Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari



Download 59,39 Kb.
bet2/8
Sana12.05.2022
Hajmi59,39 Kb.
#602298
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Miraliga

1) didaktika qoidalarini barcha mamlakatlarda, xususan AQSHDA keng tarzda ommalashmagani;
2) uning qoidalari o`ta konstruktiv xarakterga ega bo`lmay, zamon talabidan orqada qolib ketganligi;
3) asrimizning 60-yillarida ta`lim tizimiga texnikani-o`rgatuvchi mashinalarni kirib kelganligidir .
Tegishli adabiyotlarni tahlil qilish «pedagogik texnologiya» tushunchasi o`zining rivojlanish tarixiga ega ekanligini ko`rsatdi. Xorijiy mutaxassislar bu tushunchaning rivojlanishini uch bosqichga bo`lib o`rganish lozim deb hisoblaydilar. Birinchi bosqichda, o`qitish jarayonini faqat o`qituvchining o`zi olib borar edi. N.F.Talizina ta`kidlaganidek, «Inson tajribasi o`qitish texnologiyasi funksiyasini bajargan» . Ikkinchi bosqichda esa, darslik va qo`llanmalar chop etila boshlagandan so`ng - o`qitish texnologiyasi mazmunida tub o`zgarishlar sodir bo`ldi. O`qituvchiga yordam beruvchi turli didaktik materiallar vujudga kela boshladi. Uchinchi bosqichda esa, o`qitish texnologiyasi mazmun jihatdan yanada boyidi; o`qituvchi va talabalar uchun yuqoridagilar qatoriga texnik vositalar, ya`ni o`rgatuvchi mashinalar ham qo`shildi.
O`rgatuvchi mashinalarni o`quv jarayonida qo`llanishi natijasida dasturlangan ta`lim tushunchasi vujudga keldi. U pedagogik texnologiyaning dastlabki o`xshatmasi edi. Lekin, dasturlangan o`qitish tarafdorlarining «o`qitishini og`zaki bayon qilish uslubidan voz kechish vaqti keldi, mashina o`qituvchi shaxsini bemalol almashtirishi mumkin», deb ehtiyotsizlik bilan aytgan fikrlari amaliyotchi pedagoglarni o`ta hayratga soldi, nazariyotchi pedagoglar esa uni qat`iy e`tiroz bilan qabul qildilar. Bu o`rinda, dasturlangan ta`lim haqida amerikalik pedagog U. Shrammning quyidagi fikrini misol tariqasida keltirish mumkin: - Dasturlangan o`qitish - bu avtomatik repetitor bo`lib, u talabani:

  1. mantiqiy o`zaro bog`liq, qisqa qadamlar orqali;

  2. deyarli xato qildirmasdan;

  3. to`g`ri javob berishga yo`llaydi va u;

  4. o`z o`rnida baholanib mustahkamlanishi natijasida;

  5. o`qitish maqsadlarini belgilovchi aniq javoblarga ketma-ket ravishda yaqinlashtirib boradi.

Demak, bundan ta`lim jarayonida o`qituvchi shaxsini batamom inkor etiladi, degan xulosaga kelish mumkin. Shuning uchun ham, dasturlangan ta`lim o`sha davrda o`qitishni aniq maqsadlarini belgilashning zamonaviy shakli bo`lishiga qaramay, fanda va pedagogik amaliyotda o`z rivojini topmadi.
Lekin, o`sha yillar jahon pedagogikasida texnik vositalarni rivojlantirish va ularning xonadagi barcha talabalarni qamrab olishi, axborot sig`imi va axborot o`tkazish qobiliyatlarini oshirish, o`quv axboroti uzatish kanalini individuallashtirish kabi ta`lim berish imkoniyatlaridan unumli foydalanishni takomillashtirishga oid muammolarga alohida e`tibor berila boshlandi. Ko`pchilik mutaxassis olimlar o`quv jarayonida keng qo`llanilayotgan odatdagi ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio) o`rniga EHM, axborot saqlashning kompyuterlash-tirilgan tizimi, lazerli aloqa kanali, mikroelektron qurilmalar va boshqa yangi axborot vositalaridan foydalanishga o`tish zarurligini ta`kidladilar.

O`quv jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini qo`llash tarafdorlari o`qitish sifatini yaxshilash, aynan ana shu vositalarga bog`liq deb hisoblaydilar. Tegishli uslubiy tavsiyalar ta`lim jarayonida texnik muhitni yaratishga, ya`ni texnologiya tushunchasini o`qitish jarayoniga qo`llash masalalariga qaratildi. Dastlab «kompyuterli texnologiya» va «yangi axborot texnologiyasi» kabi tushunchalar vujudga keldi. Bular pedagogik texnologiyani amalga oshirish uchun zamonaviy texnik vosita sifatida qo`llanila boshlandi.

O`tgan asrning 50-yillar o`rtasida jaxon pedagogikasida o`quv jarayonini to`la-to`kis yangi, o`ziga xos «texnologik» usulda tashkil etishga yondashish vujudga kelgan edi. 60-yillarda esa, o`qitish uslublarining o`ta turli-tumanligi ulardan o`quv jarayonining tashkil etishda foydalanishni qiyinlashtirayotganligi etirof etila boshlandi. Shuning uchun ham, barcha uslublar uchun umumiy bo`lgan ilmiy asos yaratish zarurati tug`ildi. Natijada, pedagogik uslublar texnologiyasi yoki o`quv jarayonining tashkil etish texnologiyasi, ya`ni «ta`lim texnologiyasi» (an Yedikational technologu) tushunchasi vujudga keldi.
AQSHda 1961 yildan «Pedagogik texnologiya» jurnali chiqarila boshlandi. Shuningdek, Angliyada «Pedagogik texnologiya va o`quv jarayoni» (1964 yildan), Yaponiyada «Pedagogik texnologiya» (1965 yildan), Italiyada ham shunga o`xshash jurnal (1971 yildan) chiqa boshlagan. YUNESKO 1971 yildan boshlab ta`lim bo`yicha xalqaro byuroning «Pedagogik texnologiyalar» byulletenini chiqarib kelmoqda]. Rossiya Federasiyasida esa 1997 yildan boshlab «Maktab texnologiyalari» jurnali ta`sis etildi.
Shuni ta`kidlash lozimki, «pedagogik texnologiya»ni «o`qitish texnologiya» tushunchasi bilan ayniylashtirmaslik zarur. Chunki, pedagogik texnologiyada o`quv jarayonining aniqlashtirilgan o`quv maqsadlarini belgilashdan boshlab, to yakuniy o`quv natijalarga erishilganlikni nazorat qilishgacha bo`lgan jarayonni loyihalanadi. E. Frenye «uslub» tushunchasi konstruktiv xarakterga ega bo`lmaganligi uchun, uning o`rniga «texnologiya» tushunchasini taklif etgan. Demak, o`qitish texnologiyalari (muammoli o`qitish, rivojlantiruvchi ta`lim, modulli o`qitish, didaktik o`yinlardan foydalanish va h.k.) pedagogik texnologiya bo`yicha loyihalangan o`quv jarayonini amalga oshirishning turli didaktik konstruksiyalari sifatida namoyon bo`ladi.
Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati, o`qitishning an`anaviy og`zaki bayon qilish usulidan voz kechib, talabalarni ko`proq mustaqil ta`lim olishga undashdan iborat. Bunda o`qituvchi talabalar bilish faoliyatining boshqaruvchisi, maslahatchi, yakuniy natijaga yo`llovchi shaxs vazifasini bajaradi.
Pedagogik texnologiyaning samaradorligi shundan iboratki, unda turli o`qituvchilar muayyan fan (mutaxassislik bo`yicha) bir xil (deyarli bir xil) yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bu esa barcha o`quv yurtlariga yagona Davlat ta`lim standarti talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan hozirgi davrda biz, O`zbekistonlik pedagoglar uchun nihoyatda muhimdir. Barcha o`qituvchilar qanday qilib deyarli bir xil natijaga erishishlari mumkinligini, ya`ni o`quv jarayonini takrorlanuvchanligini ta`minlashni tushunish uchun muloqotni davom ettiramiz.
Tayanch so`z va iboralar:
O`qitish texnologiyasi, texnologik yondoshuv, progressiv, ilg`or, YUNESKO, ta`lim texnologiyasi, umumpedagogik maqsadlar, o`quv jarayoni, izlanuvchanlik, pedagogik ilmiy nazariya, didaktik konstruksiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O`zbekiston Respublikasida oliy o`quv yurtlari uchun talabalarni test usulida saralash to`g`risida. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 1993 yil 5 fevral (Namangan haqiqati 1995 y. 6 fevral).
2.Farberman B.L. Sostavleniye pedagogicheskix testov. T.: TADI. 1992. - 74 s.
3.Mixaylichev Ye.A. Norov Sh.K.Didakticheskiye testы v sisteme mnogoetapnogo kontrolya znaniy studentov. Bux.ILPP, 1995. - 24 s.
4.Usmonova M.N. Pedagogicheskiye testirovaniye: istoriya razvitiya i sovremennoye sostoyaniye. T.: Adolat. 1995. - 160 s.
5.Farberman B.L. Ta`limda eng muhim yangilik. // Ma`rifat. 1995 yil. 24 may

Download 59,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish