Pedagogik texnologiya nazariyasining mohiyati va ustuvor tamoyillari



Download 61,23 Kb.
bet1/5
Sana16.03.2022
Hajmi61,23 Kb.
#494191
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Мавзу


PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA NAZARIYASINING MOHIYATI VA USTUVOR TAMOYILLARI.
Reja:
1. “Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalarini paydo bo’lishi, rivojlanishi va uning ta’riflari.
2. Pedagogik texnologiyaning mohiyati va tamoyillari.
3. Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi va boshqa fanlar bilan
4. Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotining qo‘llanishining asosiy qonunlari va prinsiplari.
Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalarini paydo bo’lishi, rivojlanishi va uning ta’riflari.
Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko‘lamli, serqirra tushuncha bo‘lib, u ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o‘z o‘rniga ega. “Texnologiya” tushunchasi texnik rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq keladi. Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, “texnos”- san’at, mahorat, “logos”- ta’limot degan ma’nolami bildiradi. Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ulaming ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. “O’zbek tilining izohli lo’g’ati” da “Ishlab chiqarishnin biror sohasidagi xomashyo, material, yarinfabrika va sh.k. larga ishlov berish yoki qayta ishlash, ularning holati, xossalari va shaklini o’zgartirishda qo’llanadigan usullari (metodlari) majmui. Shunigek “Qomusiy lug‘at” da ham shunga yaqin izoh beriladi, lekin unda birmuncha kengroq yoritiladi: “Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika , kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini bajarish”. (M., 1979) Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material ta’lim oluvchining aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo‘lib, ularga ta’lim beruvchi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida turli ta’sirlar o‘tkaziladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli davrlarda turlicha qarashlar mavjud bo‘lgan. Jumladan texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o‘qitish jarayonini (ishlov berish) loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo`lshi shart ekanligini takidlaydi. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U asosiy diqqat о‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Pedagogik texnalogiya haqida ilmiy tadqiqot olib brogan olimlarning ayrimlari o ‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi fan deb qaraydilar, boshqalari esa uni loyihalash bilan bog‘laydilar. Shunday qilib, bir yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o‘quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi. Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat o ‘qitish texnologiyalari bo‘sh texnologiyalanganligi bo‘yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan bo‘lib, amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan. T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o ‘qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o‘qitish yoki o‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi. Umuman Pedagogik texnalogiyalaro’quv jarayoni va ta’lim beruvch va talabalar bilan bog’liqn barch maqsadli sa’y-harakatlar yig’indisini anglatish lozim.
Hozirgi kunda Pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’riflar juda ko’p va xilma-xildir.Jumladan: I.P. Volkov esa “Pedagogik texnologiya — rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi”, V.P.Bespalko
“Pedagogik texnologiya — o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi”, V.M. Shepel “Texnologiya — ishlov berish, holatni o ‘zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi”, V. M. Manaxov “Pedagogik texnologiya — talaba va o ‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o ‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o‘tkazish bo'yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modelidir”, bundan tashqari “Pedagogik texnologiya — bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o ‘qitish va bilimlarni o ‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ulaming birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir” (YUNESKO). G.K. Selevko “Pedagogik texnologiya — o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi”, M.V.Clarin “Pedagogik texnologiya — pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bolishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi”. Texnologiyalar va pedagogik texnologiyalarga quydagicha ta’riflar berilgan: - “Faoliyatda, biror ishda, mahoratda, san’tda qo’llaniladigan usullar yig’indisidir” ( Izoxli lug’at ta’rifi) - “Texnologiya – ishlov berish, axvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlari yig’indisidir” ( V. M. Shepelh) “Pedagogik texnologiya ta’limni rejalashtiriladigan natijalarga erishish jarayoni tafisloti” ( I. P Volkov ta’rifi) - “Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi” ( M. Chorshanov ta’rifi) - “Pedagogik texnologiya- muayyan vaziyatlarda pelagogik maslaxatlarni yechishning optimal usuli” ( A. Kushnir) - “ Aniq natijani qo’lga kiritishga yo’naltirilgan aniq faoliyat” ( V. P. Yudin ta’rifi) - “O’qituvchining mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlaydigan, ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayonning loyixasidir” ( V.P. Bespalhko ta’rifi). “Pedagogik texnologiya bu – so‘zsiz rioya qilish eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat” (V.YU.Pityukov tarifi).-“Pedagogik texnologiya – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir” (T.Sakomoto tarifi).-“Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo‘ladi” (U.Nishonaliyev tarifi). - “Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir” (N. Saidaxmedov ta’rifi.)
-“Pedagogik texnologiya – vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan, hamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizim”(O‘.Tolipov tarifi).- “Pedagogik texnologiya bu – ob’ektiv, moddiy jarayon. Agar biz o‘quv-tarbiya jarayonidan uning ob’ektiv, moddiy (substansiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida uning tafsilotiga ega bo‘lamiz” (V.K.D’yachenko tarifi). –Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi” (B.L.Farberman tarifi). – “Pedagogik texnologiya – bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir” (B.Ziyomuxamedov tarifi).
Texnologiya so’zi fanga 1872 yilda kirib kelgan. U yunoncha so‘z bo‘lib, «texne» – mahorat, san’at hamda «logos» – ta’limot so‘zlaridan tashkil topgan. Qisqach “mahorat haqidagi fan” ma’nosini anglatadi.
“Pedagogik texnologiya” iborasi birinchi marta 1970 yilda yapon olimi T.Sakamote tomonidan fanga kiritilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo‘lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o‘tib kelmoqda.

Download 61,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish