•
Dastlab ko’rishganda bir-birini tashqi qiyofasi bo’yicha o’zidan
ustun
ko’rish yoki uni yoqtirmaslik;
•
Sherik bilan dastlabki muloqotda uning muhim fikrlariga qo’shilmaslik va
hokazo;
•
Dunyoviy
tasavvurlari,
maqsad va mulohazalarini,
ijtimoiy barqarorligi
mos kelishi yoki aksincha…
Rahbarning muomala madaniyati.
•
Rahbarlik mahoratining muhim jihati muomala madaniyatidir. Yoqimli va
muloyim suhbat olib boorish tadbirkorlikda, rahbarlikda katta yutuqqa olib
keladi. Bunda quyidagi ma’naviy me’yorlarga rioya qilish zarur:
PSIXOLOGIK AXBOROT XAVFSIZLIGI.
Reja:
1. Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik havfsizligidagi manbalar va ularning
turlari
2. Ta’lim muhitida axborot-psixologik havfsizlikni ta`minlashning vazifalari, asosiy
faoliyat yo`nalishlari va uslublari
3. Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o`zini o`zi
himoyalashi.
4 O`zbekiston ommaviy axborot vositalari va jamiyat axborot-psixologik
havfsizligining ta`minlanishi.
Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik havfsizligidagi manbalar va ularning
turlari
Shaxs axborot-psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari va umumiy tavsifi:
tashqi va ichki tahdid, uning tuzilishi hamda mohiyati. Yuqorida aytganimizdek, shaxs
tomonidan axborotni qabul qilishning hal etuvchi mezoni - bu insonning ongi borligidir.
Mazkur ongdan foydalanib, mantiqiy isbot yordamida odamga xohlagan, eng noma`qul
g`oyani ham «to`g`riligini» isbotlash mumkin, bu qiyin emas. Buning uchun dalillarni
ustalik tanlab, isbot jarayonini yaxshi tuzish kifoya. Demak, axborot-psixologik
xavfsizlikka tahdidning birinchi manbasi - bu insonning o`zidir.
Axborot-psixologik xavfsizlikni shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari. Axborotni
qabul qilish, qayta ishlash, tarqatish mexanizmlari, jamiyatdagi transformatsiya va
qaytalanishi. Axborot-psixologik xavfsizlikning shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari
aslida ko`p, lekin an`anaviy ravishda ular uchta asosiy turga bo`linadi: davlat etkazadigan,
OAV va norasmiy muloqotdagi axborot. Norasmiy axborot deb, shaxs mahallada, ish
joyida, o`rtoqlaridan, trasport vositalarida, gaplarda eshitgan ma`lumotlarga aytiladi.
Axborot bilan ishlash bir nechta asosiy bug`inlarni tashkil etadi, ularning ish mexanizmi
esa quyidagidan iborat:
1) Ma`lumotni qabul qilish, anglab olish va eslab quyish;
2) axborotni anglash va eslab quyish jarayonida materialni qabul qiluvchi tomonidan
uning bilimi va psixologiyasidan kelib chiqqan holda qayta ishlash va yangilangan
axborotni shaxs xotirasida saqlash;
3) axborotni tarqatish. Har bir bosqichning o`z qoidalari bor va ularga rioya qilmagan
odam ushbu faoliyatda inqirozga uchrashishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: