Ma’lumki, qadimdan ota-bobolarimiz yosh avlodni hayoli, iymon-e’tiqodli,
komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor berganlar. Buyuk
mutaffakkirlarimizning bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosi o’quvchilarni
to’g’ri tarbiyalashda bamisoli yo’lchi yulduzdek xizmat qiladi. SHu bois, bitiruv
malakaviy ishi mavzusini aynan shu yo‘nalishda tanlashga qaror qildik.
Pedagoglik kasbi sharafli bo’lishi bilan birgalikda juda murakkab kasbdir,
chunki millatning, davlatning kuch-qudrati, ertangi umidi bo’ladigan yoshlarni aynan
mana shu pedagoglar ta’lim berib tarbiyalaydilar. Pedagoglik kasbi bir paytning
o’zida ham islohotchilik, ham boshqaruvchilik kasbi hioblanadi. Shaxs kamolotini
boshqarish uchun esa qobiliyat ,layoqat, bir so’z bilan aytganda favqulotda kasbiy
mahoratga ega bo’lishi lozim. Mahoratli o’qituvchilargina o’quvchilarga to’g’ri
tarbiya bera oladi.O’quvchilarni tarbiyalashda Imom al-Buxoriy ta’limotidan
foydalanish juda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |