Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs guruh talabasi ning



Download 133,61 Kb.
bet9/17
Sana04.02.2022
Hajmi133,61 Kb.
#430955
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
trbiyaviy ishlar (автовосстановление)

Iqtisodiyot – yunoncha so’zdan olingan bo’lib, uy xo’jaligini boshqarish
degan ma’noni bildiradi.
Iqtisodiyot – inson faoliyatining iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish,
uning natijalarini o’zlashtirish, uning natijalarini o’zlashtirish, mavjud moddiy va
mehnat imkoniyatlaridan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning muhim
tomonidir.
Iqtisodiy ta’lim – bu maxsus tayyorlangan kishilar (mutaxassis pedagoglar)
rahbarligida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, unda ta’lim oluvchiga iqtisodiy
ta’lim berish, ya’ni iqtisodiyotning ma’lum tamoyillari, qonun-qoidalarini hamda kategoriyalarini tushuntirish va iqtisodiyotning ma’lum sohalari haqidagi
bilimlarni o’qitish amalga oshiriladi. Iqtisodiy ta’lim pedagogikasi iqtisodning
umumiy asoslari haqida baxs yuritadi.
Iqtisodiy ta’limning asosiy maqsadi – o’quvchi (talaba)ga iqtisodiy faoliyat
subyekti sifatida qaralgan holda o’quvchilarning kelajakdagi hayot faoliyatlarini
oshirish va buning uchun iqtisodiy faoliyat tuzilishini o’rganish, undagi o’zining
o’rnini his etish, zamonaviy iqtisodiy xulq-atvor me’yorlarini iqtisodiy
madaniyatni egallash, zamonaviy iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mehnat
vositalariga va natijalariga tejamkorlik munosabatini tarbiyalashdan iborat.
Insoniyat hayoti va unung taraqqiyoti jarayonlarida fan, madaniyat, siyosat,
mafkura, axloq, ma’naviyatga oid bilimlarni o’rganib ularni o’zlashtirib borishi
natijasida o’z maqsadlari sari olg’a qadam tashlaydi. Inson o’z umri davomida
orzu qilib, unga erishib yaxshi kun kechirishlari uchun, ularga doimo oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy va turli hayotiy ehtiyoj vositalari zarur. Qachonki insonlar
ushbu ehtiyojni qondirishda ma’lum qilish, ko’nikma va malakalarga ega bo’lsalar
ular rial hayotda iqtisodiy va ma’naviy inqirozlarga duch kelmaydi
Bugungi kunda, butun dunyoda ma’naviy iqtisodiy inqirozlar kuzatilayotgan
bir paytda, butun dunyo ahli, O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.
Karimovning bu boradagi iqtisodiy siyosatini ma’qullab, uning “jahon moliyaviy
iqtisodiy inqirozi va uni O’zbekistnda bartarf etish chora-tadbirlari” deb
nomlangan asarini o’rganmoqda. Iqtisodiy faoliyat nima degan savolga
“Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi,
kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va
ite’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal
qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat deb
ataladi”- degan javobini berishimiz mumkin.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y
bergan. Shuning uchun qadimgi yunon olimlarining ( Ksenafont, Platon, Arisotel ) asarlarida iqtisodiyot – xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Lekin
hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual
xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik
xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, xissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan,
moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatkararo birlashmalar,
korporatsiyalar, konsernlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rasidagi turli
iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag’lari, tabiiy boyliklar,
malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi
cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona
foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga
erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish
iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu tushunchalarni bo’lajak
o’qituvchilar, boshlang’ich sinflarda faoliyat ko’rsatayotgan o’quvchilarning o’zi
yaxshi anglab yetsa, uning asl mohiyatini o’quvchilarga yetkazib berish oson
kechadi.
Iqtisodiyotning bu turlari, darajalar, shakllari qanday bo’lishdan qatiy nazar
ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan, u ham bo’lsa insoniyatning yashashi,
ko’payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy
vositalarni yaratib ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir.
Inson hamma tavar sotuvchi – tavar oluvchi rolini bajaradi. Bu jarayonda
ulardan bir qismi ishlab chiqaruvchi – ikkinchi qismi esa istemolchi, demak ishlab
chiqaruvchi – istemolchilar mavjud.
Demak, insonlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro’zg’or buyumlari,
transport isitish va sovutish, uzatgich, yoritgich kabi bir qator vositalar kerak.
Uning barchasi yashashi uchun kerak bo’lganligi sababli biz ularni ehtiyojlar deb
ataymiz.
Ehtiyojlar: - tabiiy ehtiyoj
- moddiy ehtiyoj
- ma’naviy ko’rinishda bo’ladi.
Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamalakat, ayrim korxona va firma, oila
ixtiyorida to’planib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat
ko’rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda hamda iste’mol jarayonlarida
foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va barcha manbalar tushuniladi.
Bizga ma’lumki, iqtisodga oid ehtiyojlar va ularga mos tavarlar doimo inson
uchun qiziqarli manba bo’lgan va unga erishish yo’llari doimo inson tafakkurining
birinchi bosqichlaridan o’rin olgan. Misollarga murojat qilsak.
Iqtisod ilk bobolar hayotidan boshlab, antik adabiyotlar Platon, Arisotel
qadimgi Misr, Xiroy, Hind va Markaziy Osiyo olimlarining asarlaridan ham o’rin
olgan.
Bunday buyuk insonlar o’z asarlarida inson hayoti uchun zarur bo’lgan xom
oshyo buyumlari ishlab chiqarilgan tavarlar naqadar zarur ekanligini ko’rsatibgina
qolmasdan uni qo’lga kiritish, undan foydalanish, ularga sayqal berib va kelgusi
avlodga yetkazish texnologiyalarini ishlab chiqqanlar.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oyid g’oyalari 1482 yilda
yozilgan”Vaqfiya” va 1500 yilda yozilgan “Mahbub Ul Qulub” asarlarida bayon
etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga,
ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa
aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. A.Navoiy o’z asarlarida
inson mehnatiga alohida to’xtalib o’tadi. U biylikni har bir inson o’zining halol
mexnati bilan topishi shart deydi ya’ni shu narsani tasdiqlaydiki hyech bir inson
o’zi uchun zarur bo’lgan barcha istemol buyumlarini o’zi yarataolmasligini,
shuning uchun ham ular bir-biri bilan iqtisodiy aloqada, munosabatda bo’lishlari
obektiv zaruriyat ekanligini asoslab beradi. Odamlar o’z faoliyatlari jarayonida iqtisodiy manbaga va kuchga zarurat
sezib, uni to’plash paytida bo’lganlar. Ular bir necha yo’llarda ish olib borishlari
shularan biri. Merkantelizm odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan
iborat, boylik savdoda asosan tashqi savdoda-muomala jarayonida paydo bo’ladi,
ko’payadi, savdoda band bo’lgan mexnat unumli mexnat, boshqa mexnatlar esa
unumsizdir, degan fikrni olg’a suradi. Bunday fikrlarga qarshi A. Smit, U.Petti, D.
Dekardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar o’zlarining boshqacharoq fikrlarini
bildiradi. Ular boylik faqatgina qishloq xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga
sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratiladi
degan xulosaga keladilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “ko’rinmas qurol” tamoili hozirgi kunda juda ko’p tilga olinmoqda. U o’zining “xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat shaxsiy manfaatdir deb ko’rsatadi. Inson o’z shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, o’z kapitalini ko’paytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadi deb tushuntiradi.U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuni va boshqa resurslarining erkin harakatini ta’minlash tamoilini ilgari suradi. Ushbu maktabning “klassik” deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo’ldi:
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv
beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvoffaqiyatli qo’lladilar. Aynan
anashu usullar yordamida ular merkantilislarning boylikning mabasi savdo degan
g’oyasini asossiz ekanligini isbotlashdi. Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g’risidagi barcha yig’ilgan bilimlarni klassik maktab namoyondalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bo’lib iqtisodiy tavarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemol o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi. Shundan so’ng yoshlarni har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlar yo’lga qo’yila boshladi. Bir necha zamonlar o’tishi bilan iqtisodiy tarbiyaga, ma’naviy tarbiyaga, ma’rifiy tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlar turli darajada tus ola boshladi.
Bugungi kunga kelib iqtisodga oid manbalar juda ko’plab uchraydi. Ulardan
foydalanishda esa o’qituvchi uning asarlarini o’rganib chiqsa maqsadga muvofiq
bo’ladi. Shuning uchun ham biz o’zimizning ushbu bitiruv malakaviy ishlarda
unga ko’rsatib o’tishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi
ko’pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni
tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bo’lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda tejamkorlik,
mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni
shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib
kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy matematika fani inson
hayotida asosiy o’rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob
ilmini bilishi va o’z ishiga pishiq bo’lishi kerak. Shunda u o’z mehnatining
natijalarini o’lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
Abu Nasr al-Farobiy insonga yashash uchun juda ko’p narsalar kerakligi va
ularni vujudga keltirish yo’lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni e’tirof etadi.
Bu o’rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko’rsatib o’tgan edi.
Ro’zg’oringda hyech bo’lmasa, o’tin yoki un, yog’ ortib turishi kerak.
-Ikki kishi uchun tayyorlanayotgan mastavaga ikki dona kartoshka, bir dona
piyoz, yarim piyola gurunch yetadi. Ertaga ichaveramiz deganing xato, qolgan
ovqat soviydi, quyulib qoladi, achiydi. Ovqatni har kuni yangidan hozirlash
kerak.
Mazmuni olamcha bo’lgan bu o’gitlar ota-onalar tomonidan farzandlar ongiga
singdirilayotgani xasislik alomatlari emas, balki turmush tajribasining durdona
xulosasi, tejamkorlikka undashdir. Tejamkorlik tarbiyasiga axloqiy tarbiyaning
hisob-kitob bilan yashashga o’rgatadigan muhim sohasi sanaladi.
Ishlab chiqarish korxonasidami, ro’zg’ordami, tabiat bag’ridami, qayerda
bo’lmasin, tejalgan ne’mat katta ijtimoiy ahamiyatga ega.
Agar biz o’zimizga berilgan rizqu ro’zimizni tejamkorlik bilan iste’mol
qilsak, jamiyatimiz boyligini tejagan bo’lamiz. Jamiyat mulkini, boyligini tejab
borsak, uning navfi har bir kishiga tegishi muqarrar. Demak, jamiyat mulkini
tejash orqali o’zimizdan tashqari jamiyatga ma’lum darajada foyda keltirgan
bo’lamiz. Ham shaxsiy, ham ijtimoiy mulkni barobar tejash esa bizdan
dunyoqarashimiz va axloqimiz, turmush tarzimiz darajasini namoyon etadi.
Tejamkorlik jarayoni oila yoki davlatning moddiy qudratini
mustahkamlashdan tashqari, odamlarni turmush kechirish me’yoriga amal qilishni
ham vujudga keltiradi. Non, tuz, qog’oz, yoqilg’i, elektr quvvati, gaz, neft’, ruda, mato, qo’yingki, barcha ne’matlar-aziz. Ammo inson o’zi yaratuvchi, o’zi iste’molchi, o’zi nazoratchi bo’lganligi uchun ham, ularning hammasidan arzonroqdir. Shu sababli, avvalo, insonning o’zini uning umri, kuchi, aql-zakovati, iste’dodi, kayfiyatini,mehnatga qobiliyatini asrash umrining uzaytirish temkorlikning eng hususiyatli tomoni hisoblanadi.
Vaqt- inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Uni faqat dunyoni o’rganish va
o’zgartirishga, shaxsiy manfaati va el-yurt xizmatiga, mehnat samadorligini oshirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga sarf etish hususiyati har bir
kishida shakllanishi zarur bo’lgan ulug’vor fazilatdir.
Tejamkorlik hususiyatlari kishilarda ularning majoziy xislatlariga muvofiq
ravishda shakllanadi va xasislik, pishiqlik, sahiylik, xalollik tarzida ko’zga
tashlanadi.
Xasis kishilar o’z imkoniyatlarini tejashga doimo intiladilar, ammo
o’zgalarning va jamiyat manfaatini himoya qilishga moyil
o’lmaydilar,undaylar shaxsiy manfaat, boyligini ko’paytirish jazavasi bilan yonib,
insof, muruvvat va odamiylikni unutib yashaydilar.Bunday kishilar sarxil mevamiz
bozoriga, sutimizning qaymog’i haridorga, nonimizning mazalisi, ko’rpato’shakning yangisi, xonamizning chiroylisi mehmonga, o’zimiz sifatsiz
ne’matlarni tozalab yeb, labi uchgan idishlar ishlatsak ham, yashasak ham
bo’laveradi, deb tushunadilar. Bu bilan obro’ orttirishga intiladilar. Ular
"Topganingdan yetarlisini yeb-ichib, kiy, salomat, tetik, bearmon yasha», degan
g’oyaga qarshi ish tutib, farovonligimizning asl mazmuniga putur yetkazadilar:
yashash va daromad qilishning vijdonga, tarbiyaga xilof usullarini qo’llab, ba’zan
ko’pchilikning nafratiga duchor bo’ladilar, o’z xasisliklari, yasama xushomadlari,
yolg’on mulozamatlari bilan turmush kechirish, mehmon kuzatish va farzand
tarbiyalash madaniyatiga dog’ tushiradilar.
Pishiqlik daromad va harajatni to’g’ri rejalashtirish, isrofgarchilikka yo’l
qo’ymaslik, xo’jasizlikning oldini olish manbaidir.
Ro’zg’orda yoki xo’jalikda bor narsani qizg’anmaslik, inson qadrini moddiy
jihatdan rag’batlantirib borish saxiylik alomatidir. Saxiylik kishilarda kamtarlik,
soddalik, ko’ngilchanlik, raxmdillik, samimiylik,mehmondo’stlik, muhtojni
qo’llash, berilgan yordamni ta’na qilmaslik hususiyatlari ustun bo’ladi.
Saxiylik yuksak darajadagi insonparvarlikdir. Shu bilan birga saxiylik,
tejamkorlik ruhi bilan sug’orilmog’i kerak. Yoshlarga daromad hajmini belgilash
va harajatning me’yorini barqarorlashtirish, boshqacha aytganda, ne’mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va unga qat’iy amal qilish
ko’nikmasi singdirilishi darkor. Qiymati qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, narsani egasidan so’rab yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qaytarish xalollik belgisidir Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada asrash lozimligi,tejashning mohiyati va usullarini to’g’ri anglatish tejamkorlik
tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning to’laqonli amalga oshishi otaonalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar, rahbarlar, jamoatchilikning faolligiga bog’liq.
Har qanday ota-ona o’z farzandini voyaga yetkazib, uylab-joylagunga
qadar, xatto undan keyin ham o’tdan, suvdan, shamol va ofatdan, sinish,chiqish,
zaharlanish, g’aflat va hayosizlikdan, sayoqlik va beg’amlikdan, moddiy tanglik va
jinoyat qilishdan, xijolatlik va g’animlar nazaridan qudrati yetguncha ehtiyotlaydi,
asraydi. Demak, tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta’sirchanligi va samarasi bilan
bolalar dastlab o’z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qiluvchi roli ana shu
tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya boradi.Namuna
ko’rsatish, ishontirish, nasihat qilish, maslahat berish yo’li bilan farzandlarni
tejamkor bo’lishga safarbar etish, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish,
lozim bo’lsa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash va ota-onalarning
tarbiyalay olish mahoratlariga bog’liq. Tarbiyaviy ta’sir tarbiyalanuvchi shaxsida qisqa muddatli, uzoq muddatli, beqaror yoki turg’un asorat hosil qilishi mumkin. Ta’sir qanchalik to’g’ri, asosli va kuchli bo’lsa, farzandlarda tejamkorlikka moyillik, ishqibozlik shu qadar mustahkam shakllanadi.
Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va
kiyim-kechakni yamash, ro’zg’or asboblari va uydagi jihozlarni ta’mirlash
sohasida bolalar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumushlarni bolalarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan xolda
topshirishlari kerak. Ishni topshirish bilan cheklanmay, bola uni qanday bajarayotganini nazorat qilib turish, lozim bo’lsa, maslahat, ko’mak berishi, g’ayratbaxsh so’zlar aytib ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Bola mustaqil topshiriqni bajarish jarayonida rejadagi ishni uddalash uchun sarf etiladigan xom ashyo, mablag’, vaqt, kuch, kayfiyat, hajmini aniqlash, kerakli uskunalarni tayyorlash, sozlash malakalari takomillashadi.
Matbuot, radio, televideniye xabarlari, o’qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan
berilgan tejamkorlikka oid ma’lumotlar, ota-onalar hamda keksalarning bu
to’g’ridagi maslahatlari, tanbehlari ham bolada mazkur tushunchaning
kengayishiga ijobiy ta’sir etadi. Darhaqiqat, tarbiyaning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan oila, maktab, jamoatchilik va mehnat jamoalarining bahamjihat kuch-g’ayrat sarflariga va o’quvchilarga nisbatan qo’yiladigan talablari bir xil bo’lishiga bog’liq. Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning xilma-xil vazifalari bir necha fan
bo’yicha darslarda amalga oshiriladi. Masalan, tabiiy fanlar, matematika, fizika,
kimyo, biologiya o’quvchilarga iqtisodiy rivojlanish ichki kuchlarga e’tibor
berishni o’rgatadilar. O’zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o’sish iqtisodiy qonuniyati bilan o’quvchilar shu tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar.
Jamiyashunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga
ko’tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni bajarilishi lozimligini o’rganadilar.
Kimyo, biologiya darslarida o’qituvchilar yoshlarga mineral o’g’itning
iqtisodiy ahamiyatini yaqqol misollar bilan ko’rsatishadi.
Yangi texnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi. Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? Shunday
savollarga bolalar o’qituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari
mashg’ulotlarda javob topadilar. Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog’lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa,o’quvchilar shunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar. Bunday bilimlar o’quvchilar kelajakda qaysi sohada ishlash yoki qayerda o’qishlari mumkinligini mo’ljallashlariga imkon beradi.
O’quvchilarga iqisodiy tarbiya berish bilan chambarchas olib borilishiga
erishish zarur. Iqtisodiy tarbiya uslublari xilmaxildir.Jumladan,suhbat,ma’ruza,amaliy mashg’ulot, sanoat shahobchalariga
sayohat o’tkazish, solishtirish, hisob-kitob qilish g’oyatda ta’sirchan uslublar
hisoblanadi. O’quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda
darslarda va darsdan tashqari mashg’ulotlardan unumli foydalanish mumkin.
O’quvchilarni nechog’lik iqtisodiy tarbiya topganliklari o’qituvchilar tomonidan
kuzatib borilishi kerak. Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o’quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq
olayotganliklarini ko’rsatuvchi muhim belgilardir.

Download 133,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish