Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs guruh talabasi ning



Download 133,61 Kb.
bet4/17
Sana04.02.2022
Hajmi133,61 Kb.
#430955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
trbiyaviy ishlar (автовосстановление)

Kurs ishining tuzilishi.
Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalangan adabiyotlar ro’yxati.

I-bob TARBIYA USULLARI VA SHAKLLARI. TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
1.1 Tarbiya metodlari
Yosh avlodni tarbiyalashda turli xil metod va vositalardan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.

  • Metod (lotincha-metodos-yo’l so’zidan olingan bo’lib) tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilingan.

  • Metodika (yunoncha-metodika) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish tarbiyalash usullari va vositalari degan tushunchani anglatadi.

  • Tarbiya metodlari - pedagog-o’qituvchilarning o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jixatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo’llaridir.

  • Tarbiya metodlari tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ishlarini to’g’ri tashkil etishda muhim vosita bo’lib, bola shaxsining har tamonlama kamol topishi bilan belgilanadi va tarbiyaviy ishlar jarayoniga ta’luqli bo’lgan ko’pgina tarbiyaviy ta’sirlarni o’z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tamonidan ta’lim muassalari oldiga har tamonlama barkamol, erkin, ijodkor, tashkilotchi, mustaqil fikr egasi bo’lgan shaxsni tarbiyalash vazifasini o’z ichiga oladi.

  • Tarbiya metodlari o’qituvchi va jamoa tamonidan tarbiyalanuvchilarning g’oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his tuyg’u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo’llanadigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini anglatadi.

  • Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borganda turli xil usul va vositalarni qo’llaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, ta’sir qilish zarurligini ko’rsatadi. Shuning uchun tarbiyaviy ishlar metodikasi fanida ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib quyidagi turlarga ajratish mumkin.

1.Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar.
2.Odatlantirish va faoliyatga mashqlantirish metodlari.
3.Tarbiyada rag’batlantirish va jazolash metodlari.
Birinchi guruh metodlarining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy ongiga hayot, ahloq, mehnat qilish munosabatlari to’g’risida qoida va meyorlarini hosil qilishdan iborat.Tarbiya jarayonida ushbu metod shaxsning e’tiqodi va ishonchiga aylanib boradi.

  • Ikkinchi guruh metodlari yordamida o’quvchilarda ma’naviy mazmuniga oid odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi. Faoliyat o’quvchilarning ijtimoiy munosabat, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba bo’lib hisoblanadi.

  • Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy hulq –atvor va odatlarni rag’batlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuyg’ulari va maqsadlariga bevosita ta’sir ko’rsatishda foydalaniladi. Ushbu guruh metodlariga rag’batlantirish va jazo berish kabilar kiradi.

Tarbiyaviy ishlarda qo’llaniladigan metodalarni quydagicha ifodalash mumkin:
Tarbiyaviy ishlar tizimi va tarbiya jarayoni har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan mamlakat turg’unlikka yuz tutadi va oqibatda inqirozi mahkam bo’ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o’sib, rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni, ajdodlardan yaxshiroq darajaga ko’tara bilishi kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlar shakllantirishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo’lishni taqozo etadi.
Tarbiya jarayonining mazmunini bolalarga beriladigan ma’naviy-axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulqatvorning bir butun holati tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning istiqlol va istiqboli uchun fidoyilik ko‘rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o‘zgacha xarakter kasb etmoqda:
—fuqarolik demokratik jamiyatini barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;
—vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
—diniy bag‘rikenglik va mehr-muravvatli bo‘lish;
—davlat siyosatini tushunish, unga fidoyi bo‘lish;
—o‘zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
—yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalash;
—maqsadning aniqligi, uni to‘g‘ri yo‘naltirish madaniyati;
— tarbiyachi-o‘qituvchi va tarbiyalanuvchining hamkorlik faoliyati;
—o‘zini anglash, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodlilik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachilarining tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish metodikasini „Uchinchi ming yillikning bolasi“ qo‘llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad—„Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi“dagi g‘oyalarni bolalarning ongida o‘ziga xos va mos ravishda singdiradi:
—xalqimizning boy an’ana, udum, urf-odatlari va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.
—O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash.
—yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
—mehr-muruvvatlilik va bag‘rikenglik.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga ega:

  1. sinf jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganish.

  2. o‘quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tar-

biyalashdagi burchi va vazifasini o‘rganish.

  1. kundalik o‘zgarishlarga o‘quvchilarning munosabati.

  2. o‘quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar ha-

qidagi bilim darajasi.

  1. qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi za-

mon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari.
Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o‘rinlidir. Shundagina har bir o‘qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o‘xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lib, ko‘zlangan maqsadga erishtira oladi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:

  • Vatanga muhabbat va insonparvarlik.

  • Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.

  • Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).

  • Ota-onalar bilan ishlash.

  • Ma’naviy tarbiya (odob-axloq).

  • Go‘zallik tarbiyasi.

  • Iqtisodiy tarbiya.

  • Ekologik tarbiya.

Bu ishlarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
⇒Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.
⇒Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo‘lishi.
⇒Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilingan bo‘lishi.
⇒Mavzular o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishi.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o‘qituvchining mas’uliyatli lahzalari talaygina. Birinchidan, dasturda ko‘zda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida uning borishiga tuzatishlar kiritib, vazifasini amalga oshiradi va kuzatib boradi. Ikkinchidan, o‘qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib boradi, chunki u biladiki, tarbiyaviy ishlar tarbiyalanuvchilarda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Uchinchidan, o‘qituvchi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini kuzatib boradi. Umuman, bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati darsdagi ayni shunday faoliyatdan kam farqlanadi, ammo u murakkabroq, chunki hisobga olish, nazorat qilish va ko‘plab omillarga tuzatish kiritish lozim bo‘ladi:
— tarbiyalanuvchilarni o‘zining ishtiroki bilan chegaralab qo‘ymaslik kerak.
— tarbiyalanuvchilarga o‘z fikrlari va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun xalaqit bermaslik lozim.
— hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nazoratdan chekkaga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
—nomaqbul harakatlarni oqilona va o‘z vaqtida tuzatish.
—bo‘lib o‘tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish lozim.
—natijalarni e’lon qilish.
—jamoaviy muhokama yoki individual pedagogik tahlil hamda yutuq va kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo‘yiladi.
Tarbiyaviy ishlarning tahlili

  1. Rejada tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o‘tkazishning barcha ko‘rinishlari o‘z aksini topganmi?

  2. Dastur mazmuni ko‘zlangan maqsadga javob beradimi?

  3. Ko‘zlangan maqsad, vazifalar va talablarga tashkil etish darajasi javob beradimi?

  4. Rejalashtirilgan barcha me’yorlar yetarli darajada manbalar bilan mustahkamlandimi?

  5. Ishning qaysi bo‘limi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun?

  6. Tarbiyaviy ish vaqt nuqtayi nazaridan o‘zgarmadimi?

  7. Kim va nima uchun o‘z muddatida ulgurmadi?

  8. Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etadimi yoki nomigagina bog‘langan to‘plamdan iborat bo‘ldimi?

  9. Yangilik samarasi sezildimi?

  10. Tarbiyaviy ishning emotsionalligi uning g‘oyasiga javob berdimi?

  11. Ishning sifati, o‘quvchilarning unga munosabati qoniqtiradimi, ularni qaysi savollar o‘ylashga majbur etdi?

  12. Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi qanday bahoga loyiq?

  13. O‘quvchilarning xulqi qanday edi?

  14. Nima uchun ayrim o‘quvchilarda u yoki bu pedagogik harakatga nisbatan qarshilik ko‘rsatish alomatlari paydo bo‘ladi?

  15. Nimadan voz kechish kerak?

Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning umumiy belgilari:

  • tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning kompleksi sifatida o‘ziga o‘yinlar, tarbiyaviy suhbatlar va individual jihatlarning elementlarini qamrab oladi;

  • har bir ish har bir tarbiyalanuvchining axloqiy, ijtimoiy va boshqa fazilatlari shakllanganligi darajasini kompyuter orqali tashxislash bilan boshlanadi.

  • tarbiyaviy ta’sir tashxislash natijalarining faol tahlili va ideal shaxs bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga yetganligini anglash bilan yuzaga keladi.

  • tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni o‘zlashtiradilar, o‘zlarini anglashni o‘rganadilar, o‘z-o‘zini kamolga yetkazish yo‘llarini tasavvur qiladilar;

  • shaxsiy kamolotga yetish dasturi (tashxislash natijalaridan qat’iy nazar) individual maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida mustahkamlanadi.

Tarbiyaviy ishlar tizimi va tarbiya jarayoni har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan mamlakat turg’unlikka yuz tutadi va oqibatda inqirozi mahkam bo’ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o’sib, rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni, ajdodlardan yaxshiroq darajaga ko’tara bilishi kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlar shakllantirishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo’lishni taqozo etadi.


    1. Download 133,61 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish