Charxpalak metodi:
“Charxpalak” metodi muhokama qilinayotgan mavzular haqida mushohada qilish, ularni tushunish, o'rgatish borasida turli mezonlarni asos qilib olgan holda, muayyan izchillikda tasavvur qilishga zamin yaratadi. Bu metodda talabalar o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishlari ham juda qiziqarlidir.
“Charxpalak” metodi talabalarni dars jarayonidagi faolliklarini ta'minlaydi. Ularni erkin fikr yuritishga yo'naltirish bilan birga muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g'oyalarni to'plashga, ijodiy vazifalarni hal etishga, yechish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarini yengib, kursdoshlarini fikrlari bilan o'rtoqlashishga bahslashishga o'rgatadi.
Maqsad: Talabaning dars jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlash, fikr-mulohazalarini erkin, mustaqil bayon etishlari va yozib berishlari uchun sharoit yaratib berish, eslash, yodlash qobiliyatlarini rivojlantirish va shakllantirishga nisbatan yo'naltirish.
“Charxpalak” metodi mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar, terminlar o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlikni ko'rsata va asoslay olishni, talabalrga mustaqil fikrlash, bilim darajasini, shaxsiy yondashuvini asoslay olishni, shuningdek guruh a'zolarini fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o'zaro taqqoslash ko'nikmalarini shakllantiradi.
“Charxpalak” metodi texnologiyasi muqobil hisoblanib, talabalardan o'rganilayotgan mavzu, bo'lim, bob yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, eng muhim tayanch tushuncha va terminlarni to'g'ri ajrata olish va harakatlarning mohiyatini izohlab berishni talab qiladi.
“Charxpalak” metodi ta'lim-trbiya jarayonida qo'llanilishi yakka holda, kichik guruh va jamoa bo'lib ishlashda yaxshi samara beradi. Bu metod talabalrni dars jarayonida matnlar bilan ishlashlariga, o'tilgan mavzuni mustahkamlashlariga va yodda saqlab qolishlariga, bilmaganlarini bilib olishlariga, bilganlarini esa qaytarishlariga va eng asosiysi o'zlashtirish darajalarini aniqlashga, ya'ni hammani baholashga qaratilgan.
Metoddan individual, guruhda, ommaviy shaklda, dars turining shakliga qarab, boshida, o'rtasida, oxirida, talabalr tomonidan mavzuni qay darajada bilishini yoki o'zlashtirishni ta'minlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.
Rezyume metodi:
O’quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab, taqqoslash usuli yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o’quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli qaror qabul qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir etishga, mavzuga oid umumiy tushuncha berishda egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |