Перегудов Л. В., Саидов М. Х.
Стратегия менеджмента. – Ташкент:
Молия, 2007. – С. 7-9.
2
Пекарникова М. М.
Модель управления персоналом. – Москва: Медиа Альфа, 2009.
– С. 9-10.
PEDAGOGIKA
2017, 3-son
112
Haqqoniy boshqaruv faoliyati menejer mas’uliyatini yuzaga keltiradi. Bu
esa, о‘z navbatida, boshqaruv psixologiyasi, boshqaruv pedagogikasi, boshqaruv
sotsiologiyasi, boshqaruv ritorikasi, boshqaruv ilmshunosligi va boshqalarni
bilish va ularga amal qilishni taqozo etadi.
Boshqaruvning mohiyati obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarning
uyg‘unlashtirilishini ta’minlashdan iboratdir. Shuning uchun yaxshi rahbar
odamlarga kamroq buyruq beradi, buning о‘rniga ularning mehnat faoliyatini
yaxshilashga samarali sharoit yaratadi. Har qanday rahbar о‘z ishini uzoq davrga
mо‘ljallab, sharoit va kadrlar zaxirasining imkoniyatini hisobga olishi va unga
asoslanib jamoaning ish strategiyasini tuza bilishi shart. Yaxshi strategiya va uni
amalga oshirish muvaffaqiyatli boshqaruvning eng ishonchli belgisidir.
Sport federatsiyasi bir-biriga bog‘liq beshta masalani hal etishga
asoslangan, ular:
1)
federatsiya bajarishi lozim bо‘lgan strategiyani kо‘ra bilish, uzoq
muddatli yо‘nalishni va aniq vazifani shakllantirish;
2)
zimmasidagi ishni aniq maqsad va topshiriqqa aylantira olish;
3)
maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqa olish;
4)
qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tatbiq etish va
amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib bera olish;
5)
ish natijalarini baholay olish, yangi yо‘nalishlarni о‘rganish va
rivojlantirishning uzoq muddatli rejasini tuza olish, strategiya maqsadlari va
qo‘lga kiritilgan tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, о‘zgaruvchan
sharoitlar, yangi g‘oya va imkoniyatlar beruvchi, vaziyatni o‘nglovchi xatti-
harakatlarni amalga oshira olishdir.
Sport federatsiyasi strategiyasi asosiy boshqaruv vazifasini hal etishga
yо‘naltirilgan о‘zaro bog‘liq harakatlar va faoliyatli yondashuvlar majmuyidan
iborat bо‘ladi.
Federatsiya strategiyasi qoidaga kо‘ra, quyidagi mutanosibliklardan iborat
bо‘lishi kerak:
puxta о‘ylangan va maqsadga yо‘naltirilgan harakatlar;
agar amaliyotda kutilmagan vaziyat yuzaga kelsa va unga zaruriyat
bo‘lsa, shunga javoban xatti-harakatlar strategiyasini ishlab chiqishga tayyor
turishlari lozim bo‘ladi.
Sport sohasidagi vaziyatlarda sport turlari musobaqa qoidalari о‘zgarishi,
musobaqa taqvimi va о‘tkazilishi lozim bо‘lgan manzilning kо‘chirilishi, sport va
jismoniy tarbiya bо‘yicha qonun va ularni takomillashtirishga qaratilgan farmon
va farmoyishlarni kiritish mumkin (2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |