PEDAGOGIKA
2016, 1-son
14
Bо‘lajak о‘qituvchilarni tayyorlashning yakuniy maqsadi pedagoglik
faoliyati sohasida kasbiy mahorat, mutaxassislik va psixologik-pedagogik bilimlari
tizimi hamda bо‘lajak о‘qituvchi shaxsini shakllantirishdan iboratdir. Yakuniy
maqsad nafaqat bо‘lajak о‘qituvchining mavjud muammolarni hal etishga
qodirligini qayd etadi, balki uni umuminsoniy taraqqiyot hamda pedagog
kadrlarni tayyorlashning istiqbolli muammolarini hal etishga yо‘naltirishni
anglatadi.
Bо‘lajak о‘qituvchining kasbiy fazilatlarini shakllantirishning yakuniy
maqsadi sifatida quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
- bо‘lajak о‘qituvchini kasbiy-pedagogik jihatdan tayyorlashda asosiy e’tibor
о‘quv fani vositalari, pedagogik faoliyat mazmuni va о‘quvchining shaxsiy
imkoniyatlari asosida shakllantirishga qaratiladi;
- kasbiy-pedagogik faoliyatning mazmuni, vazifalari, ushbu jarayonda hal
etiluvchi muammolar va yuzaga kelish ehtimoli bо‘lgan qiyinchiliklar xususida
yaxlit tasavvurga ega bо‘lgan holda shaxsiy faollikka erisha olishiga asoslanadi;
- bо‘lajak о‘qituvchini psixopedagogik nuqtayi nazardan tayyorlash aniq
maqsadga, ya’ni pedagogik va psixologik bilimlarning ta’lim muassasasida tashkil
etiluvchi pedagogik faoliyatning о‘ziga xosligi bilan belgilanadigan tuzilmasi va
mazmuniga yо‘naltirilgan;
- bо‘lajak о‘qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyatidan kutiladigan va
erishish mumkin bо‘lgan natijalar о‘quvchi shaxsi, uning yо‘nalganligi (talablari,
qiziqishi, qadriyatli yо‘nalishi, ishi, ongi, sabablari); ma’lumot darajasi (bilim,
malaka, kо‘nikmalari, bilimlarini doimiy ravishda boyitishga intilishi va mahorati);
tarbiyalanganlik holati (ma’naviy, estetik, jismoniy, mehnat va hokazo jihatdan);
ijtimoiylashuvi (faol kasbiy va ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga tayyorligi, bilim
olishni davom ettirishi, ijtimoiy va qadriyatli qoidalarni qabul qilishi);
madaniyatliligi (ijtimoiy-madaniy qadriyatlarini qabul qila olishi, intellektual,
iqtisodiy, ekologik madaniyat, aqliy va jismoniy mehnat madaniyati,
munosabatlar mazmuni va xulq) kabi holat bilan belgilanadi. Kutilayotgan
natijalarning eng yuqori darajasi о‘qituvchining kasbiy malakasi hisoblanadi.
Bо‘lajak о‘qituvchining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi mazmunini
loyihalashtirish jarayoni asosida yakuniy maqsadni aniqlashdan uning yakuniy
natijasini loyihalashtirishgacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oluvchi о‘zaro mantiqiy
bosqichlar о‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |