Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va
guruhni tarbiyalash va o’qitish nazariya va
amaliyoti” deb ta’kidlaydi.
A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy
pedagogika-“barcha yosh guruhlar va ijtimoiy
toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi
pedagogikasi”dir
V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki
muhit pedagogikasi fan yutuqlarini
birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya
amaliyotida amalga oshiradi, deb hisoblaydi.
I.Podlaso’yning “Pedagogika darsligida
quyidagicha ta’rif mavjud: “ ijtimoiy
pedagogika-ijtimoiy muhitning shaxsni
shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya
muammolariga ta’siri qonuniyatlarini
o’rnatuvchi fan”.
Yu.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga
uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali
ta’rif bermoqchi bo’lgan.
Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika
singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini
o’rganadi dalolat beradi. Biroq ularni
muayyan o’ziga xos yo’nalishlarda
o’rganadi. Bu fanning o’ziga xos xususiyati “
ijtimoiy” so’zida mujassamlashtiilgan.
“Ijtimoiy”
(lotinchada socialis-umumiy,
ijtimoiy) tushunchasi ostida odamlarning
shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli
shakllari bilan bog’liq barcha narsa
tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika
o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi
haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika
ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning
jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq
xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning
jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan
ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim,
qadriyat, yurish-turish qoidalari)
ijtimoiylashuv deyiladi.
Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat
sohasi sifatida
•
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish
XIX asrda yevropa va SHimoliy
Amerikada bo’lib o’tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika balki “
ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo’lishini ta’minladi.
•
G’arbiy yevropa davlatlarida ayniqsa Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy
pedagogika bilan bir qatorda ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida
rivojlanadi, biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy ishchilarning kasbiy faoliyatlarida ko’p
umumiy jihatlar bor. Ular bir kasbni anglatuvchi sinonim so’zlardir. Bu mutaxassislar
jamiyatda tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy, himoya, qo’llab-quvvatlovchi
vazifalarni bajarishadi.
•
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki ishchilar
toifasining kengaytirish, ularning maqsadlarining yaqinlashuviga va bir-birlarini
to’ldirishlariga olib keldi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida-masalan,
bolalar bog’chalari, maktablarda hozirda ham ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy pedagoglar
birgalikda ishlashlari mumkin. Biroq ulardan har biri o’z majburiyatlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |