«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar



Download 8,88 Mb.
bet139/250
Sana29.05.2022
Hajmi8,88 Mb.
#614675
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   250
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Tayanch iboralar: Movarounnahrni arablar tomonidan bosib olinishi; Avesto, Abu Nasr Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Burxoniddin Za­rundjiy, Mahmud Zamahshariy, Marg’iloniy, Nasafiy.
Nazorat uchun savollar:
1. Uyg’onish davrida maktab, ta’lim-tarbiya.
2. Islom dini va maktab.
3. Dunyoviy ta’lim va diniy ta’lim.
4. Uyg’onish davri mutafakkirlari.
5. Uyg’onish davridagi ilg’or pedagogik fikrlar.
Adabiyotlar:

  1. Safo Ochil, K.Hoshimov "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -T.,"O’qituvchi", 1995.

  2. K. Hoshimov "Pedagogika tarixi" "O’qituvchi" -T., "O’qituvchi",1997 yil.

  3. O. Xasanova "Pedagogika tarixidan xrestomatiya" -T., "O’qituvchi", 1994. yil.

  4. A.Xasanov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1998 yil.



Mavzu: Movarounnahrda ikkinchi uyg’onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar rivoji.

Reja :
1. O’lkamiz ma’naviy hayotida Amur Temur va Temuriylarning o’rni.
2. M.Ulug’bekning ta’lim-tarbiya ravnaqiga qo’shgan hissasi.
3. Temuriylar davrida ta’lim tizimi.

XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik qarashlar. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni keltiramiz:


Mo’g’ul istilosi ostida bir yarim asr davomida xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asr boshlarida mo’g’ullar zulmidan quti­la boshladi. Buxoroda Mahmud Tarobiy boshchiligida, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’oloni ro’y berdi. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi va XV asrda feodal munosabatlari ancha rivoj topdi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi Movarounnahrda yana fan va madaniyat, ma’rifat qaytadan ravnaq topishga yo’l ochdi.
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq Uyg’onish davrning ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki bu davr madaniyat yo’nalishlari, iqtisodiy asoslari IX-XII asr madaniyatining davomi hisoblanadi.
Amir Temur hukmronlik davrida jahonning ko’plab shaharlaridan Samarqandga ko’plab hunarmandlar, olimlar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxonalar va rasadxonalar ko’rildi. Tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, jug’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa xamda tarbiyashunoslikka oid bir qancha ajoyib asarlar yaratildi.
Temur va Temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa, Samarqand va Hirot shaharlari ilm ma’rifat, madaniyat markaziga aylandi. Shoxi Zinda,Guri Amir maqbarasi, Bibixonim Jome masjidi, Registon maydoni va shu singari ko’plab madrasa va masjidlar bunyod etildi.
Ulug’bek zamoniga kelib matematika, astronomiya fanlari rav­naq topdi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda uch madrasa qurilib ular fan taraqqiyotida markaz bo’lib qoldi. Buxorodagi madrasa pesh­toqiga yozilgan "Ilm olmoqqa intilmoq xar birimizni va muslima uchun qarzu farzdir" hikmat hozirgi kunda xam kuzga yaqqol tashlanadi.
Ulug’bek olimlarga homiylik qilib, fan ahlini rag’batlantirdi, o’zi esa matematika va astronomiya bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirdi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshiddin Ma’sudiy, Ali Ibn Muhammad, Hirotda esa Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug’ rassom Behzod va boshqalar ijodiyot chukqilariga ko’tarildilar.
Ulug’bekning shogirdi Aloviddin Ali Qushchi (1403-1474) Mova­raunnaxr madaniy va ilmiy hayotida katta rol o’ynaydi.
Astronomiya to’g’risidagi "Risoali Dar Falakkiyet" asari Ali Kushchi o’z davrining Ptalomeyi deyishga sabab bo’ldi. XIV-XV asrlarda Samarqandda yashagan alloma Mir Said Sharif Jurjoniy (1340-1413) til, mantiq, huquq, falsafa, va boshqa fanlarga oid 50 dan ortiq asar yozdi.
Sulton Xusayn Boyqaro davrida Hirot ilmiy-madaniy markazga aylandi. Alisher Navoiy fan, madaniyat, ma’rifat ishlarini yo’lga quyishda, u yerlarni obodonlashtirishga katta xizmatlar qildi. Alisher Navoiy til, adabiyot, musiqa, tarix, falsafa, astronomiya, tarbiya nazariyasi sohasida juda ko’p ilmiy asarlar yaratdi.
XIII asr boshlarida Chingizxon istilosi va qilgan yovuzliklari natijasida Markaziy Osiyoning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida talafot yuz berdi. Shaharlar sug’orish inshoatlari vayron bo’ldi, olimlar quvgin qilindi. Xalq Chingizxon zulmiga qarshi qo’zg’aldi, unga bo’lgan nafrati ifodalangan «Guldursin» kabi afsonalarni yaratdi. Badiy adabiyotda Baguziyning «Kissom Rabguziy» kabi islom dini targ’ib qilingan asarlar yozildi.
XIV asrning O’rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hakimlar O’rtasida nizo kuchaydi, iqtisod mushkullashdi, siyosatda nizolar avj oldi. Ana shunday paytda Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. U 1370-1405 yillar davomida mamlakatni mo’g’ullar zulmidan ozod qildi, xonlar o’rtasidagi nizolarga chek quydi.
Amir Temur zamonida tarix ilmi, tarixshunoslik sohasida muhim ishlar qilindi. Masalan, Abdurazoq Samarqandiyning (1413-1482) Matla’ as-sa’diyn va majma’ al-baxroy, «Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo’shilishi» hofizi Abruning (1361-1430) «Zubdot at-tavarix» asarlari yuzaga keldi. Bu asarlarda Amir Temur va temuriylar faoliyati, mamlakatda sodir bo’lgan madaniy va ijtimoiy-siyosiy hayotni bayon etildi.
Amir Temur saroyida olimlardan Abdujabbor Xorazmiy, Shamsiddin Munshiy, Abdullo Lison, Jamol Xakiy va boshqalar ham xizmat qilib, turli ilm-fanga doir asarlar yaratib, ularning rivojiga katta hissa qo’shdilar.
Amir Temur o’z shohlik faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalar bilan birga madaniyat, ilm-fanning rivojiga alohida e’tibor beradi. Buni mamlakatni boshqarishda olimlar, din ulamolari bilan bo’lgan muloqoti misolida ko’rish mumkin.
Amir Temur davlat ishlarida Islom dinining nufuz-e’tiboridan foydalandi, Islom dinining ulug’ namoyandalarini e’zozlab, hurmat qiladi.
Umuman Amir Temurning xalq oldidagi xizmati benihoyat kattadir.

Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish