Bulardan tashqari «o‘quvchi», «o‘qituvchi», «pedagogik jarayon», «ta’lim
jarayoni», «tarbiya jarayoni», «ta’lim-tarbiya mazmuni», «ta’lim-tarbiya
metodlari», «ta’lim-tarbiya qoidalari», «tashkiliy shakllari» kabi tushunchalar ham
ishlatiladi.
Tarbiya muayyan maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyachi va tarbiyanuvchi
o‘rtasidagi qo‘sholoq jaryon bo‘lib, bunda tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni
tarbiyanuvchilar onggiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga
tizimning tasir ko‘rsatadi. Tarbiya bola tugilganidan boshlab umrining oxirigacha
davom etadigan jarayondir. SHu tufay tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlardan ta’lim
malumot jarayonlariga kiradigan ishlarining mazmunini ham anglatadi. Tarbiya
ta’lim malumot natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Ta’lim – maxsus tayorlangan kishilar rahbarligada o‘tkaziladigan
o‘quvchilarni bilim va malakalar bilan qurollantiradigan bilim qobiliyatlarini
o‘stiradigan, ularning dunyoqarashlarini tartib topgan jarayondir agar tarbiya bola
tugilganidan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik
ta’sirida shakllansa, komol topsa, ta’lim chegaralgan holda, masalalar sinf xonasi
labarotiya kabinetlari) tashkil etilgan o‘qituvchi rahbariga mauyyan barigida
muayyan belgilangan vaqtda olib borilgan.
Malumot - ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim hosil
qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Ta’lim-tarbiya va malumot uyG‘unlashgan yagona javob bo‘lib o‘qituvchi
tarbiyachi ularning shakllanishida etakchi qiladi. O‘qituvchi dars berar ekan
o‘quvchilarni fan yangiliklardan xabardor etadi, Ayni paytda ularda insoniy
fazilatlarni shakllantiradi., tarbiyalaydi mustaqil fikrlashgan o‘rgatadi.
SHaxs- «odamning jamiyat a’zosi sifatida, o‘z-o‘zini anglash va tafakkurni,
faoliyatning ob’ektivligini, muloqat hamda biluvchanlikni tashuvchanligidir».
SHaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan
boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. SHaxs
avvalo o‘zining qadr-qiymati va kamchiliklari bilan jamiyat hayotida faol
qatnashganligi hamda ta’lim-tarbiya natijasida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va
kuchsiz tomonlari bilan paydo bo‘lgan individdir.
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib bo‘lib
tuG‘ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish
deb bola vaznining oshishi suyak va tizimning tanosil azolarining nerv funksional
faoliyatining kamol topishi aql zakovatining shakllanishiga aytiladi.
SHaxsning har tomonlama kamolga etishi – ma’lum bir real tarixiy shart-
sharoitlarda amalga oshirish mumkin bo‘lgan qobiliyatlar va iqtidorlarning, uning
mohiyatini tashkil etadigan hamma kuchlarning to‘liq va batomom rivojlanishidir.
Pedagogik faoliyat – estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarda
muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o‘ylab ko‘rilgan,
katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo‘lgan mehnatining o‘ziga xos turidir.
Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyati
tasirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmuni boyitiladi tarbiyachining
yo‘naltiruvchi va olib beruvchi taraqqiy ettirishidir.
Pedagogik muloqat – o‘quv-tarbiya davomida o‘qituvchi (pedagog)ning
o‘quvchilar bilan kasbiy muloqati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: