Анимал болалар билан олиб бориладиган коррекцион ишлар.
Аномал болаларни ўқитиш ва ривожлантириш уларни ижтимоий ҳаёт ва меҳнатга тайёрлаш, уларда билим, кўникма ва малакаларни шакллантиришга йўналтирилган мақсадли жараёндир. Аномал болалар учун таълим тизими ва методларини танлашда боланинг ёши ва нуқсоннинг келиб чиқиши вақти ҳисобга олинади. Эшитиш ёки кўриш қобилиятини йўқотиш вақти алоҳида аҳамиятга эга. Махсус мактабларда меҳнат таълими ва тарбиясини ташкил этиш алоҳида аҳамиятга эга. Бу жараёнда ўқувчиларни ижтимоий ҳаётга, имконият даражасида касбий фаолиятга тайёрлаш бузилган функцияларини тиклаш, ақлий ва жисмоний ривожланиш нуқсонларини пасайтиришга ёрдам беради. Аномал болаларни тарбиялаш ривожланишдаги нуқсон даражаси ва тузилишига мос келадиган метод, воситаларни танлаш асосида аномал болаларни фаол ижтимоий ҳаёт ва меҳнатга тайёрлаш, уларда фуқаролик сифатларини шакллантиришдан иборат. Аномал болаларни тарбиялаш оила ва таълим муассасаси ўртасидаги ҳамкорлик, ўзаро қўллаб-қувватлаш, ўзаро ёрдам кўрсатиш, талабчанлик ва меҳрибонлик асосида амалга оширилади. Аномал болада оптимизм ва ишончни тарбиялаш, қобилиятини шакллантириш ёки унинг ўрнини босувчи имкониятни ривожлантириш, ижобий сифатларини тарбиялаш ҳамда ҳаракатлари ва хулқини танқидий баҳолаш қобилиятини ривожлантириш жуда муҳим.
Педагогик Кенгаш вазифалари.
Faoliyatning asosiy masalalarini ko’rib chiqish uchun Markazda direktor raisligida Ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi.Ilmiy-metodik kengash tarkibi Markaz direktorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga direktor o’rinbosarlari, kafedralar va bo’limlar rahbarlari, shuningdek, yetakchi professorlar va o’qituvchilar, sport federasiyalari vakillari kiritilishi mumkin.
Ilmiy-metodik kengash qarorlari Markaz direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ilmiy-metodik kengash raisi va kotibi kengash qarorlari bajarilishining muntazam ravishda monitoringini olib boradi va qabul qilingan qarorlar ijrosi to’g’risida kengash a’zolariga hisobot beradi.
Ilmiy-metodik kengash a’zolari kengash majlisida ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar to’g’ri va aniq bajarilishi uchun javob beradi.Ilmiy-metodik kengashning ish tartibi Markazning yillik ish rejasiga muvofiq tashkil etiladi.
Quyidagilar Ilmiy-metodik kengashning vazifalari hisoblanadi:Markaz, uning kafedralari va bo’limlari rejalari va hisobotlarini ko’rib chiqish, Markaz faoliyatini takomillashtirish bo’yicha o’quv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni muhokama qilish;
Markaz ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yo’nalishlarini ta’minlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat talablari, o’quv rejalari va dasturlar bajarilishini ko’rib chiqish;Markaz kafedralari va bo’limlarini ochish, ularning faoliyatini o’zgartirish va tugatish bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqish;
darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ilmiy, o’quv-metodik adabiyotlarni e’lon qilish masalalarini ko’rib chiqish; Markazni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |