Pedagogika fan sifatida


Professional qobiliyatlarini shakllantirish



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/48
Sana16.03.2022
Hajmi1,47 Mb.
#493139
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
pedagogika psixologiya

Professional qobiliyatlarini shakllantirish 
Reja: 
1.
 
Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi 
2.
 
Qobiliyatlardagi tugʼma va orttirilgan sifatlar 
Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi 
Odamlarning oʼquv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi oʼziga xoslikni tushuntirish uchun 
psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. 
Chunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, oʼsha insonning oʼzi 
ham qilgan har bir harakatidan oʼzi uchun naf koʼradi. 
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, 
koʼnikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bogʼliq. Аyniqsa, biror kasbning egasi 
boʼlish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis 
boʼlib yetishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada koʼproq qobiliyat tushunchasi aql 
zakovat tushunchasi bilan bogʼlab oʼrganiladi. Har bir normal odam oʼzining aqlli boʼlishini 
xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan 
mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Аqlsiz, nodon» 
degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. Yana shu narsa 
xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq halqlarida biror kimsaga nisbatan «oʼta aqlli» yoki «oʼta 
nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni oʼrtacha tasniflar doirasida 
ishlatamiz: «Falonchining oʼgʼli anchagina aqlli boʼlibdi, narigining farzandi esa biroz 


nodon boʼlib, ota-onasini koʼydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik» 
kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi.
Ilm-fandagi anʼanalar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bogʼliq 
sifatlar juda koʼplab tadqiqotlar obʼekti boʼlgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish 
mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar 
yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador boʼlgan koʼrsatgichni oʼlchashga uringanlar. 
Koʼpchilik olimlar odam intellektida uning verbal (yaʼni soʼzlarda ifodalanadigan), 
mikdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy koʼrsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, 
xotira va hayol jarayonlari bilan bogʼliq jihatlarni ham qoʼshganlar.
Ch. Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab oʼtilgan koʼrsatgichlar 
oʼrtasida bogʼliqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham murakkab tuzilmaga ega 
boʼlgan psixik xususiyat ekanligini koʼrsatdi. Boshqa bir olim Dj. Gilьford esa aqlni bir 
qator aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, mavxumlashtirish, umumlashtirish, 
sistemaga solish, klassifikatsiya qilish) natijasida namoyon boʼladigan xususiyat sifatida 
oʼrganishni taklif etgan. Bu olimlar aql soʼzidan koʼra intellekt soʼzini koʼproq ishlatib, bu 
soʼzning oʼziga xos talqini borligiga eʼtiborni qaratganlar. Chunki ularning fikricha, 
intellektual potentsialga ega boʼlgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual 
potentsial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan - shaxsga 
bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borliqni va 
boʼladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu oʼrinda «intellekt» 
soʼzining lugʼaviy maʼnosini tushunib olaylik. Intellekt - lotincha soʼz - intellectus - 
tushunish, bilish va intellectum - aql soʼzlari negizidan paydo boʼlgan tushuncha boʼlib, u 
aql-idrokning shunday boʼlagiki, uni oʼlchab, oʼzgartirib, rivojlantirib boʼladi. Bu - intellekt 
va u bilan bogʼliq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, 
qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash 
davri taʼsir koʼrsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham koʼrib, his qilib turibmiz. 
Yangi avlod vakillari - kelajagini XX1 asr bilan bogʼlagan oʼgʼil-qizlarning intellekt 
darajasi ularning ota - bobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi bolalar kompьyuter 
texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez oʼzlashtirib olmoqda, jaxon tillaridan 
bir nechtasi bilish koʼpchilik uchun muammo boʼlmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat 
testlarni ham yoshlar oʼzlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql 
oʼsishiga taʼsirini hamma bilsa kerak. Аgar bola oilada ilk yoshligidan maʼrifiy muhitda 
tarbiyalansa, uning dunyoqarashi keng, xoxlagan soha predmetlaridan beriladigan 
materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz oʼzlashtira oladi. Hattoki, bunday bolaga oliy oʼquv 
yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham oʼta tushunarli, ular yanada 
murakkabroq masalalarni yechishni xohlaydi. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish