2.2. Kichik yoshdagi o’quvchilarda xuquqiy tushunchalarni shakllantirish ilmiy, tarixiy manbalarda o’rganilganlik darajasi. Huquqiy ta’lim -tarbiya o`z tarixiga ega bo`lib, qonunlarni aniq ijro etilishiga ta’sir ko`rsatishga qodir, siyosiy tuzilishidan qatiy nazar hamma davlatlar undan manfaatdor. Ma’lumki, qadimgi Yunoniston va Rimda bolalikdan boshlab fuqarolarga qonunlar o`rgatilgan. Rim davlatida 14 yoshgacha bo`lgan bolalar qonunlarning 12 jadvalini yod olganlar. Eramizdan oldingi III asr boshlarida mavjud bo`lgan va bizgacha yetib kelgan «Fuqaro Xersonesning qasamyodi»da, jumladan, shunday deyiladi: «Men fuqarolarning hech biriga nisbatan hech qanday adolatsiz ishni xayolimga keltirmayman…va bunaqa ishga yo`l qo`ymayman, buni yashirmayman ham, lekin uni sud e’tiboriga yetkazaman va suda qonunlarga muvofiq ovoz beraman». Bu o`rinda nafaqat qonunlarga rioya etilishi haqida, shu bilan birga yoshlarning va boshqalarning qonunlarni buzishlarini fosh qilishga jalb etilishi to`g`risida ham borgan. Huquqiy ta’lim -tarbiya muammolari Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSh kabi mamlakatlarda huquqiy tarbiya masalalari doimo diqqat markazida bo`lib, uning ko`p muammolari hal etilgan. Bunda har doim huquqiy tarbiyaning 14 ayni bir paytda o`sib kelayotgan avlodga ham siyosiy, ham ma’naviy ta’sir ko`rsatilishi ekanligini tushunib yetish namoyon qilingan va hatto takidlab o`tilgan.
Masalan, Fransiyada 1879 yilda joriy qilingan maktablarda axloq va huquqning o`qitilishi «fuqaro», «mamlakat», «Askar», «qonun», «jamiyat», «adolat» kabi va boshqa bir qator shunday so`zlarning ma’nosini tushuntirib berishdan boshlangan. bolalar 9-11 yoshida davlat qurilishi, shuningdek, harbiy xizmat, soliqlar va shu kabilar haqida oddiy tasavvurlarga, keyinchalik esa – davlat va huquq to`g`risida ancha batafsil ma’lumotlar ega bo`lishgan1 . Har qanday jamiyat o’z farzandlarini ma’suliyatini his etadigan, munosib fuqarolar bo’lib yetishishlari va ularning davlat taraqqiyotiga, gullab yashnashiga o’z ulushlarini qo’shishlariga umid bog’lanadi. Afsuski, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida bolalar hali ham o’z huquqlaridan mahrum etilganlar, ya’ni ularning sog’-salomat yashab to’laqonli rivojlanishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun hech qanday imkoniyatlar yaratilmagan. Asosiy ehtiyojlari va huquqlari qo’pol ravishda buzilgan bolalar hech qachon boshqalarning huquqlarini hurmat qila olmaydilar hamda kattalar kabi odil va g’amxo’r bo’la olmaydilar. Huquqning buzilishi faqat shaxsning azob-uqubatlarini yuzaga keltirishga sabab bo’libgina qolmay balki ularning ongida siyosiy barqarorlik urug’larini ekilishiga va qurolli nizolarga sabab bo’lmoqda. Huquqiy muammolari har bir insonning to’g’ridan-to’gri yoki bevosita tegishlidir. “Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiya”ni o’rganish –bu aynan mana shu masaladagi eng muhim va to’g’ri yo’dir. Bola huquqlari haqidagi Konvensiya nima? Shu haqida to’xtalamiz. Bola huquqlari haqidagi Konvensiya-bu butun jahon bolalariga xos bo’lgan bolalar huquqi haqidagi BMTning shartnomasidir. U voqealar rivojlanishining turli bosqichlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi.
Bola huquqlari haqidagi Konvensiya batafsil ko’rib chiqilgan bir qator huquqlarni o’z ichiga oladi. Bu huquqlarni 4 ta kategoriyaga ya’ni toifaga va u 54moddadan iborat.
1 O.Karimova. “Huquqni o’qitish metodikasi” T.:2011 yil,54-bet. 15 Unda bolaning quydagi xuquqlari kafolatlangan:
1.Yashay olish huquqi:bola huquqlarini qondirish va hayotiy huquqlarini o’zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalana olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo’lish kabi adolatli hayotiy me’yorlarni o’z ichiga oladi.
2.Rivojlana olish huquqi:bolalarning o’z qobiliyatlarini kengroq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlarini olish mumkin. 3.Bolalar zo’ravonlik va eksplutatsiya qilinishidan himoyalangan bo’lishlari shart. 4.Ishtirok etish huquqi:bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bola huquqini o’rganish, ayni muammo bo’yicha axborotga yig’ish tahlil va sintez qilish; - yig’ilgan axborotlarga e’tiborni qaratish istiqbolli yo’nalishlar bilan tanishish - bolalarni muayyan muhit chegarasida ro’y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishlari - shu faoliyat orqali bolalar inson huquqlari bu ulardan uzoqdagi qandaydir kishilarning huquqlari bo’lgan mavhum tushunchalar emas, balki ularning o’zlari yashab turgan muayyam muhitga hamtegishli ekanini tushinishlari karak.Bolalar huquqlari va ota-onalar roli, garchi
Konvensiya bolalar huquqlari haqidagi asosiy qonunlarni himoya qilsa ham ota-onalardagi o’z bolalari uchun nima avfzalligini tanlash huquqini buzmaydi.Aksincha, unga hurmat, ota-onalar o’z bolalarining ulg’ayishi jarayonida birinchi galdagi o’z vazifalarini bajara olishlari uchun oilaning mustahkamligini qo’llab quvvatlanishiga yordam berishga astoydil harakat qilishlari lozimligi alohida ta’kidlanadi.Bola huquqini ta’minlash – bu bolalar va kattalar o’rtasida nizo keltirib chiqarishiga emas,balki bolalarning har tomonlama sog’lom va xavfsiz kelajaklarini ta’minlash maqsadida fuqarolarni birgalikda ishlashga ilhomlantiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi va inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarda qayd qilinganidek, jamiyatning asosiy 16 tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolar va farovonlikka ega bo’lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni to’lq himoyasiga olganligiga ishonch hosil qilgan holda, bola shaxsi sog’lom va har tomonlama uyg’unlashgan holda kamoloti uchun u oila g’amx’o’rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o’sish zarurligini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg’un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib har bir mamlakatda, jumladan rivojlangan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib quyidagi moddalar tuzilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |