To'rtinchi qoida. Maqsadni muvofiqlashtirish. Talaba bilan sizni birlashtiruvchi narsani tezroq anglash va uni ko'rsatish.
Beshinchi qoida. Samarali echim borligiga ishonishingizni namoyish qiling. Va nihoyat, konflikt hal qilinganidan so'ng uni tahlil qilib chiqing (sababi va oldini olish yo'llari).
Muloqot qoidalariga rioya qilish o'qituvchiga har bir talaba uchun muvafaqqiyat vaziyatini yaratishga va u bilan samarali hamkorlikni o'rnatishga, talabaning barcha qobiliyatlarini ochib berishga imkoniyat yaratadi.
Har bir pedagogik vaziyatning o'ziga hos qator omillari mavjud bo'ladiki, ularning barchalarini echish uchun universal "resepf'ni o'ylab topib bo'lmaydi. Har bir aniq pedagogik vaziyatni o'qiruvchi o'zida mavjud psixologiya-pedagogika fanlariga oid nazariy bilimlari, hayotiy tajribasi, pedagogik qobiliyatlariga tayangan holda echadi. Birinchi o'rinda u o'z hissiyotlarini boshqara olishi, xushmuomalalik qoidalariga rioya qilishi, talabaga nisbatan xayrixohlikni namoyish qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |