PEDAGOGIKA 2017, 4-son 10 darslik bо‘lmaganligi uchun birinchi paytlarda turli ruscha kitioblardan
foydalanib, о‘zbek tilida konspekt tuzishgan.
1918-yilda Qо‘qondan Farg‘onaga kо‘chib kelgan Hamza Hakimzoda
Niyoziy ham о‘qituvchilikka jalb etilgan. Hamza Hakimzoda bir tomondan
maktabda qо‘shiq (“sharqiy”) darsini olib borgan va ikkinchi tomondan
maktabning tashkiliy ishlarida Qori Niyoziyga yaqindan yordam bergan.
1920-yilda yangi tipdagi birinchi о‘zbek maktabi Farg‘ona viloyati ikkinchi
bosqich maktabiga aylantirildi. Bu maktab ham butun Turkiston о‘lkasida
tо‘ng‘ich maktab bо‘lgan, chunki bu vaqtda о‘lkaning hech qaysi yerida hali
ikkinchi bosqich maktabi ochilmagan edi. О‘quvchilar uchun maktab qoshida
internat ochilgan. Birinchi о‘zbek maktabi va uning bazasida yaratilgan viloyat
ikkinchi bosqich maktabi, keyinchalik Farg‘ona shahrida va uning atrofidagi
tumanlarda ochilgan maktablar uchun muhim rol о‘ynadi. Masalan, har yili yozda
maktab jamoasining faol ishtiroki bilan о‘qituvchilar tayyorlash uchun qisqa
muddatli kurslar ochilgan, yangi maktablarga yо‘l-yо‘riq kо‘rsatib yordam
qilingan.
Farg‘ona shahar va uyezd shо‘rolar hokimiyati tomonidan 1920-yil 15-
yanvarda Toshmuhammad Niyozovichga berilgan 122-mandatda, unga Farg‘ona
va uning uyezdidagi maktablarga yо‘l-yо‘riq kо‘rsatish vazifasi topshirilib, maktab
mudirlariga: “Qori Niyozovning kо‘rsatmalariga va qonuniy talablariga itoat qilish
taklif qilinadi”, – deyilgan.
Shunday qilib Toshmuhammad Niyozovich 1920-yillardayoq Farg‘ona
viloyatida barchaning domlasi sifatida rasman tan olingan edi.
Turkiston о‘lkasida ochilgan maktablar soni 1920-yildayoq 2000taga yetgan
edi. Tabiiyki, bu maktablarga eng avval о‘qituvchi kerak edi, ular esa asosan ikki-
uch oylik kurslarda tahsil olganlar orasidan tanlanardi. Shu yo‘sinda 1917-1920-
yillarda о‘qituvchilik qilib turganlarning kо‘pida, hatto, о‘rta maktab ma’lumoti
yо‘q edi. Qisqa muddatli kurslarda berilgan ma’lumot esa, albatta, о‘qituvchilik
uchun kifoya qilmas edi. Ikkinchi tomondan, boshqa yо‘l ham yо‘q edi, chunki
yildan-yilga maktablarning soni о‘sib borardi.
Xalq maorifi oldida turgan eng muhim, eng murakkab masala tezlik bilan
ochilayotgan maktablarni hech bо‘lmaganda о‘rta ma’lumotga ega bо‘lgan
о‘qituvchilar bilan ta’minlashdan iborat edi. Shuning uchun ham о‘lkada tо‘rt
yillik “ta’lim-tarbiya texnikumi” degan yangi tipdagi pedagogik о‘rta maktablar
vujudga kela boshladi. Farg‘ona viloyatida uni tashkil qilish Toshmuhammad
Niyozovich zimmasiga yuklatildi. Shu munosabat bilan Farg‘onadagi “Viloyat
ikkinchi bosqich о‘zbek maktabi” butun jihozlari va о‘quvchilari bilan maxsus
esholonda viloyatning yangi markazi – Qо‘qonga kо‘chirib keltirildi. Kо‘p fursat