3-bosqichda bilim hamda ko’nikmalar asosida huquqiy faoliyat malakasi
hosil qilinadi. O’quvchilarning fan olimpiadalari, ilmiy anjumanlar, bahsmunozara, uchrashuv, rolli va ishganlik o’yinlari (“Maktab o’rtoqlik sudi”, “Adolat
o’lkasiga sayohat”), jamoat tashkilotlari o’quvchilar faoliyatyaning to’la-to’kis
mustaqiligini ta’minlashga ahamiyat berish lozim.
Dars jarayonida o’quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllantirish
jarayonida quyidagi ta’lim shakllaridan foydalanildi: sinf-dars, maktab ma’ruzasi
mashg’ulot, huquqiy vaziyatlarni hal etish, rolli hamda ishchanlik o’yinlar,
matbuot anjumani, “davra stoli”, bahs-munozara va hokazolar.
O’quvchilarda huquqiy madaniyatini shakllantirish jarayonida quyidagi
metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi mashg’ulotlar jarayonida
aniqlandi: pedagogik kuzatuv, suhbat, axborot va o’quv manbalari bilan ishlash,
ko’rsatmalilik, mashqlantirish, amaliy mashg’ulotlar, bahs, huquqiy muammoli
vaziyatlarni hal etish, tushuntirish, hikoya qilish, tashxislash, loyihalash va
boshqalar. Demak, umumiy ta’lim maktablarida, xususan boshlang’ich sinflarda huquqiy tarbiya olib borish uchun yetarli imkoniyat mavjud. Ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanish boshlang’ich sinf o’quvchlaridan bir qadar ijodkorlik, izlanuvchanlikni talab etadi. Matbuotda, radioda, telivedeniyada jamiyatimizda huquqiy savodxonlikni oshirish to’g’risida yangi qonunlar qabul qilinishi, yangi darsliklarning chop etilishi nur ustiga a’lo nur bo’lib xizmat qilmoqda. Huquqiy ta’limni rivojlantirish to’g’risida
ham qarorlar qabul qilinib, yangi dasturlar asosida mashg’ulotlar olib borilmoqda.
Bolalarda jinoyatga moyillik boshlang’ich sinflarda o’qib yurgan davrlardan
boshlab shakllanishni aniqlash qiyin emas. Shunday ekan, huquqiy ta’limning
jinoyatchilikning oldini olishdagi ahamiyati beqiyosdir. Ayrim rivojlangan
mamlakatlarda huquqiy bilim boshlang’ich sinflardan boshlab juda soda shaklda
berib borilar ekan. Maktablarda poletsiya va sud xizmatchilari dars o’tkazib berar
ekan bizning ta’lim tizimida ham shu tajribani qo’llashga, olimlarimiz,
mutaxassislarimiz bosh qotirishsa maqsadga muvofiq bo’lar ekan.
Boshlang’ich sinflarda huquqiy darsning yana bir ijobiy tomoni shundaki, u
bolaning ruhiy tetikligini aktivlashtirib, bilimga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.
Oddiy bir misolni olib qarasak, bir sinfda 30 ta o’quvchi o’qiydi deylik. Ular
orasida o’ziga to’q oilaning va kam ta’minlangan oilaning bolalari bor. Kam
ta’minlangan oilalarning bolalari o’ziga to’q bolalardan o’zlarini nochordek his
qiladilar. Shunday vaqtda huquq darsida qonunlarimiz sodda shaklda bolalarga mos
qilib tushuntirilishi kerak. Masalan; O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari
bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi va mavqiyidan, e’tiqodi, shaxsidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bunday so’zlar ruhi tushgan bolalarga ko’tarinkilik uyg’otadi, bilimga, vatanga
nisbattan mehrni kuchaytiradi va bu qaynoq mehr uzoq yillar uning qalbini tark
etmaydi. Huquqiy ilmi ancha murakkab fan, bunday darsni avvalambor mutaxassis
o’qituvchi olib borishi maqsadga muvofiq deb o’ylayman. Chunki bolalarning
yoshiga mos qilib kundalik hayotda uchraydigan voqealarni, ular zamiridagi
qonunlarimizning muqaddasligini, pedagogik, psixologik normalarini atroflicha
tushuntirsa va huquqiy darslarga jiddiy munosabatda bo’lsa maqsadga erishish
mumkin.Shaxsning huquqiy jihatdan ijtimoillashtirishda oilaning roli kattadir.
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Milliy dasturda: “Bola
tug’ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar,
urf-odatlar bola zuvolasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot
maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi”- deb ta’kidlangan. Bu borada
quyidagicha fikr bildirish mumkin. Boshlang’ich huquqiy ta’lim ilk yoshdan
boshlab bolalarni tabiat, jamiyat, insoniyat olamiga munosatini ezgulik deb atalmish
muqaddas hisoblangan Qomusimiz bilan bog’lash, u bilan hamnafas bo’lishi hal
etiladi. Insonning inson sifatida yashashi, mehnat qilishi, jamiyat ustuvorligini
ta’minlashi uchun boshlang’ich huquqiy ta’lim berish zarurligini, hayotning o’zi
taqazo etmoqda. Huquq-bu erkinlik.Shuning uchun bolaga berilayotgan ta’limtarbiya uning erkinligini ta’minlay olishi kerak.
Boshlang’ich huquqiy ta’limning maqsadi va vazifalari haqida to’xtalib o’tamiz.
Eng kichik insonlar bolalarning kelajagini bunyod etishda
nimalarga asoslanish kerakligi haqida jiddiy o’ylashimiz kerak va quyidagi
qoidalarga rioya qilishimiz lozim:
-bolalarni murg’ak davridan boshlab o’z-o’zini tanish, o’z-o‘zini hurmat qilish;
-inson haqida, insoniylik qadr-qimmatini anglash va hurmat qilish, oriyat
tuyg’usini shakllantirish, o’zgalar erkinligi huquqini hurmat qilish;
-atrof-muhitga, odamlarga nisbatan mehr oqibat tuyg’ularini, burch ma’suliyatini
tarbiyalash;
-tabiatni sevish, uning go’zalligini his va idrok eta olish, estetik madaniyatni
shakllantirish, zavqlana olish,tabiatni, atrof-muhitni avaylab asrash, ekalogik
bilimlarni rivojlantirish;
-o’zbek xalq og’zaki ijodi, tarix orqali asta-sekin Davlat, Konstitutsiya qonunlari
haqida elementar bilimlarni singdirib borib, mustaqil O’zbekistnning fuqarolik
tuyg’usini, Vatanga muhabbat uyg’otish orqali Vatan himoyachisi bo’lishiga undash
kabi vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalab borishdir. Shu tariqa kichik yoshdagi
o‘quvchilarda “Bolalar huquqini himoya qilish konvensiyasi”da ko’rsatib
o’tilganidek;
-insoniylik, qadr-qimmat tarbiyasi;
-shaxsning o’zaro munsabatida bir-birni hurmat qilish;
-hamjihatlik, bag’rikenglik v hokazo
Huquqiy ta’lim berishning tashkiliy jihatlari va jivojlantirish yo’llari;
-ilg’or o‘quvchilarga huquqiy ta’lim berish bo’yicha tajribalarini o’rganish va
ommalashtirish;
-davra suhbatlar uyuhtirish, semenarlar o’tkazish;
-boshlang’ich huquqiy ta’lim berishning shakl va uslublarini ishlab chiqish, yangi
pedagogik texnalogiyalarga asoslangan holda ilmiy izlanishlar olib boorish;
-inson huquqlari umumjahon deklartsiyasi, shuningdek, BMT tomonidan qabul
qilingan “Bolalar huquqlari konvensiyasi”ga doir ma’lumotlar bilan chuqur
tanishtirish. Ta’lim jarayoni markazida huquqiy bilimlani puxta o’zlashtirish
masalasiga alohida e’tibor beriladi. Yuqoridagi vazifalarni samarali xal qilishda
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning axamiyati kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |