insonparvarlik tuyg‘usini rivoj toptirish kerak. Zero, insonparvar insongina
kishilarni, ota-onani qadrlaydi, insoniy huquqlarni himoya qiladi, ularga
hurmat-ehtiromda bo‘ladi.
Hamza Hakimzoda o ‘z pedagogik qarashlarida bolalarda sabrlilik
xislatini rivoj toptirishga e’tibor beradi. Uning ta ’kidlashicha, «Sabrli
kishilar har yerda izzatlik, har kirn qarshisida hurmat va obro‘li bo‘lur.
Sabrli kishilarni har kim sevar va chin ko‘ngildan do‘st tutar»1.
Abdulhamid Cho‘lponning asarlarida ifodalangan insonparvarlik,
vatanparvarlik haqidagi fikrlar o ‘z davri ta ’lim-tarbiyasida alohida ahamiyat
kasb etdi, yoshlar m a’rifiy ongi rivojiga kuchli ta ’sir ko‘rsatdi, yoshlarning
o ‘tmish allomalarning hayot y o ‘llari, olg‘a surgan g ‘oyalarini anglab
olishlariga yordam berdi. ChoMpon asarlarida ifodalangan m a’rifiy fikrlar
hozirgi yoshlarni barkamol qilib yetishtirishga ham xizmat qilmoqda.
AsqarZunnunov ta’lim-tarbiyada ibratning mohiyati haqida shunday deydi:
«Boqiy olamning o ‘zi ibrat manbayidir. Hayotdagi yaxshilik va
yomonlik, poklik ibrat namunasidir. Inson yaxshilik odamga quvonch
baxsh etishini ko‘rib, yaxshilik qilishga intiladi, yomonlik odamni badnom
qilishini ko‘rib, undan yiroqlashishga harakat qiladi. Ibrat shu jihatlari bilan
inson tarbiyasida alohida o ‘rinda turadi.
Donishmand ota-bobolarim iz,m a’rifatparvarallom alaro‘zfaoliyatlarida
bolalarga o ‘rnak bo‘lishga harakat qilganlar, ijod etgan narsalarini inson
aql-zakovatining yaratuvchilik qudratiga ega ekanligini namuna qilib
ko‘rsatganlar, bolalarni ko‘proq tabiat bag‘rida bo‘lishga chorlaganlar,
o ‘simlik va hayvonot olami bilan tanishtirganlar. Ota-bobolar ana shu
amaliy ishlari bilan yoshlarga ibrat bo‘lganlar».
A sqarZunnunovningta’kidlashicha, ta ’lim va tarbiyada ikkinchi darajali
ish boMmaydi. Barcha ishning samarali bo‘lishi ularni oqilona amalga
oshirilishiga, o ‘qituvchilar o ‘rtasida ahillik barqaror bo‘lishiga, ularning
ijodkorligiga, o ‘quvchilar bilan odilona muloqotda bo‘lishlariga bogMiqdir.
Asqar Zunnunov pedagogik tajribada, maktabda, ta’lim-tarbiyada ishni
qamrovli tashkil etish kerakligini aytadi. Zotan, bu tadbir zamon talabi bo‘lib,
ta’lim-tarbiyani o ‘zaro bogiiq tarzda, ya’ni o‘qituvchilar jamoasi erishgan
ilg‘or usullarni hayotga tatbiq etish bilan takomillashtirib borish, maktabdagi
tarbiya bilan oiladagi tarbiyaning uzviylikda bo‘lishiga erishish o‘quvchining
shaxs sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lishi shubhasizdir.
Mahalliy mualliflik maktablari, jam iyat hayotidagi o'zgarishlar ta ’lim
va tarbiya tizimiga o ‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmagan. XX asrning ikkinchi
yarmida musulmonlar muhitidan mutaxassislarni tayyorlash maqsadidayangi
Do'stlaringiz bilan baham: