Pedagogik takt (pedagogik nazokat) – pedagogning o‘quvchilar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar hamda hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g‘ri yondashish malakalariga egaligi. Mahoratli pedagog faoliyatida pedagogik takt ham o‘ziga xos o‘rin tutadi va o‘qituvchi faoliyatiga g‘oyaviy va amaliy jihatdan bir-biriga mos keladigan pedagogik axloqning bevosita tatbiq etishning shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra pedagogik takt o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy izlanishni talab etadigan amaliy harakatdir. O‘qituvchining pedagogik taktga egaligi uning yurish-turishida, vazminligida, o‘zini tuta bilishida namoyon bo‘ladi, Shuningdek, u o‘quvchiga ishonch bilan qarashni nazarda tutadi. O‘quvchiga ishonchsizlik bilan qarash o‘qituvchining pedagogik taktga ega emasligini ifodalaydi. Har qanday pedagogik nizo yoki ziddiyatlarning asosida o‘qituvchining pedagogik taktga ega emasligi yotadi. Har qanday qo‘pollik, kesatiq va koyishlar, o‘quvchilarni doimiy ravishda tanqid qilish, ularga ishonchsizlik bildirish pedagogik nizolarni keltirib chiqaradi. Pedagogik takt, shuningdek, o‘qituvchining o‘quvchi javobini diqqat bilan tinglashida, javobning mazmuniga alohida e’tibor qaratishida, bordi-yu, o‘quvchi xatoga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, uni bosiqlik, vazminlik bilan to‘g‘rilashda, o‘quvchi faoliyatini haqqoniy, oqilona baholashda, qo‘yilgan bahoning mohiyatini izohlashda namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda javob berayotgan o‘quvchiga jilmayish, turli imo- ishoralar, qo‘l harakatlari bilan, boshni qimirlatish, yuz ifodalari orqali uning javoblarini ma’qullab turish pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Pedagogik odob – bu pedagog (o‘qituvchi) oldiga uning o‘ziga, kasbiga, jamiyatga, bolalarga va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga munosabatda bo‘lishiga nisbatan qo‘yiladigan axloqiy talablar tizimi. Pedagog faoliyatida uning odobi ham yaqqol aks etadi. Qolaversa, pedagogik odob ta’lim va tarbiya jarayonlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim talab hamda omillardan biri sanaladi.
Pedagogik odobga qo‘yiladigan talablar – pedagog (o‘qituvchi) tomonidan tashkil etiladigan pedagogik mehnat, faoliyat jarayonida bajarilishi shart bo‘lgan vazifalar. Pedagog odob talablarining tizimi pedagog (o‘qituvchi) tomonidan kasbiy burchni ado etish, jamiyat, pedagogik jamoa va o‘quvchi (talaba, tarbiyalanuvchi) oldidagi axloqiy majburiyatlarini bajarishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagogik odob pedagogik axloq va pedagogik jarayonda namoyon bo‘ladigan
axloqiy qadriyatlar kabi asosiy kategoriyalarning mohiyatini yoritishda yetakchi o‘rin tutadi. Pedagog faoliyatida ham barcha umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlar yetakchi o‘rin tutadi. Shunday bo‘lsa-da, pedagogik odob sirasida pedagogik qarashlarni, pedagogik faoliyat va munosabatni ifodalovchi muhim kategoriyalar asosiy o‘rinni egallaydi.
Pedagogik odobning asosiy shakllari quyidagilardir (15-rasm):
rasm. Pedagogik odobning asosiy shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: |