Ахлидинов Р. Ш., Олдройд Д., Ходжаев А., Насырова Ф., Камилова М.
Управление
образованием в Узбекистане: проблемы, поиск, решения. – Ташкент: ЕС – ТАСИС, 1999.
– С. 56.
2
Курбанов Ш.
Совершенствование управления образованием и маркетинг в системе
подготовки кадров. – Ташкент: ТГИВ, 1998. – С. 36.
PEDAGOGIKA
2017, 4-son
68
Amaldagi ta’lim muassasasi boshqarish modellari (tizimlari)ni tahlil qilib,
ularning qator kamchiliklarini kо‘rsatish mumkin:
bu tizimlar tо‘lig‘icha ta’lim oluvchi shaxsiga, uning rivojlanishiga
qaratilmagan;
ta’lim sifatini yaxshi nazorat qilmaydi;
tizimlar haddan ziyod markazlashgan (direktor о‘rinbosarlari va
tuzilmaviy bо‘linma rahbarlari darajasida mustaqillik yetishmaydi);
pedagogik jamoa rivojlanishiga u qadar kо‘maklashmaydi;
tizimlar samarali pedagogik texnologiyalar rivojini ta’minlamaydi;
ta’lim muassasasi ichki va tashqi muhitdagi tezkor о‘zgarishlarga
moslasha olmaydi.
Zamonaviy sharoitda boshqaruv qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
boshqaruvda
mehnatni
alohida
elementlarga
asta-sekin
bо‘lish,
differensiatsiyalash jarayonlari kechmoqda. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi
tubdan о‘zgarmoqda. Boshqaruvni desentralizatsiyalash natijasida mahalliy о‘zini
о‘zi boshqarish organlarining roli, ularning rahbarlarining mustaqilligi ortib
bormoqda. Boshqaruv izchillik bilan jamiyat-davlat xarakterini kasb etmoqda.
U yoki bu tipdagi ta’lim muassasasini boshqarish qonuniyatlaridan
foydalanish amaliyotda alohida xarakterga ega, zero obyektning о‘ziga xosligi
tufayli uni boshqarishda tizimining о‘ziga xosligi yuzaga keladi, biroq
menejmentda boshqaruvning maqsadga yо‘nalganlik, tizimlilik, demokratiklik
kabi umumiy xossalari, shuningdek, boshqarish maqsadida aynan bir xil
boshqaruv amallarini (rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik, nazorat) bajarish
zarurati barcha tipdagi ta’lim muassasasi uchun umumiy sanaladi.
Aynan boshqaruvda harakatlarni integratsiyalash boshqariladigan
tizimlarning yaxlitligini saqlash va rivojlantirish, bu bilan ta’lim tizimlarining
tiklanishi, normal faoliyat kо‘rsatishi va progressiv rivojlanishiga asosiy hissa
qо‘shishi nazarda tutiladi.
Ta’lim muassasasi rahbari boshqaruv qonuniyatlarini aniqlab, struktura va
jarayonga maqsadli ta’sir kо‘rsatish uchun uning tegishli tur va metodlarini
tanlaydi. Ta’lim muassasasini samarali boshqarish uchun direktor boshqaruvning
moslashish, barqarorlashtirish, dasturiy tartibga solish, kuzatish, о‘zini о‘zi
boshqarish kabi turlarini yaxshi bilishi va ularning dinamikasini ta’minlay olishi
talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |