4-MAVZU: PEDAGOGIK MUAMMONI TANLASH VA PEDAGOGIK TADQIQOT MAVZULARINI SHAKLLANTIRISH
Pedagogik tadqiqotlar muammosi.
Pedagogik tadqiqotlar muammosining turlari (information, konseptual, kvalimetrik va tashkiliy-metodik) va darajalari (fenomenologik, konseptual, eksperimental).
Pedagogik tadqiqotlar mavzularini aniqlashtirishning metodologik me’yorlari. Tadqiqot mavzusining muhim belgilari.
Tayanch tushunchalar: muammo, pedagogik muammo, tadqiqot muammosi, mavzu, tadqiqot mavzusi, tadqiqot natijasi.
Pedagogik tadqiqotlar muammosi. Ilmiy tadqiqot muammoni qo‘yishdan boshlanadi. Falsafada muammo anglanish paytida obyektiv paydo bo‘luvchi savol yoki savollar jamlanmasi majmui sifatida aniqlanadi, ularning yyechimi muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatni o‘zida aks ettiradi. Muammoning tuzilishida quyidagi savol ko‘ndalang turadi: “Avval fanda ma’lum bo‘lmagan qaysi jihatni o‘rganmoq kerak?” (V.V.Krayevskiy).
Tadqiqot muammosi fan va amaliyot uchun birdek dolzarb bo‘lishi kerak. Muammo - bu “bilmaslik haqidagi bilim”dir. M uammo tuzilishi ta’lim amaliyoti (ta’lim va tarbiya) pedagogika fani (didaktika, tarbiya nazariyasi, metodika) holatining obyektiv ilmiy tahlili natijasi hisoblanadi, uning maqsadi ilmiy “bilim” va “bilmaslik” chegaralarini aniqlashdir. Masalan, tadqiqotchi muammoni quyidagicha ifodalab beradi: “Didaktik tadqiqotlaning qanday sifat mezonlari mavjud?”. Aslida pedagogik tadqiqotlaning sifat mezonlari metodolog olimlar E.V.Berejnova, V.M .Polonskiy, V.V.Krayevskiy, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Slastiyonin kabilar tomonidan tizimlashtirilgan, asoslangan, ishlab chiqilgan. Yuqorida ifodalangan muammo aslida “tadqiqotchining o‘zining muammosi”, ya’ni u mazkur masala haqida yetarlicha bilimga ega emas. Ilmiy muammo ta’lim yoki tarbiya amaliyoti, pedagogik nazariyada topilgan ziddiyatlar asosida ifoda etiladi. Ziddiyat - bu “qarama- qarshilik”, “mos emaslik”, masalan, pedagogik jarayon komponentlari orasida - maqsadi va mazmuni, mazmuni va metodik vositalari bilan.
Qarama-qarshilik va «ziddiyatlar» amaliyotda - ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun hali sabab emasl Amaliyotdagi har qaysi ziddiyat ham fan vositasitalari yordamida hal bo‘lavermaydi. Qolaversa, fan ziddiyatlami yechmaydi, balki asboblarni ularning yyechimi uchun sharoit sifatida ishlab chiqadi. A.M.Novikovning ta ‘kidlashicha, pedagogik tadqiqot muammosi mantiqan o‘rnatilgan qarama-qarshilikdan sizib chiqadi: faqat fanga oid, ilmiy bilimning yassiligiga olib o‘tilgan, fan tilida ifodalangan jihatlardangina ajratib olinadi. Qarama-qarshilik yyechimining dastlabki sharti-vositasi ishlab chiqilganda, variant mavjud bo‘ladi. Ilmiy ish bilan amaliy masalani ajratib olish muhim. Amaliy masaladan ilmiy muammoga o‘tish uchun, ikki tartibni amalga oshirish kerak: berilgan amaliy masalani echish uchun qaysi ilmiy bilimlar kerakligini aniqlash; ushbu bilimlar fanda borligini aniqlash; agar bilimlar bor bo‘lib, ularni tanlab olish, tizimlashtirish, foydalanish zarur bo‘lsa, u holda ilmiy muammoning o‘zi mavjud emas; agar kerakli bilimlar yo‘q bo‘lsa yoki to‘liq bo‘lmasa, muammo yoki muammolar majmui yuzaga keladi.
Tadqiqot muammosi dolzarblik, yangilik, nazariy ahamiyat (o‘sishga ko‘maklashish, nazariy bilimlarni takrorlash emas) va amaliy ahamiyat (ta’limiy amaliyotning real masalalari yyechimini topishga yordam berish) talablariga javob berishi lozim.
Ilmiy muammoni tuzish uchun quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish kerak:
ta’lim amaliyotining tanqidiy tahlilini amalga oshirish (anke- talashtirish, testdan o‘tkazish, ekspertli baholash uslubi va b.), uning sifati va effektivligini aniqlash, amaliyot holatini determinatsiyalovchi faktorlar, “qarama-qarshiliklar”, «ziddiyatlar», kelishmovchiliklarni shakllantirish;
fanda amaliyot qarama-qarshiliklarni yechish vositalari ishlab chiqilganmi, shuni aniqlash (ilmiy tadqiqotlar natijalari tanqidiy tahlili asosida: yondoshuvlar, konsepsiyalar, ta’lim jarayont modellari, ta’lim metodikasi), ilmiy “ bilim” va “ bilimsizlik” chegaralarini o‘rnatish (nima ishlab chiqilgani, nima ishlab chiqilmagan va “fan xaritasida oq dog‘ ” sifatida nima namoyon bo‘lgan);
tadqiqot obyektiga nisbatan, ma’noviy-kategorial apparatni qo‘shgan holda shaxsiy konseptual pozitsiyani asoslash (tadqiqotchi mavjud konsepsiya yoki nazariyaning adepti bo‘lishi mumkin);
tadqiqotning muammoli maydonini aniqlash, konkretlashtirish
va birinchi navbatda shaxsiy tadqiqotning muammosini shakllantirish;
shaxsiy ilmiy muammoni dolzarblik mezonlari pozitsiyasi, potensial nazariy va amaliy mazmuni jihatidan tanqidiy refleksiyasini amalga oshirish (Muammo bormi? U dolzarbmi? Yyechimga egami? Uning yyechim iga nazariy va amaliy ehtiyoj bormi? Pedagogik fan zamonaviy rivojlanish bosqichida uning yyechimi mavjudmi?).
Muammo ko‘pincha so‘roq gap shakiida shakllanadi. Muammo tuzilishi mono- va polikomponentli bo‘lishi mumkin. M uammoning monokomponentli tuzilishida muammo bitta masaladan iborat bo‘ladi («Magistrantlarda pedagogik-metodologik refleksiyani qanday shakllantirish mumkin?»), polikomponent shaklida - bir necha masala («Bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirish mazmuni va metodlari») muhokama uchun qamrab olinishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |