Bilimlar ombori ( BO ) – muayan bir soha ( yo’nalish, fan, bob, bo’lim, mavzu, tushuncha va kabilar ) bo’yicha to’plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo’ljallangan bilimlar majmuasi.
Bilimlar omborini boshqarish tizimi – ma’lumotlar omborini yaratish va uning funksional vazifasini aniqlash hamda ular asosida boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi amaliy dastur va algoritmik til vositalari majmui.
Bilish – ob’ektiv borliqni inson ongida aks etirishning oily shakli, haqiqiy bilimlar hosil qilish jarayoni. Bilish quyidagicha darajalanadi: hissiy bilish – sezgilar, idrok, tasavvur orqali hosil qilishadi, ratsional bilish – tushunchalar, mulohazalar, aqliy xulosalardan o’tib nazariyalarda o’rin oladi.
Bilish usullari: bilish jarayonining qonun – qoidasi, mezoni, tamoyili, shakl va usullari hamda vositalari, shuniningdekm, bilish jarayoniga qo’yilgan talablar tizimlarining majmuasiga bilish usullari deyiladi.
Bilishning Dekart usuli quyidagicha:
Fan taraqqiyotida bilish usullarini asosan ikki yo’nalishda o’rganilgan:
empirik bilish usullari – kuzatish, tajriba, tavsiflash, o’lchash;
nazariy bilish usullari – mavhumiylik, rasmiylashtirish, kompyuterda modellashtirish va shu kabilar.
Biologik model – obektlar va ularning qismlariga xos biologic tuzilishi, ularning tashkiliy tuzilmaviy ko’rinishi va funksional vazifalari majmuasi.
Bosma taboq – nashrning haqiqiy hajmi, o’lchov birligi. Bichimi 60x90 cm bo’lgan qog’oz varag’ining bir tomonidagi nusxa. Standart o’lchamli va boshqa o’lchamlarga ega bo’lgan qog’ozdagi nusxa shu o’lchamlar uchun fizik BT deb ataladi Nashr mahsulotlarini hisobga olishda har qanday o’lchamdagi qog’oz uchun hisoblangan BT 60x90 cm bichimidagi qog’oz birligi sifatida olinib, shartli taboqlarga qayta hisoblanadi.
Boshlang’ich maktab- ta’lim oluvchilarga boshlang’ich umumiy ma’lumot beradigan umumta’lim ta’lim-tarbiya muassasasi. Uning vazifasi ta’lim oluvchilarda yozish, o’qish, hisoblash malaka va ko’nikmalarini hosil qilish, tabiat va jamiyat haqida ilk bilimlar berish, xulq-odobga o’rgatishdir.
“Bumerang” texnologiyasi –dars jarayonida yangi mavzuni o’rganishda, darsdan tashqarida qo’shimcha manbalar, matnlar va adabiyotlar bilan ishlaganda qo’llaniladigan texnologiyalardan bir i bo’lib, bu texnologiya o’quvchining mustaqil bilim egallashi va shu egallangan bilimni boshqa o’quvchilarga o’rgatishga asoslanadi. Bunda o’quvchida o’z bilimini boshqalarga o’rgatish orqali eslab qolish qobiliyati va nutq madaniyati rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |