(creativity
- inglizcha
ijodiy)\\km
o ‘rganishdan iborat. Ijodkorlikka rivojlanishning asosiy mexanizmi
sifatida (N.V.Kipiaki, A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, I.N.Semenov
va boshqalar) qaraladi va uning o'rganilishi M .S.Bemshteyn, V.S.Bibler,
V.N.Shkin, O.K.Tixomirov, E.G.Yudin va boshqalar nomi bilan bog‘liq.
Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi y o ‘nalishi
ustida g ‘arb olimlari: J.Gilford, S.Liding, V.Smit, D.Xalperik va boshqalar
izlanishlar olib borishgan.
Chet el olimlarining kreativlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil
qilib va umumlashtirib R.Xameni yozadi: «Kreativlik o ‘zida yangicha
y o‘sinda amalga oshirilgan o ‘zlashtirish to ‘lqinini (Makkelif), yangicha
aloqadorliklarni aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish
(Rodjers), yangiliklar (Lassuel), ongning yangicha e ’tirozlariga sabab
bo‘luvchi faoliyatidir».
K o‘pchilik tadqiqotchilar kreativlikni belgilashda shaxsning o ‘ziga
xosligi va xususiyatlariga e ’tibor qaratadilar. J.Gilfodning fikricha, kreativlik
va ijodiy imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta ’sir etuvchi omillar
y ig ‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
E.Torrens kreativlikni yechimlarni topishda bilimlarning yetarli
bo‘lmasligi muammosi,
qiyinchiliklar qarshisidagi indentifikatsiya va
taxminlarning shakllanishi, yechimlarning topilish jarayoni deb qaraydi.
(E.Torrens, 1996-y.)
Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasida - ijodkorlik
determinantlari borasida jam oa ijodkorligini boshqarishda tashkilotchilik
157
muammosi, jam oaning funksional-rolli differensiyasi y o ‘nalishi bo‘yicha
izlanishlar olib borilmoqda.
Kreativlik ijodiy tafakkurning yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi
yuzasidan bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda.
Boshqa izlanishlarda ijodkorlikning yangilik yaratishdagi yetakchiligi
ta ’kidlanadi.
V.Arteymning izlanishlarida ijodkorlik uning mahsuli bo‘lgan obyektga
qarab baholanmaydi, deb aniq munosabat belgilanadi. Uning fikricha:
«Kreativlik bilim, faoliyat va istakning uyg‘unligi».
Psixologiyada evristika muammosini o ‘rganish borasida V.N.Pushkin:
«Evrestik faoliyat shunday psixologik jarayonki, uning yordam ida muammo
yechimi topiladi, yangi yondashuv ishlab chiqiladi, evrestik faoliyat deb
ataluvchi qandaydir yangilik yaratiladi», degan edi.
Kreativlikning tasniflanishi kasbiy faoliyat jarayonida namoyon
bo‘luvchi psixik komplekslar tarkibi bilan bog‘liq.
Kreativlikning psixologik izlanishlardagi asosiy urg‘u muammolarni
mustaqil yechishga undovchi, o ‘ziga xos katta hajmdagi g ‘oyalarni yuzaga
keltiruvchi va ularning o ‘ziga xos yechimini topishga asos bo‘luvchi
individning intellektual va shaxsiy qobiliyatiga qaratiladi.
Kreativlik istisno etilgan va g ‘aroyib fenomen deb baholanuvchi
dastlabki izlanishlardan farqli ravishda, zamonaviy izlanishlarda kreativlik
har bir shaxs ega bo‘lishi mumkin bo ‘lgan individ kompleksi sifatida
qaralmoqda. Bu kreativlik muammosiga turlicha yondashuvlarda namoyon
bo ‘ladi: u faqatgina har bir shaxs ham qo ‘lga kirita olmaydigan natija
emas, balki refleksi va o ‘z-o ‘zini baholashdagi shaxsning yangicha sifat
ko'rsatkichi deb o ‘rganilmoqda.
Kreativlik haqidagi ko ‘pgina izlanishlarda har bir shaxsda u yoki bu
daraja va miqdorda m avjud bo ‘ladigan psixologik kreativlik mexanizmi va
ijodkorlik imkoniyatilariga asosiy e ’tibor qaratilmoqda.
A n’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kategoriyasi
sifatida qaraladi, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilgan:
Kreativlik
tafakkur sifatida (J.Giiford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual
faollik sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina), yoki
shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar).
Biroq oliy ta ’lim pedagogikasi (kreativ androgogika)da uning sifat
ko ‘rsatkichini va namoyon bo‘lish darajasini aniqlashning o ‘zi yetarli emas.
Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar
tizimi
umumlashtiriladi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa
o ‘zida ta’lim jarayonida ijodiy ta ’lim va tarbiyani mujassamlashtirgan
shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni rivojlantirish jarayonida oliy
158
maktab pedagogikasiga taalluqlidir. Shu sababli, kreativlikni rivojlanish
imkoniyatlarini kreativ ta ’lim va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi
sifatida o'rganish zarur.
0 ‘tgan asrning 60—70-yiilari pedagogikada kreativlik muammosini
o'rganishda keskin burilish yillari bo'ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan
pedagog-novatorlar paydo bo'ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat
pedagoglarni, balki psixologlarni ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta ’limining
psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining pedagogik psixologiyadagi
mexanizmini o ‘rgandilar. (V.V.Davidov, I.A.Zimnaya, N.V.Kuzmina,
A.M.Matyushkin,
Y.A.Ponomarev,
R.A.Mavlonova
rahbarligidagi
pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.)
Kreativlikni o'rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy
anrogogikada qo'llashning umumiy qonuniyatlari va o'ziga xosligini
aniqlash imkonini beradi (Y.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik
tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning o'ta intellektual-evristik jihati
sifatida emas, balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida
qaraymiz.
Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson
ma’naviyatining ajralmas qismi bo'lib, shaxsni o ‘z-o'zini rivojlantirish
omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo'lgan bilimlarning
ko'pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o'rnatilgan
stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgartirishda,
hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar
chiqarishda namoyon bo'ladi.
Kreativlik jarayonini tashkil etish va boshqarishning murakkabligi
shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqat ongli, balki ongosti
tushunchalari paydo bo'ladi.
Kreativlik tabiatini o'rganish muammosiga bag'ishlangan psixologo-
pedagogik adabiyotlarni tahlil qilib, odatda, intellektual kreativlik
masalasiga duch kelamiz. Ijtimoiy va aniq pedagogik kreativlik sohasida
amalga oshirilgan izlanishlar ancha kam. K o'p hollarda tadqiqotchilar
pedagogik kreativlik emas, balki pedagogik muloqot jarayonini o'rganadilar,
o'qituvchi va o'quvchi muloqotini yaxshilash uchun tavsiyalar beradilar.
Pedagogika va psixologiyadagi kreativlik tabiati uning rivojlanishiga
ta’sir ko'rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqidagi yuqorida keltirilgan
fikrlarni umumlashtirib quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: bu xodisa
yaxlit va tuzilish jihatdan tushunish uchun yagona tushunchalar tizimi
mavjud emas.
Inson shaxsida kreativlik, uning darajasi, tuzilishi va o'ziga xosligi
inson individualligining
boshqa bir jixatini o'zlashtirish jarayonining
159
o'ziga xosligi va shaxsiy xususiyatlari bilan uzviy bog'Iiq. Bu bog'liqlikni
tasniflash kreativlik hodisasining kelajakda o'rganilishi kutilayotgan yangi
bir yo'nalishidir.
Kreativlikni intellektual kreativlik va ijtimoiy kreativlikka bo‘lish
mumkin. Intellektual kreativlik analiz va sintezdan iborat. Analiz va sintez
qila olish qobiliyati umumiy intellektning asosidir.
Ijtimoiy kreativlik o'zida kasbiy kreativlikni mujassamlashtiradi, uning
ko'pgina turlari orasida pedagogik kreativlik ham mavjud.
Pedagogik kreativlik kommunikativ va didaktik kreativlikdan iborat.
Didaktik kreativlik o'zida intellektual boyliklarga intilish va shu bilan birga
novatorlik qobiliyatida namoyon bo'ladi.
Kom m unikativ va didaktik kreativlik pedagogik qobiliyatning asosi
hisoblanadi. Pedagogik qobiliyat ijodkorlik qobiliyatiga ta ’sir ko'rsatadi va
o 'z navbatida ichki sezimni rivojlantiradi.Pedagogik ijodkorlik qobiliyati,
ichki sezim va umumiy intellekt kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.
Kreativlikni rivojlantirishda kreativ insonlarni kreativmas insonlardan
farqlovchi hissiy chizgilari (o'z-o'ziga ishonch, tajovuzkorlik, o'z-o'zidan
qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va boshqalarfikriga toqatsizlik) individning
shaxsiy o'ziga xosligi katta ta ’sir ko'rsatadi.
Kreativlikning motivlikka munosabatini beigilovchi yagona qarashlar
tizimi mavjud emas. Nuqtayi nazarlardan biriga ko'ra, kreativlikda individ
o 'z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanadi, faoliyatning yangi
qirralarini izlab topadi. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko 'ra kreativ kishilarni
motivlashtirish, tavakkalchilikka intilish, o 'z imkoniyatlari chegarasini
aniqlashga intilishdir. Aytish mumkinki, har ikkala nuqtayi nazar ham o'zida
kreativ insonlarning, motivlashning individual variantlarini mujassam-
lashtirgan.
Innovatsion faoliyatning o'ziga xosligi muammosida o'qituvchi xulq-
atvorining o'quvchilar kreativligini rivojlantirish bilan bog'Iiq tasniflanishi
katta ahamiyatga ega, chunki oxir-oqibat bilim emas, balki rivojlanish omili
bo'lgan alohida malakalar va ularning xulq-atvorga qo'llanishi muhimdir.
Torransning
izlanishlarida o'qituvchi xulq-atvorida bolalar kreativ
rivojlanishiga ijobiy ta ’sir ko'rsatuvchi dalillar keltirilgan: ijodiy fikrlash
qiymatini baholash, bolalarni atrofdagi qo'zg'atuvchi omillarga nisbatan
sezuvchanligini oshirish, obyekt va g'oyalam i erkin boshqara olish,
ijod jarayoni haqida konstruktiv axborotni rivojlantirish, tanqidchilikni
emas, konstruktiv tanqidni rivojlantirish, o 'z-o 'zig a hurmatni orttirish,
baholanishdan qo'rqish hissining oldini olish va boshqalar.
Shunday qilib, potensial kreativlik imkoniyatlar kreativligidir.
160
Imkoniyatlar kreativligi amaldagi kreativlikka - dolzarb kreativlikka
aylanishi uchun, dastlabkisi m a’lum faoliyatda o ‘zlashtirilishi uchun ichki
o ‘zgarishlarga duch keladi.
Shunday qilib, kreativlik o‘zlashtirilganlar asosida rivojlantiriladi,
keyinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi, o‘qituvchining mavjud tajribasi qayta
tuziladi. Pedagogik innovatsiyalarga moslashishdan toki qayta tuzishgacha
bo'lgan yo‘l o ‘qituvchi innovatsion faoliyati dinamikasi asosini tashkil qiladi.
Olimlar pedagogik mahoratning quyidagi uch darajasini ko‘rsatadilar:
birinchi daraja - bu sinf bilan elemental- munosabat. 0 ‘qituvchi teskari
aloqani qo‘llaydi, uning natijasiga ko‘ra o ‘z harakatlarini belgilaydi.
Lekin bu faoliyat metodik qo‘llanmalar yoki boshqa o ‘qituvchi tajribasi
asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi daraja - dars faoliyatini, uning rejasini
tuzishdanoq optimallashtirish bosqichidir. Bunda ijodkorlik o‘qituvchiga
m a’lum maqsadni amalga oshirishda mazmun, metod va shakllarni to ‘g ‘ri
tanlashdan iborat. Uchinchi daraja-evristik. Pedagog o ‘quvchilar bilan jonli
muloqotning ijodiy imkoniyatlarini qo‘llaydi. 0 ‘qituvchining eng yuqori
darajadagi ijodkorligi uning to ‘liq mustaqil faoliyatida namoyon bo‘ladi.
U aw aldan m a’lum bo‘lgan usullarni qoMlashi mumkin, ammo u ularga
o ‘zining shaxsiy munosabatini qo‘llaydi. 0 ‘qituvchi ijodiy individualligi,
tarbiyalanuvchining shaxsiy o‘ziga xosligi, ta’limning aniq darajasi,
tarbiyalanganlik darajasi, sinfning rivojlanish darajasini hisobga olgan
holda zaruriyat taqozo etgan darajada ish olib boradi. Tayyor tavsiyalarni
amalda qo‘llash darajalari ham farqlanadi:optimallashtirish, evristik daraja,
shaxsiy, mustaqil.
Tadqiqotchilar fikrlari orasida kreativ insonlar boshqalarga taqlid
qilmasdan, o ‘zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga ijodiy
yondashadilar, degan fikr yetakchilik qiladi.
O ‘rganilayotgan muammoga V.A.Slastenin, L.S.Podimova,N.M .Gnatko
qarashlari bilan birgalikda, kreativlik mexanizmini ikki turga bo‘lishni taklif
qiladilar: potensial va dolzarb. Potensial kreativlik - muallifning fikricha,
kreativlik faoliyatidir, individumni potensial joylashuvi m a’lum tashqi
sharoitlarda dolzarb kreativlikni egallashning asos tayyorgarligini tashkil
etadi; potensial kreativlik - ijodning subyektiv zarur sharoitidir.
V.A.Slastenin,
L.S.Podimova
potensial
kreativlikning
dolzarb
kreativlikka izchil taqlid qilish mexanizmi orqali o ‘tishi muammosiga
o ‘ziga xos yondashganlar. Shunday qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa
ko‘chirishdan ijodiy nusxa ko‘chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka
tomon rivojlanib boradi. Tabiiyki, barcha o ‘qituvchilar ham kreativ
rivojlanishning barcha bosqichlari bilan tavsiflanmaydilar: ba’zilar tayyor
metodik tavsiyalardan nusxa olib, faqat birinchi darajaga erishadilar;
1 1 - 1 1 6
161
ikkinchilari to ‘liq konsepsiya va tizim larga ega bo‘lmasdan turib, ba’zi
metodik usullarga o ‘zgartirishlar kiritadilar, uchinchilari m a’lum g ‘oya
asosida to ‘liq mazmun, metod va shakllami ishlab chiqadilar; to ‘rtinchilar
esa ta ’lim va tarbiyada o ‘zlarining konsepsiya va metodikalarini tavsiya
etadilar. Yuqoridagilarga munosabat bildirib aytish mumkinki, dastlabki
uchtasi taqlid bosqichida bo‘lib, to ‘rtinchisi ularga qarama-qarshi tarzda
ijod bosqichida.
Intellektual faollik darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari bilan
taqqoslash, ikkala y o ‘nalish orasida m a’lum mutanosiblikni, innovatsion-
pedagogik faoliyatning bir necha bosqichda takomillashib borish
darajasidagi tushunchalarni aniqlashga imkon berdi. Pedagog faolligining
borgan sari yuqoriroq darajadagi faoliyatga ko‘tarilib borishi kelajakda
innovatsion ta ’lim strategiyasini tashkil qilishni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |