Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs guruh talabasi ning


II BOB. Tarbiya jarayoni va uning o'ziga xos xususiyatlari



Download 81,7 Kb.
bet5/7
Sana26.02.2022
Hajmi81,7 Kb.
#466111
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
курс иши TARBIYA JARAYONI

II BOB. Tarbiya jarayoni va uning o'ziga xos xususiyatlari.
2.1. Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari

Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste‘dordga,


ilmga va mashqqa degan edi, ulug‘ olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
- tarbiyaviy ishlar jarayonida va tarbiyada ulg‘ayotgan i nson shaxsini oliy
ijtimoiy qadriyat deb bilish, har bimr bola, o‘smir va yoshlarning o‘ziga xosligini hurmat qilish;
- milliylikning o‘ziga xos an‘ana, vositalariga tayanish, milliy merosga
asoslanish;
- o‘quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli,
to‘laqonli bolalar yosh jihatlariga mos turli xil ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarga
qatnashishini ta‘minlash, mehnat, ijtimoiy foydali, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish lozim.
Darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tarbiyavi jarayonini tashkil etish
bilan birga DTS lariga mosligiga e‘tibor qaratish zarur bo‘ladi.
1. Tarbiyavi jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o‘rin tutadi.
Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba‘zi bir talablarga ta‘sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
2. Tarbiyavi ijarayoning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol
topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e‘tiborni qaratish zarur bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiya metodlari. Yosh avlodni tarbiyalashda turli xil metod va vositalardan,
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.
Metod (lotincha-metodos-yo‘l so‘zidan olingan bo‘lib) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta‘limot deb tarjima qilingan.
Metodika (yunoncha-metodika) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish
metodlarining, usullarining yig‘indisi yoki o‘qitish tarbiyalash usullari va vositalari degan tushunchani anglatadi.
Tarbiya metodlari - pedagog-o‘qituvchilarning o‘quvchilarga ta‘sir ko‘rsatish
usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish
maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jixatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo‘llaridir.
Tarbiya metodlari tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda muhim vosita bo‘lib, bola shaxsining har tamonlama kamol topishi bilan belgilanadi va tarbiyaviy ishlar jarayoniga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina tarbiyaviy ta‘sirlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tamonidan ta‘lim muassalari oldiga har tamonlama barkamol, erkin, ijodkor, tashkilotchi, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxsni tarbiyalash vazifasini o‘z ichiga oladi.
Tarbiya metodlari o‘qituvchi va jamoa tamonidan tarbiyalanuvchilarning g‘oyaviy
va ma‘naviy e‘tiqodlarini, ma‘naviy his tuyg‘u va odatlarini tarkib toptirish
maqsadida qo‘llanadigan shaxsga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘llarini anglatadi.
Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun
tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borganda turli xil usul va vositalarni qo‘llaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, ta‘sir qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Shuning uchun tarbiyaviy ishlar metodikasi fanida ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1.Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar.
2.Odatlantirish va faoliyatga mashqlantirish metodlari.
3.Tarbiyada rag‘batlantirish va jazolash metodlari.
Birinchi guruh metodlarining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy ongiga hayot, ahloq, mehnat qilish munosabatlari to‘g‘risida qoida va meyorlarini hosil qilishdan iborat.Tarbiya jarayonida ushbu metod shaxsning e‘tiqodi va ishonchiga aylanib boradi.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida o‘quvchilarda ma‘naviy mazmuniga oid odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi. Faoliyat o‘quvchilarning ijtimoiy munosabat, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba bo‘lib hisoblanadi.
Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda
tarbiyalanuvchilardagi ijobiy hulq –atvor va odatlarni rag‘batlantirish, salbiy
xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuyg‘ulari va maqsadlariga bevosita ta‘sir ko‘rsatishda foydalaniladi. Ushbu guruh metodlariga rag‘batlantirish va jazo berish kabilar kiradi.
Tarbiyavi jarayonida qo‘llaniladigan metodlarni quydagicha ifodalash mumkin:
Tarbiyavi tizimi va tarbiya jarayoni har qanday mamlakat hayotida hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a‘zolarining
Мetodlar Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar odatlantirish va faoliyatga
mashqlantirish metodlari rag‘batlantirish va jazolash metodlari maqsad
barkamol shaxsni tarbiyalash tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikka yuz tu tadi va oqibatda inqirozi tayin bo‘ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o‘sib, rivojlanishi uchun moddiy va ma‘naviy boyliklar yetishtirishni, ajdodlardan yaxshiroq darajaga ko‘tara bilishi kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma‘naviy qobiliyatlar shakllantirishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Maktabda bolalarni axloqli tarbiyalash, dars jarayoni, sinf va maktabdan tashqari turli tuman ishlarda olib boriladi.
O'quvchilarga bilim, (tasavvurlar, xissiy, obrazli bilimlar, axborot, og'zaki ma'lumot, tushuncha, umumlashgan bilim) malaka va odatlarini beriladi.
Bolalarga odob va odobsizlik haqida tushuncha beriladi. Ular axloqiy
tushunchalarni badiiy va ilmiy adabiyotdan, hayotdan, kinofil'm va spektakllardan oladi. O'quvchilarni o'z xulqini axloqiy jihatdan baholashni birinchi sifatdan boshlab o'rgatib borish kerak, ularni mehnatni sevish, mulkni ehtiyot qilish, xurmat, rostgo'ylik, sofdillik, vijdon, kamtarlik ma'nolarini tushinib olsin. Buning uchun ―mardlik va qo'rqoqlik, mardlik va oliftalik, kollektiv nima, baxtni qanday tushinasiz, insonni go'zalligi nimada‖ yuqori sinf o'quvchilari bilan ―ma'naviy yetuk kishi, insonning qadr qimmati, axloq va shaxs erkinligi‖ mavzularida suhbat o'tkazish ma'qul.
O'quvchilarning onglilik darajasini, o'stirish o'zini-o'zi baholasin, o'qishda mehnatda, hayotda muvofaqqiyatga erishish o'ziga bog'likligini tushintirilsin.
Xaftaning oxirida ―O'tgan xaftadan qanoatlanamanmi?‖, ―O'zimni jazolashim kerakkmi yoki mukofatlashim?‖ degan savolga javob yozishni tavsiya kilish kerak. U tarbiyaviy soatda yoki individual suhbatda tahlil yetiladi.
O'quvchilarni axloq ruhida tarbiyalash ularda erkin fikrlilik xislatlarini tarkib toptiradi.
Ular maqsadga intiluvchanlik, o'qish va ishda matonatlilik, qat'iyat tashabbuskorlik, uyushkoklik, kiyinchilikdan qo'rqmaslik.
Maktab axloqiy tarbiya berishda xilma xil metodlar qo'llaniladi.
Jumladan:
Birinchidan, maktabdagi o'qish jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak, buyuk nemis pedogogi A.V. Disterveg ko'rsatganidek, yaxshi o'qitish bilangina o'qituvchi o'quvchini yaxshi tarbiyalaydi ham. Ba'zan axloqiy ta'sir vositalari kam ko'rsatiladi, huquq uchun bahoni pasaytiradilar. Odobsizlik qilishadi.
Ikkinchidan, axloqiy tarbiya jarayonining muvoffaqqiyatli o'quvchilari va
o'qituvchilar jamoaning saviyasiga bog'liq. Jamoa axloqli bo'lsa, ahl bo'lsa, bolalar intizomli bo'ladi.
Uchinchidan, tarbiyaviy ishlarni rejali bo'lishi va hamjihatlik bilan amalga oshirilishi axloqiy tarbiyaning muvoffaqqiyatini ta'minlaydi. A.S. Makkarenko 10 ta yuqori malakali, o'z xolicha ishlaydigan o'qituvchidan malakasi past bir yoqadan bosh chiqaradigan beshta o'qituvchi afzal, - deydi. To'rtinchidan, maktabda ijobiy, emosional sharoit yaratish axloqiy tarbiya jarayoniga foydali ta'sir etadi.
Beshinchidan, barcha o'quvchilarning maktabdagi umumiy tartib, xayot rejimiga rioya qilishga erishish.
Axloqiy tarbiyada ongni, axloqiy tushunchalarni shakllantirishda suhbat, munozara, leksiya kabi metodlardan, axloqiy odatni shakllantirshda esa mashq, bolalarni turli faoliyatini yuritish metodlaridan foydalaniladi.
Axloqiy tarbiyada uning natijasini hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega.
Tadbirlar soni emas, sifat belgilaydi. Baho ham to'la emas.
Tarbiyalanganlikni o'lchovi ijtimoiy aktivlik, talablariga ijobiy munosabat, o'z huquqini baholay olish, axloqiy odatlar va fazilatlar deyiladi. Bular o'lchov bo'la olmaydi. Aslida ijtimoiy aktivligi, muomala va aloqalari, manaviy yo'nalishi, haqida, barqaror axloqiy sifatlarning mavjudligi – o'lchov bo'la oladi. Maktab xayotida ijtimoiy-siyosiy atestasiyasi axloqiy tarbiyalanganlikning aniqlash va baholashning bir shaklidir. Shaxsni to'la o'rganish – tarbiyalanganlilikni aniqlab beradi.
5.Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz
mustaqillikka erishgach ta‘lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan ―Ta‘lim to‘g‘risidagi‖ Qonun , ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ning yaratilishi ta‘limni tubdan halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o‘zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo‘llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko‘rsatib bergan. Ayniqsa, ―Istiqlol va ma‘naviyat‖, ―O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida‖, ― Barkamol avlod orzusi ‖ kabi asarlarida jamiyatning ma‘naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan.
Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har xil tarzda izohlanib kelindi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog‘lom
pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog‘liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda.
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi.
Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o‘rta maxsus kasb -hunar ta‘limida amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta‘lim tarbiyasini qamrab oladigan jarayonlardir. Ijtimoiy tarbiyaning vazifasi ham jismonan baquvvat, ma‘naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan, zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlarini o‘zlashtiradigan, ma‘lum kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. U ijtimoiy munosabatlarga kirishish usullarini o‘rganadi. Shaxsga kasb-hunar o‘rgatish, kishining ma‘naviy va g‘oyaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tar biya o‘quvchilar ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya jarayonida inson va jamiyat hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar ongiga singdirib boriladi. Kishilarning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishiga qaratilgan barcha ta‘sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega bo‘ladi va bunda shaxs xohlagan soha bo‘yicha ta‘lim-tarbiya ko‘rib, istagan kasbni egallashi mumkin. Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini asoslab berdi.
Tarbiya va tarbiyaviy ishlar har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahasiyat kab etadi, Yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan g‘alq yoki mamlakat inqirozga yuz tutadi. Chunki har qanday mamlakatning rivojlanishi uchun moddiy va ma‘naviy boyliklarni ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana sh unday moddiy va ma‘naviy qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimi bo‘lishini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar tizimi jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha
mohiyatga ega bo‘lib, har xil izohlandi. Shuning uchun ham turli sinf va ijtimoiy tabaqalarning tarbiyasi o‘zgacha bo‘ladi va bir -biriga qarama-qarshi turadi degan qarash hukmronlik qilgan. Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga ega emasligi isbotlanadi. Chunki chindan ham bunyodkorlik va vayronkorlikning mohiyati har qanday ijtimoiy sinf vakili uchun ham bir xildadir. Ijtimoiy tarbiya maxsus muassasalar tamonidan amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir. Xalqning o‘zi yaratgan tarbiyachilik san‘atiga va boy merosiga asoslanishi ijobiy ahamiyatni kasb etadi. Tarbiya jarayonida ijtimoiy tarbiya bilan birgalikda oila tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi.
Ta‘lim muassalaridagi tarbiyaviy ishlar jarayonining samaradorlik darajasi ko‘p jihatdan tarbiyaviy ishlar tizimining tashkil etilishiga bog‘liq. Tarbiyaviy ishlar tizimi mazmunan boy bo‘lishi, umumiy maqsad va o‘quvchilar imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani bevosita mamlakat hayoti, xalq tarbiya tizimi bilan mustahkam bog‘langandir.
Tarbiya jarayoni va tarbiya ishlarini olib borish murakkab bo‘lgan bir butun jarayondir, binobarin, bola shaxsining har tamonlama rivojlanib borishida turli xil sharoitlar ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘lim muassalarining vazifasi ta rbiyaviy ishlar tizimini to‘g‘ri tashkil etib va ba‘zi sharoitlarning rolini faollashtirib bola shaxsini kamol topishini ta‘minlashdir.
Mehnat tarbiyasining mohiyati. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni voyaga
yetkazishda mehnat tarbiyasining o‘rni beqiyosdir. Insonning kundalik turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog‘liqdir. Shu sababli mehnat butun moddiy va ma‘naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti negizidir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulg‘ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o‘z aqlini, irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin.
Bolalarni mehnatni sevish ruhida tarbiyalash- butun insoniyatni tarbiyalash demakdir.
Shu boisdan yosh avlodni mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash barcha ta‘lim-tarbiya muassasalari faoliyatining asosiy negizi bo‘lib qolmoqda.
Pedagogika fanida yosh avlodni yosh avlodni shakllantirishda mehnat tarbiyasi juda katta rol o‘ynashini rus pedagogi K.D.Ushinskiy bunday deb yozgan edi: ―Tarbiyaning o‘zi, agar u kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalashi kerak emas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim‖.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab olishning mustahkam vositasi bo‘lib, unga nazariy bilimlarni qo‘llash imkonini yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitib boradi.
Jumladan, mehnatning ijtimoiy-axloqiy ahamiyatiga e‘tibor berish, mehnat
o‘quvchining yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi , o‘z vaqtida turli kasblar haqida ma‘lumotlar berib borilishi, mehnat ahli bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Umuman olganda, mehnat tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat tarbi yasining bosh g‘oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko‘nikmas va malakalarni hosil qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi.
Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklar, ijtimoiy taraqqiyot asosida, mehnat faoliyati natijasidir. Jamiyatda tashkil etiladigan mehnat tarbiyasi yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ularning vatan ravnaqi, el yurt farovonligi yo‘lida mehnat qilishi jarayonini o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy jamiyatning umumiy va iqtisodiy rivojlanishi zamonaviy bosqichda bunyod etuvchi, yaratuvchi hamda ishlab chiqaruvchi shaxsga nisbatan eng muhim ijtimoiy burch sifatida yondashish; har qanday mehnat faoliyatiga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lish; mehnat va uning mahsulini qadrlash; mehnatni tashkil etishga jamoa usulida yondashish; doimiy ravishda tashabbuslar bilan chiqish; mehnatni faol, ijtimoiy tashkil etish; aqliy va jismoniy quvvatga tayangan holda mehnat qilish ishtiyoqining ichki ehtiyojiga aylanishi; mehnatni ilmiy tashkil etish; mehnatga nisbatan asosiy hayotiy zarurat sifatida munosabatda bo‘lish.
Mehnatga, mehnat qilishga ruhiy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal etadi:
 Mehnatning inson faoliyatidagi ahamiyatini anglash;
 Mehnatning maqsad va vazifalarini anglash;
 Mehnat faoliyatini tashkil etish rag‘batini qaror toptirish;
 Mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlikni qaror toptirish;
 Mehnatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
 Mehnatning kishilik taraqqiyoti bosqichlaridagi roli va o‘rnini anglash;
 O‘tmish ajdodlarimizning mehnatini ulug‘lovchi qadriyatlarini anglash va shu
kabilar.
Ta‘lim muassasalarida mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur asosida tashkil etiladi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus das tur asosida amalgam oshiriladi. Mehnat ta‘limi dasturi na‘munaviy xususiyatga ega. Unda maktab, o‘qituvchi va o‘quvchilari mehnat faoliyatini baholash bo‘yicha ta‘lim va tarbiya natijasiga nisbatan davlatning minimum talablari aks etadi.
Mehnat tarbiyasi jarayonida bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish maqsadning o‘zi va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli emas, balki eng muhim insoniy layoqat- mehnat qilish layoqatini rivojlantirish uchun vosita hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda reproduktiv metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda reproduktiv metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash hamda yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish hisoblanadi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tshkiliy shakllarini
o‘qituvchilar o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari hamda, mahalliy shart sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlaydilar. Mehnat tarbiyasini yo‘lga qo‘yishda shunday shakl va metodlardan foydalanish lozimki, natijada mehnat insonning eng sevimli mashg‘ulotiga aylansin, shaxs mehnat ta‘limi va tarbiyasini yuqori o‘ringa qo‘yishi lozim. Oqibatda shaxs qo‘lga kiritgan mehnat muvaffaqiyatidan quvonish, o‘z qadr-qimmatini anglash hamda o‘z mehnatidan g‘ururlanish tuyg‘usi qaror topsin.
Mehnat tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashish o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlarini ta‘minlashga olib keladi. Bugungi kunda mehnat tarbiyasining tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarmoqda, u o‘zida texnika va texnologiyalarni tushunish (tasavvur qilish), amaliy vazifalarni hal etish ko‘nikmasi hamda holatlarini ifoda etadi.
Mehnat tarbiyasini samarali tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadbirlar shaxs uchun ham, jamiyat uchun ham foydali bo‘lib, shaxsni yo‘naltiruvchi xususiyatga egadir.
Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari:
Mehnat ta‘limi va tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab etiladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda hal etuvchi vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1. Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarga mehnatning shaxs
kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;
2. Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo‘lgan moddiy va ma‘naviy
ne‘matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o‘rgatish;
3. Mehnat qilishga nisbatan rag‘batni , shuningdek, muhabbatni uyg‘otish.
Bunda aziz avliyolarimiz va boshqa buyuk insonlarimizning mehnat va
kasb-hunar bilan hayot kechirganlarini alohida qayd etish;
4. O‘quvchilarni mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga
keltirish;
5. Mehnat faoliyatini ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish;
6. Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;
7. Mehnatga hayotiy zarurat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda
bo‘lish;
8. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko‘nikmasi va
malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;
9. O‘quvchilarda mehnatsevarlik hislatlarini tarbiyalash, o‘z mehnati
samarasidan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish;
10. Muayyan kasb –hunar sirlarini o‘zlashtirishga erishish va boshqalar.
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantiriladi va tarkib
toptiriladi:
- mehnat o‘yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida
shakllantiriladi;
- mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o‘zlashtirishga erishiladi;
- mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
O‘quvchilar ta‘lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning
ijtimoiy jamiyatda tutgan o‘rni va rolini, inson kamolotini ta‘minlash omili ekanligini, shaxsning qobiliyati va iqtidorini mehnat jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib olishlari lozim. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tashkil etishda bugungi kunda an‘anaviy va noan‘anaviy shakllardan foydalanilmoqda. Xususan, mehnat bayramlari, ishlab chiqarish ko‘rgazmalari, hashar, ―Mohir qo‘llar‖ tanlovi, ―Quvnoq shahar ustaxonasi‖ ko‘rik tanlovi, o‘quv ishlab chiqarish kombinatlari brigadalari, yordamchi xo‘jalik, ―Yosh radio-texniklar stansiyasi‖ va ijodiy markazlar faoliyati, shuningdek, ustoz-shogird an‘analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb hunar ta‘limi va boshqalar;
Mehnat tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta‘lim muassasalarida o‘quvchilar
maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o‘zlarining yosh va fiziologik xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. Bunda ular o‘z-o‘ziga xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini saqlash, o‘quv qurollarini ta‘mirlash, kitoblarni yelimlash, o‘quv anjomlarini darsga tayyor lash va boshqalar).
Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o‘quvchilarda
mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo‘ysunish, maqsadni amalga oshirish yo‘lida shijoat, qat‘iyat ko‘rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi.
Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish
muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o‘tkazilayotgan mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek , ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlarning shakllanishiga poydevor qo‘yiladi.
Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat madaniyati- bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish, uni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir. Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zid a yana
o‘quvchining mustaqil harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil eta olishni ham aks ettiradi.
Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o‘quvchilarni ilm-fan,
madaniyat, texnika va texnologiya borasida yangiliklardan boxabar etish, ularga nisbatan qiziqishni hosil qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va iqtidorlarini oshirib borishdan iborat. Tarbiya jarayonida o‘qituvchining muvaffaqiyati uning nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi psixologik-pedagogik, metodik kitoblarni, jurnal
va gazetalarni muntazam ravishda o‘qib borishi, badiiy adabiyotdan, har xil
kinofilmlardan foydalanish kerak. Tarbiya jarayonida metodlar xar xil bo‘lishi
mumkin. Bu o‘qituvchining ixtisosligiga, uning qiziquvchanligiga, ehtiyojlariga, intellektual faoliyatiga bog‘liq. Albatta bunda tarbiya jarayonining mazmunini t axlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ular bir necha omillardan iborat. Bular:
1. Tarbiyaviy masalalar o‘quvchilarning jamiyatdagi voqyea-xodisalarga,
atrofga bo‘lgan dunyoqarashini shakllantiradi. Ularda inson-parvarlik, vatanpar-varlik ruhini tarbiyalaydi.
2. Ilm oshiradigan masalalar–o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirishni o‘z ichiga oladi.
3. Bilish masalalari – tarbiya jarayonida o‘quvchilar fikrlashda mustaqil bo‘lishni,
o‘qishda qiyinchiliklarni yengishni shakllantirish.
O‘quvchilarni tarbiyalash o‘qituvchilarning ijodkorligiga va mahoratiga bog‘liq.
Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shug‘ullanadi. Shunday ekan, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bog‘liqdir.



Download 81,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish