PEDAGOGIKA
2017, 4-son
62
va kasbiy kamolot uchun zarur bilimlarni о‘zlashtirish uchun harakat qilishlarini
anglatadi, ammo kasbiy motivlarni tanlashda boshqa omillarning ta’siridan xoli
bо‘lmagan kasb tanlagan о‘quvchilar ham borligini natijalardan bilsa bо‘ladi.
Ushbu toifa о‘quvchilarning natijalari 6,07÷7,08 ballar oralig‘idagi qiymatlarni
о‘zida aks ettirdi. Ularda kasb tanlashda yangi insonlar bilan tanishish va
suhbatda bо‘lish, odamlar orasida bо‘lish; kelajakdagi kasbiy faoliyati asosida
moddiy manfaat kо‘rish, u nima ishni bajarishidan qat’i nazar kasbdan oladigan
oylik maoshining ahamiyati muhimligi; kasbning jamiyatdagi mavqeyi, sotsial
qimmati, yuqori pog‘onalarda ishlash xohishining ustunligi; kasbda oilaviy
an’anaga hamda katta yoshdagilarning (ota-ona, о‘qituvchi, qarindoshlar,
psixolog) maslahatiga tayanishi; tasodifiy omillar ta’siriga ham tayanishi xos
deyish mumkin.
О‘quvchilarning kasbiy yо‘nalishlari bо‘yicha kо‘rsatkichlariga nazar
solinganda “buxgalteriya” yо‘nalishida ta’lim olayotgan о‘quvchilarda yaqqol
ustuvor kasb tanlash motivatsiyalari aniqlandi. Ular kasb tanlashda “bо‘lg‘usi
faoliyatga qiziqish” (8,3 ball) va “о‘quv motivatsiyalari”ni (8,15 ball) yetakchi
motivatsiya sifatida baholaganlar. О‘quvchilar kasbni о‘zlarining qiziqishlari,
kasbiy faoliyatni yaxshi о‘zlashtirish muhimligi, kasbni egallash bosqichida
topshiriqlarni о‘z vaqtida bajarish va mustaqil izlanishlar olib borish istagining
yuqoriligi yaqqol kuzatiladi. Shuningdek, kasb tanlash jarayonida о‘quv
motivatsiyalariga e’tibor qaratilganligi esa kasbiy faoliyat uchun bugungi kunda
nima ahamiyatli ekanligi, bilimlar doirasini kengaytirib borish, aqliy salohiyatini
о‘stirib borish va xilma-xil ma’lumotlarga ega bо‘lish muhim deb qarashlarini
anglatadi, biroq ular egallagan bilim va ma’lumotlarni amaliyotda qо‘llashga
tо‘g‘ri kelganda esa chorasiz qolishlari mumkin.
О‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va kо‘nikmalarini
chuqur rivojlantirish ularning tanlagan yо‘nalishlari bо‘yicha bir yoki bir necha
zamonaviy kasbni egallashda muhim о‘rin tutishi tajriba jarayonida sinab
kо‘rilgan.
1
Ijodiy ishlashda tafakkur tezligi, fikr boyligi, yuqori badiiy jozibadorlikka
erishishga intilish kabi xislatlari bilan talaba о‘zidagi ijodkorlikni namoyon etadi.
Bu bilan о‘zi uchun hayotdagi yangi imkoniyatlar eshigini ochib boradi
2
.
Qolgan kasbiy ta’lim yо‘nalishlarida (moliya, maishiy xizmat, axborot-
kommunikatsion tizim va, о‘z navbatida, buxgalteriya yо‘nalishining ayrim
motivatsiyalari) о‘quvchilarning kasb tanlashida ustuvor motivatsiyalar emas,
1
Гулямов К. М.
Касб-ҳунар коллежларида халқ амалий санъатини ўқитиш методикаси
(наққошлик санъати мисолида). – Тошкент: ТДПУ, 2012. – Б. 61.
2
Sultanov X.
Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ko‘rgazma va tanlovlarning o‘rni //
Pedagogika. – Toshkent, 2016. – № 1. – B. 114.
Do'stlaringiz bilan baham: |