Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo‘nalishi 2-kurs 204-guruh talabasi Rajabova Mardonaning


Temuriylar davrida ta‘lim tarbiya



Download 0,5 Mb.
bet6/8
Sana05.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#529665
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
204 BT Rajabova Mardona kurs ishi

2.3. Temuriylar davrida ta‘lim tarbiya
Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o'zi amal qilgan o'n bir
sifatni yuksak baholaydi.
Birinchi sifat: "Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga
ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim boyni
kambag'aldan ustun qo'ymadim."
Ikkinchi sifat: "Men har doim Islomga qat'iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan
ulug’langan shaxslarga hurmat bilan qaradim."
Uchinchi sifat: "Men kambag’allarga ko'p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat
bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to'g'ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim."
To'rtiichi sifat. "Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf'’ yetkurdim. Bunda birovga nohaq ozor
etkazmadim va mendan yordam so'rab kelganlarni ko'kragidan itarmadim. Qur'ondan
parvardigorning Allohning amriga bo'ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini
o'zimga farz bilib, o’qib oldim va umr bo'yi barcha yumushlarimda unga amal qildim."
Beshinchi sifat: "Islomga taalluqli ishlarini men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun
qo'yib keldim. Avval tangri itoatini ado etib bo'lgandan keyingina kundalik ishlarga qo'l urdim."
Oltinchi sifat: "Barcha so'zlarimda doim haqiqatgo'ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo
haqidagi yetishganlarimdagi haqiqatni yolg'ondan ajrata bildim."
Yettinchi sifat: "Men har kimgaki va'da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va'daga xilof ish
qilmadim. Men doimo va'dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo'lishimni va kimsaga jabr
yetkazmasligimni angladim."
Sakkizinchi sifat: "Doimo o'zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va
parvardigorning yoki uning noiblarining iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasiz
uning bandalarining hech biriga zarar yetkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga
ham birdek xayriya qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo'lishga
intilmadim va shuningdek, hech qachon ko'proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Hech
qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir Husayn bilan bo'lgan voqea menga
ibratli bo'ldi. O’z fuqarolarnning mol-mulkiga nisbatan ochko'zligi pirovardida uni halokatga
olib keldi".
To'qqizinchi sifat: "Men har doim tangrimning amrini va uning payg’ambarlarining hadislarini to'la
ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo'sunlariga butkul amal qildim va nopok
ishlardan butun vujudim bilan o'zimni tiydim. Payg'ambar va uning
sahobalarini o'zimning yagona va eng yaxshi do'stlarim deb bildim."O’ninchi sifat: "Men har doim insof bayrog'ini baland yashirdim va iymon tarqatishni o'z
buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men inson bir onadan tug'ilgan deb ishonganman.
Shuning uchun mustahkam qudratga tayangan qudrat buyuk bo'ladi".
O’n birinchi sifat: "Men doim saidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni
e'zozlardim. Bu kishilarni doimo majlislarimga chaqirardim. Ularni din masalasi yuzasidan
aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan
xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi."
Shunday qilib, sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma'no
o'gitlarining har bir mazmun va ma'no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri,
umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ularni hadsiz
xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Amir Temur ibratlaridan namunalar
. . . Bizkim - mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlarning eng qadimiy va eng ulug'i
Turkning Bosh bo'g'ini bo'lamiz.
. . . Saltanat ishlarida to'rt narsaga amal qilgin, ya'ni:
1. Kengash.
2. Mashvarat-u maslahat.
3. Qat'iy qaror; tadbirkorlik, hushyorlik.
4. Ehtiyotkorlik.
Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto'g'ri
bo'lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so'zlari va qilgan ishlari boshga
pushaymonlik va nadomat keltiradi. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda
mashvarat-u maslahat
va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo'lmaysan. Shuni
ham bilishing kerakki, saltanat ishlarining bir qismi sabr-u toqat bilan bo'lgay, yana bir qismi esa
bilib bilmaslikka, ko'rib ko'rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi
shart bo'lgan tadbirlarning ta'rifidan va zikridan so'ng (shuni ta'kidlash lozimki qat'iylik, sabr,
chidamlilik sog'lig-u sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur.
* **
Davlat ishlarining to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvrat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan
bajo keltirilur.
* * *
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azim qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab
tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa ham aqli raso va
hushyor kishilardan kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
* * *
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo'llarini mo'ljallab qo'y,
* * *
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
***
Yerga yetkur sabo, kim makr qilmishdir mang’a,
Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun ang'a.
* * *
Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim Zolimlar otkazgan ashyoviy na jismoniy zararlarni
isbotlaganimdan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar o'rtasida muhokama qildim va bir
gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o'tkazmadim.
* * *
Shijoatli kishilarni do'st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
* * *
Ulamo bilan suhbatda bo'l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan
ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.
***
Millatning dardlariga darmon bo’l...
***
BISMILLAHIR ROHMANIR RAHIM

Saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) qat’iy


qaror, tadbirkorlik, hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni
barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto‘g‘ri bo‘lgan johil odamga qiyos qilish mumkin;
uning aytgan so‘zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgay. Shunday
ekan, saltanatni boshqarishda mashvarat-u maslahat va tadbirkorlik
bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Shuni ham bilishing
kerakkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo‘lgay, yana bir qismi esa bilib
bilmaslikka, ko‘rib ko‘rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlarning
ta’rifidan va zikridan so‘ng shuni ta’kidlash lozimki qat’iylik, sabr, chidamlilik, sog‘lig-u
sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur.
Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan
bajo keltirilur.
Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab
tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
G’anim lashkarini yengish qo‘shinning ko‘pligidan, mag‘lub bo‘lish esa sipohning kamligidan
bo‘lmaydi. Balki g‘olib bo‘lmoqlik Tangrining madadi va bandasining tadbiri bilandir.
Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va
hushyor kishilardan kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, ikkovidan barobar
qutulish chorasi topilmagach, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak.
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘l qo‘y.
Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar
ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni
ardoqlaydi.
Kengash ikki turli bo‘lur: biri — til uchida aytilgani, ikkinchisi — yurakdan chiqqani. Til
uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga
quyardim va dilimga joylardim.
Amirlarim agar yarashdan so‘z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko‘rardim,
agar urushga moyil bo‘lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko‘rardim, qaysi
biri foydaliroq bo‘lsa, shuni ixtiyor qilardim. Sipohni ikkilantiradigan [turumsiz] kengashni
eshitishdan saqlanardim. Qaysi kishi aqlga siqqan bir ishni kuyinib gapirsa, suyib eshitar edim.
Kimki oqilona gaplarni erlarcha keskinlik bilan so‘zlasa, unga ham quloq solardim. Har kimdan
so‘z olib kengash so‘rar edim. Lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari
haqida o‘ylab ko‘rgach, to‘g‘ri va savoblirog‘ini tanlab olardim.
Biron ishni qilmoqchi bo‘lsam, kengashib olib, keyin Qur’ondan fol ochardim va Qur’on hukmi
bilan ish qilur edim.
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
Xudo bitta, uning sherigi yo‘qdir. Shunday bo‘lgach, Alloh taoloning muqaddas mulki — yer
yuziga egalik qiladigan (kadxudo) kishi ham bitta bo‘lishi kerak.
Agar yerda va ko‘kda ikki xudo bo‘lsa, jahonning ishi buzilur.
Yorga yetkur sabo, kim makr qilmishdir mang‘a,
Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun ang‘a.
(Amir Husaynga Amir Temurbek yozgan turkiy bayt)
Kimki menga kelib qo‘shilsa ulug‘lanadi, kimki men bilan kurashmoqchi bo‘lsa yiqiladi.
Jangda yengish-yengilish ishi taqdir pardasi ostida yashirin.
Jahonni idora etguvchi qudratli nabiralarimga ma’lum bo‘lsinkim, Tangri taolo dargohidan
umidim shulki, ko‘plab farzanddarim, avlodim saltanat taxtiga o‘tirib, mamlakatlarni idora
etgay. Shuning uchun saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka bog‘ladim
va saltanat boshqarish haqida qo‘llanma (dasturilamal) yozib qoldirdim, toki farzandlarim va
avlodimdan bo‘lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritsin... tolei baland millatining
sharofatini, muhabbat va do‘stligim orqali qo‘lga kiritgan davlat va saltanatni saqlagaylar. Bu
tuzuklardan o‘z saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan
ularga yetadigan davlat va saltanat zarar-u tanazzuldan omon bo‘lgay.
Do‘st-u dushman bilan murosa-yu madora qildim.
Har mamlakatga shayxulislom yubordimki, toki musulmonlarni gunoh ishlardan qaytarib, ularni
yaxshi va savob ishlarga undasin.
Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham,
begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan
odamlar ko‘nglidan joy oldim.
Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni
isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir
gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm o‘tkazmadim.
Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham
iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim.
Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga
nisbatan shubha-yu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi.
Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan
ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.
Azm-u jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilish-ga qasd qilgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim
bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim.
Hech kimga g‘azab bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki
Tangri taoloning g‘azabiga duchor bo‘lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.
Hozirgi damgacha o‘tgan sultonlarning qonunlari va turish-turmushlarini donolardan so‘rab surishtirdim. Har qaysilarining yo‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan
gaplarini xotiramda saqladim va xush axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib, unga amal
qildim. Davlatlarining tanazzulga uchrashi sabablarini surishtirdim va davlat-u saltanat zavoliga
sabab bo‘luvchi ishlardan saqlandim. Naslni buzuvchi, ocharchilik va vabo kasali keltiruvchi
zulm va buzuqchilikdan saqlanishni o‘zimga lozim bildim.
Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim.
Har bir o‘lka va shahar aholisining ashrof-ulug‘lari va buzurglari bilan oshna tutindim. Ularning
mijozlariga, tabiatiga to‘g‘ri kelgan, o‘zlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim.
Hokimlar, sipoh va raiyatdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga
nisbatan darhol adolat-u insof yuzasidan chora ko‘rdim.
Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga
do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom
ko‘rsatdim.
Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og‘ayni, qo‘shnilar va men bilan bir vaqtlar do‘stlik qilgan
barcha odamlarni davlatu ne’mat martabasiga erishganimda unutmadim, haqlarini ado etdim.
Do‘st-dushmanligiga qaramay, har joyda sipohiylarni hurmat qildim, chunki ular boqiy mato
bo‘lgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotadilar. O’zlarini ma’raka-maydon,
halokatga otib, jonlarini qurbon qiladilar. Agar g‘anim sipohidan biror odam o‘z valine’matiga
sidqidildan xizmat qilib urush kunlarida menga qarshi qilich ko‘targan bo‘lsa ham, unday
odamga nisbatan lutf-marhamatlar ko‘rsatdim, qoshimga panoh istab kelganda, uni qadrlab,
haqiqat bilan xizmat qilishiga ishondim.
Qaysi bir sipohiy tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o‘z sohibidan yuz o‘girib,
mening oldimga kelgan bo‘lsa, unday odamni o‘zimga eng yomon dushman deb bildim.
Davlat agar din-u o'yin asosida qurilmas ekan, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning
shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xsharkim, uni
ko‘rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kas-u nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz,
eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi.
Men o‘z saltanatimni dini islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni
boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni tuzuk asosida bajardim.
Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, musofir yo‘lovchilar uchun yo‘l
ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim.
Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir,
hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim.
Kimki Muhammad dinini qo‘llab-quvvatlasa, sen ham uni qo‘llagil, kimki, Muhammad dinini
xor qilsa, sen ham uni xor tutgil.
Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi va odob-axloq

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish