v a z if a la r in i
qanchalik aniq ifodalasa,
u n in g
istalgan natijalar haqidagi tasavvuri ham aniq boiadi. Faqat shundan keyingina
mashg‘ulotning mazmunini, metodlami. vositalarni tanlashga kirishish
mumkin. Bunda mashg‘ulotning mavzusi, mazmuniga alohida ahamiyat berib,
uning maqsadini ifodalashga yondashiladi yoki uni umuman e ’tibordan chetda
qoldiradigan pedagoglar mahorat bilan ish ko‘radilar. Bunday holda tarbiyaviy
ishning maqsadga yo'naltirilganligi va tizimlihgi yo‘qoladi.
M ashg‘ulot modelini tayyorlash natijalari umumsinf tarbiyaviy
m ashg‘uloti konspektida aks ettiriladi. U quyidagi tuzilishda boiadi:
M ashg'ulotning nomi.
Maqsadi, vazifalari.
Jihozlanishi.
0 ‘tkazish shakli.
Borishi.
M ashg‘ulotning nomida sinfdan tashqari m ashg‘ulotning mavzusi акк
ettiriladi. U faqat aks ettirib qolmay, shakl bo'yicha lo'nda qilib ifodalangai,,
jozibali bo'lishi lozim.
143
Vazifalar juda aniq b o ‘lib, mazkur mazmunni aks ettirishi kerak.
Ular universal xarakterda bo'lm asligi lozim. Masalan, «Jonajon shahriga
muhabbat uyg‘otish» vazifasi o ‘rniga «Shahar tarixiga qiziqishni oshirish»,
«Bolalarda shahar yubileyiga tayyorgarlik ishlariga o 'z hissasini qo‘shish
istagini uyg'otish», «Bolalarda o'tm ishda shaharning mashhur kishilariga
nisbatan hurmat hissi shakllanishigayordam berish» kabi vazifalami qo ‘yish
yaxshi boMadi.
Sinfdan
tashqari
m ashg‘ulotning jihozlanishiga turli
vositalar:
qoMlanmalar, o ‘yinchoqlar, videofilmlar, diapozitivlar, adabiyotlar va
boshqalar kiradi. Adabiy manbaning nominigina emas, balki uning muallifi,
nashr etilgan joyi va yili ko ‘rsatilishi kerak.
Sinf m ashg‘ulotlari ekskursiya, viktorina, konkurs, spektakl va hokazo
shaklda o ‘tkazilishi mumkin. Bunday holda m ashg‘ulot rejasida uni o ‘tkazish
shakli «Matematik viktorina», «Fantaziyachilar konkursi», «Hayvonot
bogMga ekskursiya» nomi bilan birlashtiriladi. Agar sinf m ashg‘uloti o ‘zida
bironta oMkazish shakllarini birlashtirsa, unga bolalarni joylashtirish usuli
ko’rsatiladi: aylana, kom andalar va hokazo.
M ashg‘ulotning borishida uning mazmuni, tarbiya metodlari tavsif
etiladi va pedagogning m ashg‘ulotni birinchi shaxs nomidan batafsil,
izchillik bilan bayon qilinishdan iborat boMishi yoki (pedagogning shaxsiga
qarab) asosiy mazmuni kartochkalarda ifodalangan tezisli plandan tashkil
topishi mumkin.
M ashg‘ulotning borishini modellashtirishda uning davomiyligi va
strukturasini hisobga olish zarur. Sinf tarbiyaviy m ashg'uloti olti yoshlilar
uchun 15-20 daqiqadan o ‘n-o‘n bir yoshlilar uchun 1-2 soatgacha davom
etishi mumkin.
Mazmuni va metodlari bo'yicha xilma-xil boMgan sinf m ashg'ulotlarini
samarali oMkazish maqsadida uning asosiy to ‘rt bosqichdan iborat boMishiga
amal qilish m a’qul:
1. Tashkiliy qism (0,5 - 3 min.).
Pedagogik maqsad: bolalarni o'quv faoliyatidan faoliyatning boshqa
turiga ko'chirish, ana shu faoliyat turiga qiziqish, ijobiy his-tuyg'ular
uyg'otish.
Tipik xatolar: darsning boshlanishini aynan takrorlash, uning vaqt
jihatidan uzoq davom etishi.
Tavsiyalar: tashkiliy qismida kutilmagan holatni yuzaga keltirish,
y a’ni topishmoqlar, muammoli masalalar, o'yin davri, tovush yozuvlari va
hokazolardan foydalanish; bolalarni uyushtirish shakllarini o'zgartirish;
boshqa binoga (matematika, tabiatshunoslik, fizika, musiqa sinflariga,
kutubxonaga, maktab muzeyiga) o'tkazish yoki ularni sinfda gilamcha
144
istida, aylana shaklda joylashtirish bolalarning darsdan tashqari faoliyati
samarali ko‘chishiga yordam beradi. Bu bo‘lajak m ashg‘ulotga qiziqish,
ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi.
2.
Kirish qismi (butun m ashg‘ulot vaqtining 1/5 qismidan 1/3
qismigacha).
Pedagogik maqsad: bolalarni faollashtirish, ularni tarbiyaviy ta ’siriga
moyil qilish. Pedagog o ‘zining pedagogik m a’lumoti haqiqatda bolalarning
imkoniyatlari, shaxsiy sifatlari, mazkur mavzu yuzasidan xabardorlik
darajasi, emotsional kayfiyati, faollik, qiziqish darajasi bilan qanchalik mos
tushishini aniqlaydi. Bu bosqichda pedagogdan bolalarni qiziqtirishgina
emas, balki m ashg‘ulotning borishi davomida unga qanday tuzatishlar
kiritishi kerakligi va tuzatishlar qanday xarakterda bo‘lishini aniqlash talab
etiladi. Masalan, pedagog o ‘zi m a’lum qiladigan narsalarning yangiligiga
umid bog‘lab, hikoyani planlashtirgan edi, ammo kirish suhbati bolalarning
bu muammoni bilishini ko‘rsatdi. Bunday holda pedagog hikoyani suhbat
yoki o ‘yin vaziyati bilan almashtirishi zarur. Shunday qilib, kirish qismining
maqsadi bolaning shaxsiy tajribasidan mashg‘ulot mavzusiga «ko‘prik
tashlash»dan iborat.
Tipik xato - pedagogning kutilmaganda bolalarning ta’sirlanishidan
(bolalar pedagog kutayotgan narsani aytmasligi yoki qilmasligi mumkin)
qo‘rqqani tufayli bu bosqichni inkor etishi.
Pedagog m ashg‘ulotning kirish qismini bolalarning faolligiga emas,
balki shaxsiy faollik asosiga quradi, teskari aloqani mensimay, bolalarga
passiv tinglovchilar rolini beradi. U bolalarning emotsional kayfiyatini
e ’tiborga olmaydi.
Tavsiyalar kirish qismi mashg‘ulotning mazmuniga qarab kirish
suhbatidan (bilish), xarakteridan, estetik va axloqiy m ashg‘ulotlar yoki
aqlni «charxlab olish» topshiriqlaridan (viktorina, konkurs va h.k.) iborat
bo‘lishi mumkin.
Birinchi holatda savollar, ikkinchisida topshiriqlar bolalar uchun
qiziqarli b o iib qolmay, pedagogga o'quvchilarningtayyorlangan materialni
idrok qilishga tayyorligi haqida axborot berishi kerak. Kirish qismida
pedagog bolalarning bo‘lg‘usi mashg‘ulot haqidagi dastlabki tasavvurlarini
shakllantiradi, ularning faoliyatini tashkil etadi, y a ’ni baholash sistemasi
bilan tanishtiradi, m ashg‘ulot planini m a’lum qiladi, ularni komandalarga
bo‘ladi. Baholashning an’anaviy tizimida pedagog aniq mezonlarni berishi,
zarur qoidalarni tushuntirishi kerak.
Bolalar komandalarga boMinganda ularning xatti-harakatlarini raqobat
asosiga emas, balki hamkorlik asosiga qurish lozim. Buning uchun quyidagi
usul samaralidir: komandalarga to ‘g ‘ri javoblar uchun ochkolar o ‘rniga
10
-
116
145
qirqib ajratilgan rasmning bo‘lakchalari tarqatiladi. M ashg‘ulotning yakuniy
qismida bu b o ‘laklardan umumiy rasm yig‘iladi hamda ballar miqdori emas,
balki umumiy natija muhimligi ayon bo‘lib qoladi.
M ashg‘ulotning kirish qismida bolalarni faollashtirishning turli-tuman
metodlari hamda vositalaridan: muammoli suhbat, rebus, krassvord,
topqirlik va chaqqonlikka doir topshiriqlar va hokazolardan foydalanish
mumkin.
3.
M ashg‘ulotning asosiy qismi vaqt jihatidan eng davomli b o‘Iishi
kerak (m ashg‘ulotning 2/4, 1/3 dan sal ko ‘proq qismi).
Pedagogik maqsad: m ashg‘ulotning asosiy g'oyasini amalga oshirish.
Tipik xatolar:
bolalarning qisman yoki
butunlay passivligida
pedagogning faolligi. M etodlarning bir xilligi - faqat hikoya yoki suhbat.
K o‘rgazmalilikning y o ‘qligi, foydalaniladigan tarbiya vositalarining juda
ham kamligi. Ongni shakllantirish metodlarining xulq-atvorni shakllantirish
metodlaridan ustunligi. Darsning o'quv muhiti yaratilishi. Ibratlilik,
o ‘rganish, nasihatgo‘ylik qilish.
M etodik tavsiyalar: agar bolalar maksimal ravishda faol bo‘lsalar,
m ashg‘ulotning
rivojlantiruvchi,
to ‘g ‘rilovchi,
shakllantiruvchi,
tarbiyalovchi, ta ’lim beruvchi vazifalarini amalga oshirishda tarbiyaviy
samara
yuqori
bo'ladi.
Sinfdan
tashqari
m ashg'ulotda
bolalarni
faollashtirishda darsdan farq qiladigan alohida emotsional muhitni yaratish
birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, bolalardan qo'llarini ko‘tarish,
o'rnilaridan turish talab etilmaydi. Intizomni saqlab turish uchun alohida
qoidalar joriy qilinadi.
Bir m asala yuzasidan bir necha o'quvchi o 'z fikrini bildirishi eng
qulaydir. Pedagogning nutqida «to‘g'ri», «balli», «ofarin» deb baholaydigan
fikrlaming
bo ‘lmasligi,
baholar
o'rniga
xayrixohlik,
his-hayajon,
pedagogning his-tuyg'ularini ifodalovchi, qoyil qolish bilan aytilgan
«На». «Juda qiziqarli». «Yangi xabaring uchun rahmat», «Shundaymi?»,
«Buni qarang-a!» kabi iboralardan foydalanish iliq, xayrixohlik muhitining
yaratilishiga yordam beradi.
Agar pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil metodlaridan
iloji boricha k o 'p foydalansa: vaziyatni, o ‘yinni tarbiyalovchi mashqlar,
o ‘rgatish, topshiriqlar berish, m ashg’ulotga turli xil faoliyat turlari: mehnat,
ijodiy ishlar, sport elementlari va hokazolarni kiritsa samaradorligi oshib
boradi. Pedagog turli faoliyat turlarini tashkil etishda bolalarni komandalarga
birlashtirar ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muomalada bo ‘ladigan
qilib joylashtirishi, vazifalarni esa har bir ishtirokchi o ‘zi uchun alohida
emas, balki o ‘zini jam oaning bir qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi
kerak. Topshiriqni bajarish uchun vaqt berishda komandaga uni bajarishni
146
muhokama qilishiga vaqt ajratish va komanda vakilidan tayyorligini so‘rash
lozim. Shunday taqdirdagina bolalarda faoliyatning umumiy maqsadi,
xilma-xil vazifalar va hamkorlik uchun sabab (motiv)lar boMadi.
Ongni shakllantirish metodlari bolalarda e ’tiqodning, amaliy yetik
(axloqiy) tushunchalaming tarkib topishiga yordam berishi kerak. Bu
maqsadlarda hikoya metodini o ‘quvchining axboroti, dokladi tarzida
o ‘zgartirish, tez-tez munozaradan foydalanish yaxshi samara beradi. Sinfdan
tashqari tarbiyaviy ishlarning quyidagi ommaviy shakllarida bolalami
munozara qoidalariga o ‘rgatish lozim:
- Shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar, ammo uni
turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni aniqlash, keyin esa
qarashlardagi farqni oydinlashtirish va bunga hurmat bilan munosabatda
bo‘lish kerak.
- Munozaraning maqsadi - tomonlardan birining haqligini aniqlash
emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir.
- Haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas, balki faktlar
yordam ida qidirish zarur.
- So‘zIovchini avval hurmat bilan tinglash, keyin esa o ‘z nuqtayi
nazarini bildirish lozim.
- M ashg‘ulotning yakuniy qismi.
Pedagogik maqsad: bolalami egallagan tajribalarini o ‘zlarining
maktabdan tashqi hayotlarida amalda qoMlashga moyil qilish (xohish
uyg‘otish) va m ashg‘ulot qanchalik muvaffaqqiyatli bo‘lganligini aniqlash.
Shunday qilib, yakunlovchi qism pedagogning bolaga boshqa muhitda
tarbiyaviy ta ’sir ko'rsatishiga imkon beradi.
Tipik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki «Yoqdimi?»,
«Yangidan nimalarni bilib oldingiz?» qabilidagi ikki savoldan iborat bo‘lib
qoladi.
Tavsiyalar: dastlabki natijalami aniqlash uchun krossvord, kichik
viktorina, berilgan savolga uzoq o ‘ylamay tez javob qaytarish, o ‘yin
vaziyatlari kabi bolalarni qiziqtiradigan test xarakteridagi kontroi
topshiriqlar.
Bolalarning
egallash
tajribalarini
shaxsiy
hayotlarida
qo ‘llashga doir turlicha tavsiyalar berish. Bu mazkur muammoga doir
kitoblarni ko‘rsatish, bolalarning m ashg‘ulotda egallagan bilim, malaka
va ko ‘nikmalarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni muhokama
qilish b o iish i mumkin. Hosil qilingan tajribani qoMlashga doir bolalarga
maslahatlar: ular o ‘z yaqinlariga nimalarni gapirib berish, mazkur mavzu
yuzasidan nimalar haqida so ‘rash mumkin; qayerga borish, u yerda nimalarga
e ’tibor berish, qanday o'yinlar o ‘ynash, mustaqil ravishda nimalar qilish va
hokazo. Yakunlovchi qismda m ashg‘ulot mavzusini kelgusida yana yoritib
147
borish zarurati bormi, bor bo‘lsa buni qanday y o ‘l bilan amalga oshirish
mumkinligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. M ashg‘ulotning yakunlovchi
qismidan pedagog bundan keyingi sin f m ashg‘ulotlarini o ‘tkazishda bolalar
tashabbusini rivojlantirish uchun ham foydalanishi mumkin.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual va ommaviy shakllari,
agar ularni tashkil etish va o ‘tkazishda ota-onalar bevosita ishtirok etsalar
bolalarga tarbiyaviy ta ’sir ko'rsatishda ancha samarali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |