Pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari mavzusida yozgan


Mexanika bo’limiga oid mavzularni pedagogok texnologiyalar asosida o’qitishning metodikasi



Download 320,5 Kb.
bet12/16
Sana04.12.2022
Hajmi320,5 Kb.
#878764
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Zarifboyeva Maftuna 2-G fizika

2.3. Mexanika bo’limiga oid mavzularni pedagogok texnologiyalar asosida o’qitishning metodikasi
FSMU metodi: Bu metod mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo’yicha talabalar o’z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko’rsatishlari, ularni tasdiklovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o’rgatish va mashq qildirish metodidir.
Bu metod talabalar(o’quvchi)ni erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o’zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o’rgatadi.
FSMU metodining umumiy sxemasi:
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizni asoslovchi sabab ko’rsating;
M – ko’rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
“Arximed qonuni” mavzusiga qo’llash:
Fikr: Suyuqlik yoki gazga botirilgan jism o’zi siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz o’g’irligiga teng kuch bilan yuqoriga itariladi.
Sabab: Suyuqlik yoki gazga botirilgan jismning yuqori va pastgi pastgi sohalariga suyuqlik yoki gaz ko’rsatayotgan bosim o’zgaradi bosimlar farqidan ko’tarish kuchi ya’ni, Arximed kuchi vujudga keladi.
Misol: Quduqdan yoki ariqdan suv olayotganimizda chelak suvga botib turgan vaqtda yengildek tuyuladi, chelakni suvdan olganda esa uning og’irlashganini sezamiz.
Umumlashtiring: Demak suyuqlik yoki gaz ichida go’yoki jismlar ma’lum og’irligini yo’qotib qo’yadi. Hattoki taroziga qo’yib o’lchayotgan jisamlarimiz og’irligi ham haqiqiy emas, chunki ularga havo tomonidan Arximed kuchi ta’sir qilib uning haqiqiy og’irligini kamaytiradi. Demak biz bir kilo tosh og’irmi yoki bir kilo paxta deyilgan savolga qo’rqmasdan paxta og’ir deb javob berishimiz mumkin, chunki paxtaning zichligi kichikligi tufayli u fazoda kattaroq hajmni egallaydi bu esa unga ta’sir qilayotgan Arximed kuchi kattaligini, demak u haqiqatda bir kilo toshdan og’irroqligini bildiradi.
3/4” metodi:
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o'zida barcha o'quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma'lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek guruhlarning har bir a'zosini imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan 4 ta guruh o'qituvchi tomonidan o'rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach guruh tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
“3/4” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
1) guruhlarning har bir a'zosini faol bo'lishiga undaydi;
2) ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta'minlaydi;
3) guruhning boshqa a'zolarining fikrlarini tinglay olish ko'nikmalarini hosil qiladi;
4) ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o'z fikrini himoya qilishga o'rgatadi.
Eng muhimi mashg'ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma'ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
“3/4” metodidan ta'lim jarayonida foydalanish o'qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo'lishni talab etadi. Guruhlarning to'g'ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifani to'g'ri hal etilmasligiga sabab bo'lishi mumkin.
O'qituvchi mashg'ulot boshlanmasdan oldin 4 ta stol atrofida 6 yoki 7 tadan stul qo'yib chiqadi. O'quvchilar o'qituvchi tomonidan 4 ta guruhga bo'linadilar. O'quvchilarni guruhlarga bo'lishda o'qituvchi quyidagicha yo'l tutishi mumkin. 4 ta stolning har biriga muayyan ob'ekt ( masalan, soat, kitob, gul, ruchka) surati chizilgan lavhani qo'yib chiqadi. Mashg'ulot ishtirokchilariga soat, kitob, gul, ruchka surati tasvirlangan varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir o'quvchi o'zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofida qo'yilgan stuldan joy egallaydi.
O'quvchilar joylashib olganlaridan so'ng o'qituvchi mashg'ulot mavzusini e'lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma'lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. O'qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o'rinlarda guruh a'zolariga maslahatlar beradi, yo'l-yo'riqlar ko'rsatadi, hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to'g'ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so'ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so'raydi.
Nyutonning uchta qonunini ham o’tib bo’lingandan so’ng ularni umumlashtirish maqsadida qo’llash:
Muammo: Snaryaddan shar otildi shar yo’lidagi to’siq devorga urilib qaytdi. Nyutonning uchunchi qonuni bo’yicha shar devor bilan modul jihatdan teng yo’nalish jihatdan qaramarashi-qarshi kuchlar bilan ta’sirlashadi Nyutonning birinchi qonuni bo’yicha esa bir-biriga qarama-qarshi va modul bo’yicha teng bo’lgan bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nol bo’lib shar o’z harakatini saqlash kerak edi, lekin saqlamadi, nega?
Xulosa: Chunki Nyutonning uchinchi qonunida modul jihatdan teng yo’nalish jihatdan qaramarashi-qarshi bo’lgan kuchlar boshqa boshqa jismlarga qo’yiladi. Nyutonning birinchi qonuni bajarilishi uchun esa ular bitta jismga qo’yilgan bo’lishi kerak.

Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish