Pedagogika” kafedrasi fakultet dekani Ibragimova G. N


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ……………………



Download 139 Kb.
bet2/10
Sana01.05.2022
Hajmi139 Kb.
#600812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOBURGA KURS ISHI 1321 (2)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ……………………..





KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Bizning mamlakatimizda mustaqillikka erishgach, turli jabhalarda rivojlanish sari ildam odimlab bormoqda. Mustaqillikka erishgan xozirgi davrning muxim xususiyatlaridan biri, bozor munosabatlari shakllanayotgan mazkur jarayonga mos keladigan, yangicha fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashdan iborat.
Bu borada mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, "fikrlash, ishlash va yashash madaniyatiga ega bo‘lgan mustaqil shaxsni voyaga yetkazishimiz zarur".Ushbu jarayon o‘z-o‘zidan yosh avlod ongiga, dunyoqarashiga, ayniqsa uning pegagogik ta'lim-tarbiya jarayoniga o‘z ta'sirini sezilarli darajada namoyon etib kelmoqda. Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilish borasidagi olib borilayotgan chora tadbirlarda ham aynan shu jihat talab qilinayotganligi bejiz emas. Shaxsning ijtimoiy yo‘nalganligi, ma’rifiy mukammallikka intilishi kabi insoniy tu'yg‘ularni kamol toptirish zamonaviy pedagog, psixologlarning diqqat markazidagi vazifadir. Pedagogik ijtimoiy korreksiyada bilimdonlikning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik vaziyatlarni oqilona baholash, ularning umumiy shakllarini, uslublarini bilishni talab qiladi. Bu korreksiyalash ishlarini olib borayotgan о'qituvchi, tarbiyachidan metodologik, nazariy, uslubiy, texnologik bilimlar bilan qurollanishni taqozo etadi. Korreksiyalash jarayonida yoshlarda ma’naviy-ma’rifiy sifatlarni shakllantirish nazarda tutiladi.Ta’lim muassasalarida pedagogik korreksiya o‘tkazish yo‘llari xilma-xildir. Bunda o‘smir va o‘spirinlar bilan ishlash mazmuni ota-onalar va pedagoglar jamoasining hamkorlikka asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan ish rejalari bilan belgilanishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 30-sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida ham bu haqida bir qancha yorqin fikrlar bildirib o‘tilgan.
Bu pog‘onada pedagogdan ijtimoiy korreksiya yoshlaming xulqidagi nuqsonlami: sabrsizlik, betga choparlik, qat’iyatsizlik, janjalkashlik, agressivlik kabi xislatlami bartaraf etishga qaratishga yordam beradi.
Keyingi paytlarda mamlakatimizda o‘smirlar va o‘spirinlar orasida deviant xulqning turli-tuman ko‘rinishlari progressivlashib borayotgani kòp kuzatilmoqda. Bu jamiyat, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va ijtimoiy pedagog-psixologlar oldiga o‘ta dolzarb muammoni- dezataptatsion holatdagi o‘smirlar bilan ishlash yo‘llari, metodlari, shakllarini topishga, bu sohada o‘smir reabilitatsiyasi va zarur bo‘Isa, axloqiy xulq normalaridan og‘ish kabi holatlaming olinishiga ta’sir kuchi konsentratsiyalashuvini belgilaydi.
Shuningdek L. M. Denyakina : " agar tarbiyachi, yoshlarga hech narsa va hech kim ta’sir qila olmaydi, deb da’vo qiladigan bo‘Isa, bu narsa odatda tarbiyachining, o‘qituvchining axloqiy pozitsiyasini belgilab beradigan ta’sirli referent guruhlardan mutlaqo xabarsiz ekanligini bildiradil"-deydi.
Bilamizki òsmirlik yoshida shaxs tarbiyasi hal qiluvchi ta’sir ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir ко'rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, shakllari hamda metodlarining qo‘llanilishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlaridan ajralib turadi. «Sog‘lom tarbiyaviy vaziyatsiz mukammal Shaxs vujudga kelgan yoki aksincha, to‘g‘ri' tarbiyaviy ish olib borilgan paytda buzilgan shaxs tarkib topgan birorta holni bilmayman» -deb takidlab òtadi.Butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha , barcha bolalar , shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaning 19 moddasiga ko‘ra “ Bola ota-ona yoki har qalday boshqa shaxs tomonidan haqoratlanishi, qo‘pol muomilada bo‘lishdan himoyalanishi huquqiga egaligini inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan “korreksion pedagogika”, “anomal bolalar ”, “aqlan zaif” kabi va boshqklardan voz kechmoqdalar. XIX asrning 20 yillaridan beri Defektologiya fani – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar talim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan sifatida o‘rganilib kelmoqda. Xozirgi kunda bu fan «korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. Inson xuquqlari dekloratsiyasi, bolalar konvensiyasi talablaridan kelib chiqqan xolda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor kishilarni kamsitmaslik, xaqoratlamaslik uchun masalan, Moskva shahridagi Defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti “Korreksion pedogogika ilmiy tadqiqot instituti” deb nomlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim tòģrisida»gi qonunning yangi tahriri va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida m aktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol g‘oyalari asosida soģlom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta ’limiga tayyorlashdan iboratdir.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish