulish yo’llarini ham bayon qiladi.
Axloqlilikning eng muhim mezoni sanalgan odob haqida fikr yuritar ekan. «Odob kichik yoshdagilarni uloqlar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand buladi. Odob kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’nglida abadiy qoladi»
Qanoatni sharaf va izzatning tantanasi desa, davlatli tamagirni xor va pastkash deb ataydi. Shuning uchun yoshlikning nafs, istagidan o’zini tiyish, shuningdek takabburlik, manmanlik faqat o’z foydasini ko’zlab ish yuritish, yolg’onchilik, nodon va johillik, ikkiyuzlamachilik, tamagirlik, shoshma-shosharlik, hasad, g’iybat, bachkanalik, yalqovlik, haromdan hazar qilmaslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo’lish yo’llarini ham bayon etadi.
Ushbu tanbeh yuqorida keltirilgan fikrimizga dalildek tuyuladi. «Dardlik ko’ngillashulalik chiroq, yoshlik ko’zabuloq, tuyaqushga yuk ortib ko’chsa bo’lmas, ut ishi ovutmoq, yel ishi sovurmoq, oshning tami tuz bilan, kishi yaxshiligi so’z bilan, sog’liq tilasang qop dema, izzat tilasang ko’p dema, yaxshi kiyim tanga ziynat, tamagirdan yaxshilik tilama, gadoydan pul so’rama, baxilning omonat asrashi ajab, yaxshilik qiluvchining xiyonat qilishi ajab, buzuqi iflosdan hayo tilama, zolimdan vafo tilama. Uning kuyidagi ruboyisi esa go’yo ana shu yomon illatlarning insoniy ma’naviy o’limga olib borishi mumkinligi haqidagi hukmdek tuyuladi.
Uch fe’l erur kishiga qotil oxir,
Qotillik, aro zahri xaloxil oxir,
Buxl angla birin, birin havo bil oxir,
Qil ujbni hamma alarga doxil oxir.
Navoiy tasavvurlaridagi komil insonga xos eng yuksak fazilatlarga ijodkorlik, qobiliyatli, ilm-fanga muhabbati kiradi. Chunki baxtli hayotga intilgan Navoiy fikricha aql qobiliyatni, dono inson o’zining kuch quvvatiga aql-u zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong’ilikni yoritadigan chiroq, hayot yo’lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko’rsatadigan olim sifatida ta’riflaydi. Bu fikrni «Nazmul javoxir» asarida
Kim olim esa nuqtada barhaq de oni,
Gap bazm tuzar bihishti mutlaq de oni,
Har kimsaki yo’q ilmga anga ahmoq de oni,
Majlisdaki ilm bo’lsa uchmas de oni.
Yoki ilmli, aqlli odam o’z maqsadiga erishish uchun qanday qiyinchilikka ham chidaydi, kim ilmni o’ziga tayanch qilib olsa, u hyech qachon qoqilmaydi, xor bo’lmaydi va ilmning vazifasi inson baxt-saodatiga xizmat qilishdir deb ta’kidlaydi.
Demak, Alisher Navoiy o’zining badiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy-axloqiy asarlarida o’zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlari deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to’g’rilik, rostgo’ylik va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonga yomonlik razillik bo’lmasligi, bunday inson yashagan jamiyat ham ravnaq topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin, deb hisoblagan.
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari, uning ta’limiy-axloqiy qarashlari pedagogik fikr taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Allomaning qarashlari o’zidan oldin o’tgan olimlarning bu boradagi ilg’or ta’limotiga, shuningdek, komil insonni tarbiyalashga oid an’anaviy Sharq xalqlari ta’lim-tarbiya yo’riqlariga asoslanadi.
Alisher Navoiy u ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko’rsatadi. U ta’limda ilmiylikga asoslanganlik tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O’z davridagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o’qituvchi haqida gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham o’zi ta’lim berayotgan fanni ham sevgan bo’lishi zarur deydi. O’ziga ham o’quvchiga ham talabchan bo’lishni uqtiradi. Navoiy o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson deb bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini e’zozlashlarini uqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |