Toshkent viloyati Chirchiq Davlat
Pedagogika Instituti
“Maktabgacha ta’lim” fakulteti
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi
(2-bosqich sirtqi) 20/05-guruh
Pedagogika fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Qabul qildi: Hdirboyeva Xurlima.
Bajardi: Abdullayeva Charos
Chirchiq 2022-yil
Ta'lim muassasalarimi boshqarishning nazariy asoslari - Tizim haqida tushuncha. Tizim (sistema) uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar birligi bo’lib, uning tuzilishi yaxlitligini ta’minlash bilan birga rivojlanish yo’nalishini hamda maqsadini belgilaydi. Tizim o’z tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlar asosida bir holatdan ikkinchi holatga o’tadi va unda yangi xususiyatlar paydo bo’ladi.
- Tabiat, jamiyat texnikani o’rganish, tahlil qilishda keyingi vaqtda ilmiy tafakkurning erishgan yutuqlari asosida tizimli yondashish tobora ko’proq rasm bo’lmoqda. Tizimli yondashuvning narsa-hodisalarni moddiy olamning turli tomonlarini o’rganishda oddiy, ya’ni uni alohida, o’z holicha - yakka holda, atrofdagi muhit bilan bog’lanishlarini inobatga olmay o’rganishdan qator ustunligi mavjud.
- Pedagogik tizimlar uchun umumiy vazifa bilimlarni ijtimoiy tajribani avloddan-avlodga yoki ayni paytda yoshlarga yetkazish. Bilimlar malaka, ko’nikmalar tarzida yosh avlodga axborot tariqasida beriladi. Pedagogik tizimning yana bir muhim xususiyati axborot bo’lib, shu maqsadda pedagogik tizim yaratiladi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish va unga rahbarlik qilishning metodologik asosini I.Karimov asarlari, uning nazariy asoslarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi qabul qiladigan qaror va qonunlar, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va shu asosda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi o’rta umumiy ta’limni tashkil etish to’g’risida»gi 13 may 1998 yil 203-son va «O’zbekiston Respublikasi akademik litsey va kasb-hunar ta’limini tashkil etish to’g’risida»gi 13 may 1998 yil 204-son qarorlari tashkil etadi. - Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish va unga rahbarlik qilishning metodologik asosini I.Karimov asarlari, uning nazariy asoslarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi qabul qiladigan qaror va qonunlar, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va shu asosda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi o’rta umumiy ta’limni tashkil etish to’g’risida»gi 13 may 1998 yil 203-son va «O’zbekiston Respublikasi akademik litsey va kasb-hunar ta’limini tashkil etish to’g’risida»gi 13 may 1998 yil 204-son qarorlari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |