Tayanch so’zlar: Avtoradiografiya, ekspo korporal, statik sitologiya, dinamik sitologiya, morfometriya.
Sitologiya biologiya fanining eng muhim sohalaridan biri bо‘lib, u tirik organizmlar qanday tuzilgan va kimyoviy moddalardan tashkil topganligini va ular hayotiy jarayonlarda qanday о‘zgarishini tekshiradi. Sitologiya biologiya bilan gistologiya, kimyoni, tibbiyotni, genetika va boshqa fanlarni bir-biriga bog‘lovchi oraliq fan hisoblanadi. Ma’lumki, biologiya hayot paydo bо‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini, hayotiy hodisalarni о‘rganadi. Hayotiy hodisalar esa faqat kimyo va fizika qonunlari asosida tushuntiriladi. Sitologiya fani tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy jarayonlarni ana shu qonunlar yordamida о‘rganadi. Demak, biokimyo – hayot kimyosi, barcha yirik-mayda tirik organizmlar kimyosi demakdir.
Sitologiya fanining sohalari va bо‘limlari quyidagilardan iborat:
1. Umumiy sitologiya
2. Xususiy sitologiya
3. Statistik sitologiya
4. Funksional sitologiya
5. Dinamik sitologiya
Umumiy sitologiya – har qanday tirik organizimlarning hujayralarini umumiy morfologiyalarini va umumiy о‘xshashligini qamrab oladi.
Xususiy sitologiya – yagona bir organizmning qanday hujayralardan tuzilganligini ularni о‘zaro funksional bog‘liqliklarini о‘rganadi.
Statik sitologiya – biomolekulalarning kimyoviy strukturasini о‘rganadi.
Dinamik sitologiya – moddalar almashinuvi va energetik jarayonlarni о‘rganadi.
Funksional sitologiya – alohida tо‘qima va a’zolardagi hujayralardagi kimyoviy jarayonlarni о‘rganadi.
Sitologiya fanida hozirgi zamon ilmiy о‘rganish va tadqiqotlar olib borish quyidagi zamonaviy usullarga, metodlarga asoslanadi.
Nishonlangan atomlar (Avtoradiografiya)
Elektron mikroskopiya
Sitokimyo
Gistokimyo
Morfometriya
Yorug‘lik mikroskopiyasi
Biometriya
Hujayra kulturalarini о‘stirish
Hujayra transplantatsiyasi
Klonlar hosil qilish
Sun’iy otalantirish
EKO, ekspo korporal otalantirish va boshqalar.
- O'simlik va hayvonlarni irsiyati, ularni yashash uchun kurashda kerak bolgan yashovchanlik, o'zlarini hayotini qo'llab-quvvatlashi uchun barcha hayotiy hususiyatlari, qobiliyatlari bolishi kerak.
- Bunga erishish uchun, nihoyatta hilma-hil, turli hatti-harakatlar va moslanuvchanlik orqali hayot kechirishi muhumdir. Aslida esa, bu hayotiy jarayon shu darajada murakab, hilma-hilki ularni bitta adabiyota yoritishimiz qiyindir.
Birinchi marta О‘zbekistonda hujayralarni morfologik va funksional jihatdan о‘rganish uchun elektron mikroskopni qо‘llash usulini akdemik K.A. Zufarov 1960-1965 yillarda tadbiq etgan.
Elektron mikroskop vakum kameradagi elektronlar oqimi yordamida nozik о‘rtacha 50-100 Angistrem qalinlikda kesilgan tо‘qimalarni bir necha ming marotaba kattalashtirib hujayralarni eng nozik struktura tuzilmalarini kо‘rish imkoniyatiga ega. Elektron mikroskop 1930-1933 yillarda kashf etilgan.
Yorug‘lik mikroskoplari о‘zining tuzilishi va imkoniyatlariga kо‘ra bir qancha tiplarga bо‘linadi. Masalan: maktablarda qо‘llanadigan murakkab linzalar qatoriga ega. Kattalashtirish imkoniyatlari bir necha yuz marta bо‘lgan mikroskoplar oliygohlarda va ilmiy muassasalarda qо‘laniladigan MBR-1, MBR-3, MBS-4, MBR-6, BIOLAMP va boshqa mikroskoplar kiradi.
Bulardan tashqari tekshirilayotgan va ilmiy ishning maqsadiga kо‘ra maxsus infraqizil nurda kо‘riladigan mikroskoplar, ultrafiolet nurlarda kо‘riladigan MUF mikroskoplari mavjuddir. Bu mikroskoplarning imkoniyati 1350 martagacha borishi mumkin. Undan kattalashtirish imkoniyatiga ega emas. Chunki, yorug‘likni kichik teshik orqali о‘tishi natijasida yorug‘lik diffraksiyaga uchrab ya’ni yorug‘lik yoyilib ketishi yanada kattalashtirish imkoniyatini bermaydi.
Hujayra nazariyasi XIX asrning 30-yillariga kelib hujayralar tuzilishi haqida bir necha yuzlab ilmiy ma’lumotlar asta-sekin tо‘plana bordi. Bu ma’lumotlardan foydalangan nemis botanik olimi M. Shleyden birinchilardan bо‘lib har qanday о‘simlik hujayralari yadroga egaligi haqida ma’lumot berib yangilik sifatida fanga yangi tushuncha kiritdi.
Taxminan shu yillari 1839-yillarda nemis zoolog olimi T. Shvan о‘zining yangi ilmiy asarini “Hayvon va о‘simliklarning rivojlanishi va о‘sishi bilan bog‘liq hujayralar strukturasini mikroskopik о‘rganish” degan asarida hujayra nazariyasiga asos soldi. U о‘simlik va hayvon hujayralarini о‘zaro solishtirib ulardagi yadro deyarli bir xil tuzilishga egaligini kо‘rsatib berdi.
Uning fikriga kо‘ra har qanday о‘rganadigan tuzilmalarda yadro bо‘lishi kuzatilsa bu hujayra deb aytishga asos bо‘ladi deb aytdi. Ana shu mezonga kо‘ra bundan kelib chiqib 2 ta asosiy hujayra nazariyasini qoidasi ta’riflandi.
1. Har qanday tirik organizmlarning asosiy struktura birligi hujayradir.
2. Hujayra shakllanishi uning о‘sishi, rivojlanishi va differinsirofkaga uchrashi bilan boradi. Bu jarayon ham о‘simliklar va hayvonlar tо‘qimasiga xosdir.
R. Virxov nemis potolog anatomi 1858-yilda “Sellyulyarnaya patologiya” degan asari bilan barcha progressiv fan olamiga katta hissa qо‘shishi bilan hozirgi vaqtgacha о‘z qimmatini yо‘qotmay kelmoqda. Chunki, har qanday organizmlar kasalligi hujayra darajasida о‘zgarishlar bilan borishi uning tomonidan tibbiyotning keyingi rivojlanishiga katta imkoniyat yaratib berdi. Hozirgi vaqtda tibbiyotdagi nazariy va klinikadagi fundamental bilimlar asosini birinchi bо‘lib kо‘rsatib berdi. Uning fundamental tibbiyotdagi bu g‘oyasi hozirgacha isbotlanib kelmoqda. Ayniqsa uning har qanday hujayra hujayradan paydo bо‘ladi degan qoidasi biror olimlar tomonidan inkor etilmayapti. Virxovning fikriga kо‘ra hujayradan tashqarida har qanday tuzilmalarda hayot xossasi yо‘q degan fikri hozirgi zamon materialistik dunyo qarashning asosi bо‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |