Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari


O'qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi



Download 203 Kb.
bet4/5
Sana11.03.2022
Hajmi203 Kb.
#490551
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik mahorat

O'qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi.
O'qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikda ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg'in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo'lishidir. Pedagogik-psixologik yo'nalishlarda olib borilayotgan ilmiy -tadqiqot ishlarida, o'qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan kommunikativ qobiliyati to'g'risida ko'plab fikr vamulohazalar yuritilgan.
O'qituvchi o'z kasbiga qiziqmasa, o'quvchilarga nisbatan mehr-muhabbati bo'lmasa, ular bilan qizg'in muloqot qila olish qobiliyati, ya'ni kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida pedagogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun o'qituvchining integral fanlar asoslarini va o'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko'nikma va malakalarini o'quvchilarga faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi.
O'qituvchi va o'quvchilaming jonli muloqoti, ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo'ladi.
Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo'lgan muloqot, har qanday kasbiy faoliyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qator kasb egalarida (chunonchi, pedagog, shifokor, san'atkor va hokazo) u kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo'lgan oddiy omil emas, balki kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim kategoriya sanaladi. Bu holda muloqot insonlar o'rtasidagi odatiy o'zaro hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlovchi kategoriya sifatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda muloqot muhim funksional, o'qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli vosita sanalib, o'zaro ta'lim va tarbiyaviy ta'sir quroli sifatida namoyon bo'ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga, qo'shimcha vazifalariga rioya qilishga to'g'ri keladi.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o'zaro hamkorlik tizimida muloqot go'yo, shunchaki o'z-o'zicha sodir bo'ladi. Ma'lum bir maqsadga qaratilgan ta'lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o'qituvchi pedagogik muloqot qonuniyatlarim" puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat va kommunikativ madaniyatga ega bo'lishi talab qilinadi.
Odatiy va kasbiy kommunikativ vaziyatni qiyoslab ko'rramiz. Aytaylik, do'stingizga nimanidir gapirib berayapsiz. Masalan, biror ko'rgan filmingiz to'g'risida, uning mazmun va g'oyasini bemalol so'zlayapsiz.
Bu holda muloqotning turmushda ro'y beradigan odatiy kommunikativ shaklidagi shaxsga yo'naltirilgan tizimi bilan ish ko'rgan bo'lasiz.
Tasavvur qiling, Sizga shu vazifani auditoriyada, minbarda turib, o'quvchilar oldiga chiqib gapirib berish taklif etildi. Siz kommunikatsiyani amalga oshirish vazifasini, avvalo, muloqotning tabiiy shakllari o'rniga kasbiy-funksional javobgarlik hissini, ya'ni kasbiy jihatdan anchagina murakkablashgan pedagogik faoliyatm" darhol his etasiz.
Kasbiy-pedagogik muloqot deganda, o'qituvchi va ta'lim-tarbiya jarayoni obyektlarining o'zaro hamkorlik tizimi tushuniladi, uning asosiy faoliyat mazmuni o'zaro axborot almashish, shaxsni bilish, tarbiyaviy ta'sir o'tkazish sanaladi O'qituvchi bu jarayonni faollashtiruvchisi sifatida maydonga chiqadi, uni tashkil etadi va boshqaradi.
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahamiyatini baholar ekan, quyidagi fikrlarni bildiradi: faol pedagogik muloqot -o'qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilami bilish va o'rganish kaliti va o'quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o'quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, talim-tarbiyada maqbul bo'lgan emotsional muhitni ta'minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to'siqlaming paydo bo'lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlami to'g'ri yo'lga solib boshqarishm ta'minlaydigan va o'quv tarbiyaviy jarayonda o'qituvchining o'z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.
Pedagogik faoliyatda muloqot o'quvchilarga zamon talablari asosida ta'lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayonlami ijtimoiy-pedagogik jihatdan ta'minlash tizimi sifatida namoyon bo'ladi.
Ilg'or pedagogik tajribalarni tahlili harmda taniqli olimlar A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy va boshqalarning pedagogik faoliyatini o'rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkin, aynan o'quvchilar bilan o'qituvchi muloqotining pedagogik ta'sir vositasi nihoyatda beqiyos, muloqotni pedagogik mahoratning eng muhim birlamchi vositasi sifatida chuqur egallaganlik ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini har tomonlama oshirishni ta'minlaydi .A.S.Makarenko muloqotni pedagogik ta'sirning ajoyib vositasi sifatida ta'riflab,
insonlararo muloqotni ta'minlovchi eng muhim va nozik faoliyat ekanligini aytadi. Pedagogik muloqot-shunchaki ijtimoiy-psixologik, pedagogik: yoki kommunikativ hodisa emas, avvalo kasbiy axloqiy fenomendir (hodisa). Jamiyatda axloq normalanga qat'iy rioya qilish hamda pedagogik vositalaming ilg'or jarayonlarini amaliy hayotga keng tatbiqi uchun o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlik texnologiyalarini mukammal egallash lozim. Shunday «texnologiya»laraing mavjudligini pedagogik tadqiqotlar isbotlab berdi.
O'qituvchining kommunikativ faoliyati maqsadi faoliyatga nisbatan ko'pincha ikkilamchi xarakterga egabo'ladi, pedagogik mehnatning o'ziga xosligi ham aynan kommunikativ faoliyat lining asosini tashkil etishidan iborat ekanligidadir.
Pedagogik muloqot o'qituvchilar pedagogik ijodkorligimng yaxlit tizimida qanday ahamiyat kasb etadi? Pedagogik faoliyatning muhim mikroelementlari nostandart yechimlardan iborat, garchi o'qituvchi faoliyatida pedagogik vaziyatlar bir qarashda bir-biriga o'xshash ko'rinsa-da, o'qituvchining ushbu vaziyatlardagi har bir xatti-harakati mutlaqo noyob va betakrordir. O'qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati tahlil qilinganda, mukammal shaklga ega bo'lgan tizimlardan iborat ekanligini ko'ramiz:
- o'qituvchining sinfda, o'quvchilar jamoasi bilan ta'lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan ijodiy tayyorgariigi;
- o'quvchilar bilan bevosita o'zaro hamkorlik asosidagi ijodkorlik.
O'qituvchining pedagogik muloqoti jarayonidagi ijodkoliigi bir nechta ko'rinishda namoyon bo'ladi:

  • O'qituvchming o'quvchilarni mukammal bilish jarayonidagi ijodkorligi;

  • ular bilan o'zaro hamkorlik tizimidagi ijodkorlik;

  • o'quvchiga bevosita ta'sirni tashkil qilishdagi ijodkorligi;

  • o'z; xulq-atvormi boshqara olishda (muloqotni o'zini-o'zi bilgan holda bir maromda olib borish) ijodkorlik;

- o'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarni tashikil qilish jarayonida ijodkorlik.
Modomiki shunday ekan, ta'kidlash lozimki, o'qituvchming muloqoti kasbiy-ijodiy kategoriya boiib, pedagogik faoliyatda o'qituvchi tomonidan ko'plab kommunikativ vazifalarni hal qilish jarayoni va ijobiy natijalar majmuasidir.
O'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida muntazam pedagogik ta'sir o'tkazish metodlari bilan ishlaydi: masalan, dars jarayonida yangi materialni tushintirishda, o'quvchiga aybi uchun dashnom berishda. Ushbu vaziyatda yosh o'qituvchi avvalo nimalarga e'tibor berishi kerak: Birin-chidan, vaziyat tahlil qilinadi; ikkinchidan, murakkab vaziyatdan chiqish-ning mumkin bo'lgan variantlari saralanadi, uchinchidan, ushbu faoliyat, odatda tezkor arnalga oshiriladi (bunda ham pedagogik kommunikatsiyaning o'ziga xosligi namoyon bo'ladi) va optimal metodlar tanlanadi, faqat shundan keyingina pedagogik ta'sir tashkil qilinadi. Biroq hali tanlangan ta'sir metodiga adekvat bo'lgan, u orqali pedagogik ta'sir amalga oshiriladigan muloqot tizimini topishimiz kerak. YA'ni, ma'lum bir maqsadga qaratilgan umumiy pedagogik vazifani hal etgandan so'ng, ta'sir metodini tanlab bevosita ta'sirni tashkil qilish uchun asosiy vazifa sifatida kommunikativ vazifa belgilanishi kerak.
Komunikativ vazifa pedagogik faoliyatda, nisbatan ishlab chiqaruvchi xarakterga ega bo'lib, murakkab vazifani hal etadi. Zero u pedagogik vazifadan kelib chiqqan, shu sababli o'qituvchi tomonidan tanlanadi va belgilanadi.
Aytish mumkinki, kommunikativ vazifa aynan kommunikatsiya tiliga o'tkazilgan pedagogik' vazifaning o'zi. Kommunikativ vazifa pedagogik vazifamng asosim aks ettirib, unga nisbatan yordamchi, instrumental xarakterga ega bo'lgan jarayondir.
Pedagogik amalyotlar natijasi shundan dalolat beradiki, o'qituvchi o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikning o'ziga xos to'g'ri metodini tanlab hamda vaziyatni to'g'ri baholagan taqdirda ham ko'pincha o'z pedagogik ta'sirini kommunikativ jihatdan ta'minlay olmaydi, ya'ni kommunikatsiyani o'zaro muloqotda amaliy jihatdan tatbiq eta olmaydi. Pedagogik ta'sirning o'qituvchi tomonidan tanlanib qo'llaniladigan metodlari bevosita muloqot orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, mazkur jarayonni yuksak mahorat bilan, ongli ravishda tashkil etish, pedagogik faoliyatda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday vaziyatda bu jarayonga tayyor turishi zarur. Buning uchun har bir o'qituvchi mustaqil, o'z pedagogik tajribalariga va mahoratiga asoslanib, o'quvchilarga pedagogik ta'sir etishning quyidagi mantiqiy obrazi jadvalini ruzadi, o'zi uchun kerakli bo'lgan, ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ma'tumotlarni mustaqil ravishda yig'ib, qayd qilib borishlari hamda kasbiy ko'nikma va malakalarini oshirib borishlari mumkin.
Individual - tipologik xususiyatlar klassifikastiyasi Yuqorida ta‟kidlaganimizdek, har bir shaxs o„ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o„xshash bo„lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo„yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o„xshashi mumkin, lekin fe‟li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo„lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumda rivojlangan egizaklarda ham juda ko„p jihatdan aynan o„xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyastiyada esa ba‟zi tafovutlar aniqlangan. SHaxs - qaytarilmas, u o„z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual-psixologik xususiyatlari majmui yotadi. SHu o„rinda biz yuqorida ta‟rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izox berish o„rinli deb hisoblaymiz. Bu - «individ» va «individuallik» tushunchalaridir. «Individ» tushunchasi umuman «odam» degan tushunchani to„ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o„z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o„ziga va o„ziga o„xshashlarga xos bo„lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ - insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir. «Individuallik» - yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo„lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o„ziga xos xususiyatlar majmuini o„z ichiga oladi. SHu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo„lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emostiyalari, xulqiga xos motivastiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o„tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta‟minlovchi kategoriyalardir. Uning ma‟nosi shundaki, bo„yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko„z qarashlari, barmoq harakatlari va shunga o„xshash sifatlari bir xil bo„lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat motivastiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo„lgan odamni topib bo„lmaydi. Ular - individualdir. Qobiliyatlar - shaxsdagi shunday individual, turg„un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko„rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi. Temperament - insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning hatti-harakatlariga nisbatan reakstiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir. Xarakter - shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o„z-o„ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o„z ichiga oladi. Irodaviy sifatlar - har birimizning o„z oldimizga maqsad qo„yib, unga erishish yo„lidagi qiyinchiliklarni engishimizni ta‟minlovchi ma‟lum sifatlarimiz majmuini o„z ichiga oladi. Emostiyalar va motivastiya esa atrofimizda sodir bo„layotgan hodisalar, bizni o„rab turgan odamlar va ularning hatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo„lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi. Ijtimoiy ustanovka - yuqoridagi barcha xususiyatlar kompleksiga ega insonning turli ijtimoiy vaziyatlardagi faoliyat va harakatlarga ruhan hozirligi va munosabat bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir. Biz yuqorida sanab o„tgan individual-psixologik xususiyatlarning ahamiyati katta. Ular bizning jamiyatdagi o„rnimiz, obro„-e‟tiborimiz, ishdagi va o„qishdagi yutuqlarimiz, inson sifatidagi qiyofamizni, kim ekanligimizni, kerak bo„lsa, o„zligimizni belgilaydi. Kim bilan qaerda uchrashmaylik, o„sha insonning bugungi holati, qayfiyati, bizga va biz bildirayotgan fikrlarga munosabati, hamkorlikda ishlash tilak-istaklariga doimo e‟tibor beramiz va bu masala biz uchun muhim bo„ladi. Xuddi shunday suhbatdosh ham suhbatning boshidanoq, bizni o„rgana boshlaydi. CHunki agar suhbatdoshlar bir - birlarini bilsalar birgalikdagi faoliyatni samarali tashkil etish va undan foyda olish imkoniyati ko„proq bo„ladi. SHuning uchun ham ishda ham, dam olishga otlangan chog„da ham, qaerda bo„lsa ham o„zimizga «qo„shni» tanlaganda uning inson sifatida qanday ekanligiga qiziqamiz. Agar suhbatdosh yoki sherik bizga tanish bo„lmasa, uni taniganlardan oldindan so„rab ham olamiz va bunda aynan uning nimaga qobilligi, fe‟li, ishga, odamlarga munosabatini so„raymiz va xohlaymizki, u to„g„risida «Juda xushfe‟l, odamgir...» kabi tasniflarni eshitgimiz keladi. Biror erga ishga kirayotgan paytda ham rahbar albatta o„ziga yaqin odamlardan yangi xodimning xarakterini, qobiliyatini va muhim narsalarga munosabatini albatta so„raydi va shu asosda suhbatga tayyorlanadi. Demak, individual sifatlar bizning ongli hayotimizning ajralmas kismi, idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimz yunaltirilgan muhim predmet ekan. CHunki aynan ular bizning turli faoliyatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishdagi individual uslubimizga bevosita aloqador. Kimdir juda chaqqon, tez ish qiladi, lekin sifatsiz. Kimdir juda yaxshi qoyilmaqom ish qiladi, lekin juda sekin, kimdir ishga yuzaki qarab, nomiga uni bajarsa, boshqa bir odam unga butun vujudi va e‟tiqodi bilan munosabatda bo„lib, tinimsiz izlanadi va jamiyat uchun manfaat qidiradi. SHuning uchun ham individuallikning faoliyat va muloqotdagi samarasini inobatga olib, eng muhim individual-psixologik xususiyatlarni alohida o„rganamiz. SHaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi Odamlarning o„quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o„ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. CHunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o„sha insonning o„zi ham qilgan har bir harakatidan o„zi uchun naf ko„radi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko„nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog„liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo„lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo„lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko„proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog„lab o„rganiladi. Har bir normal odam o„zining aqlli bo„lishini xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Aqlsiz, nodon» degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. YAna shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq halqlarida biror kimsaga nisbatan «o„ta aqlli» yoki «o„ta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o„rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining o„g„li anchagina aqlli bo„libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo„lib, ota-onasini ko„ydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik» kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi. Ilm-fandagi an‟analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog„liq sifatlar juda ko„plab tadqiqotlar ob‟ekti bo„lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo„lgan ko„rsatgichni o„lchashga uringanlar. Ko„pchilik olimlar odam intellektida uning verbal (ya‟ni so„zlarda ifodalanadigan), mikdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko„rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va hayol jarayonlari bilan bog„liq jihatlarni ham qo„shganlar. CH. Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o„tilgan ko„rsatgichlar o„rtasida bog„liqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham murakkab tuzilmaga ega bo„lgan psixik xususiyat ekanligini ko„rsatdi. Boshqa bir olim Dj. Gilford esa aqlni bir qator aqliy operastiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, mavxumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikastiya qilish) natijasida namoyon bo„ladigan xususiyat sifatida o„rganishni taklif etgan. Bu olimlar aql so„zidan ko„ra intellekt so„zini ko„proq ishlatib, bu so„zning o„ziga xos talqini borligiga e‟tiborni qaratganlar. CHunki ularning fikricha, intellektual potenstialga ega bo„lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potenstial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan - shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borliqni va bo„ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. SHu o„rinda «intellekt» so„zining lug„aviy ma‟nosini tushunib olaylik. Intellekt - lotincha so„z - intellectus - tushunish, bilish va intellectum - aql so„zlari negizidan paydo bo„lgan tushuncha bo„lib, u aql-idrokning shunday bo„lagiki, uni o„lchab, o„zgartirib, rivojlantirib bo„ladi. Bu - intellekt va u bilan bog„liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta‟sir ko„rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham ko„rib, his qilib turibmiz. YAngi avlod vakillari - kelajagini XX1 asr bilan bog„lagan o„g„ilqizlarning intellekt darajasi ularning ota - bobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez o„zlashtirib olmoqda, jaxon tillaridan bir nechtasi bilish ko„pchilik uchun muammo bo„lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o„zlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o„sishiga ta‟sirini hamma bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma‟rifiy muhitda tarbiyalansa, uning dunyoqarashi keng, xoxlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz o„zlashtira oladi. Hattoki, bunday bolaga oliy o„quv yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o„ta tushunarli, ular yanada murakkabroq masalalarni echishni xohlaydi. Qobiliyatlardagi tug„ma va orttirilgan sifatlar Ba‟zan o„ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug„ma ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim, san‟atkor yoki mutaxassis haqida gap ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning tug„ma yoki orttirilgan ekanligi masalasi ham olimlar diqqat markazida bo„lgan muammolardan. Talant (yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma‟noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini ta‟minlaydigan qobiliyat hamda iste‟dodlar yig„indisidan iborat individual xususiyatdir. Talantning asosiy belgilari: Muvaffaqiyatni ta‟minlash; Faoliyatni mustaqil bajarish; Originallikning mavjudligi; Qobiliyat va iste‟dodlar yig„indisidan iborat ekanligi; Individual-psixologik xislat ekanligi; Ijtimoiy turmushni o„zgartiruvchi yaratuvchi imkoniyatligi. Talant qobiliyatlar yig„indisi yoki ularning yig„indisidan iborat bo„lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham u bilan tenglashtirish mumkin emas. Psixologiyada tug„malik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi tug„ma xususiyatlardan - oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo„l-oyoklarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta‟minlovchi sezgi organlari - ko„z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik tarzda o„tadi), ijtimoiy layoqat - bola tug„ilishi bilan uni o„ragan muhit, muloqot uslublari, so„zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar (ular ota-ona tomonidan yaratiladi)dir. Layoqatlilik belgisi - bu o„sha individga aloqador bo„lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi. Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana shu ikki xil layoqat o„rtasida tafovut bo„lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola tug„ildi deylik. Unda rassomchilik uchun tug„ma, genetik belgilar otasi tomonidan berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom bo„lishini xoxlamasligi, o„ziga o„xshash qo„shiqchi bo„lishini xoxlashi mumkin. Ayol bolani yoshlikdan faqat musiqa muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yo„q, ijtimoiy layoqat o„sishi uchun esa tabiiy, tug„ma layoqat yo„q bo„lgani sababli, bolada hech qanday talant namoyon bo„lmasligi, u oddiygina musiqachi yoki qo„shiqchi bo„lish bilan cheklanishi mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tug„ma va orttirilgan belgilarni o„rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning o„zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini to„g„ri yo„lga qo„yish kerak. Orttirilgan sifati shuki, bola toki bilim, malaka va ko„nikmalarni o„stirish borasida harakat qilmasa, eng kuchli tug„ma layoqat ham layoqatligicha qolib, u iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotgan. SHuni ham unutmaslik kerakki, qobiliyatsiz odam bo„lmaydi. Agar shaxs adashib, o„zidagi haqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo„lsa, tabiiy, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko„rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o„z vaqtida to„g„ri aniqlay olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi. SHuning uchun ham har bir ongli inson o„zidagi qobiliyat va zexnni ilk yoshlikdan bilib, o„sha o„zi yaxshi ko„rgan, «yuragi chopgan» ish bilan shug„ullansa, va undan qoniqish olib, qobiliyatini o„stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor - insonning o„z hatti - harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan sub‟ektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo„lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik, o„z-o„zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo„lib, o„zlari shug„ullanayotgan ishni bajonidil, sitqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba‟zi o„ta iste‟dodli, lekin kamharakat kishilardan ko„ra jamiyatga ko„proq foyda keltiradi. Iqtidorli insonda iste‟dod sohibi bo„lish imkoniyati bor, zero iste’dod - har tomonlama rivojlangan, nixoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o„z qobiliyatini takomillashtirib borish yo„lida barcha qiyinchiliklarni engish va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo„lga kiritiladi. Qobiliyatlarning psixologik strukturasi Qobiliyatlar avvalom bor umumiy va maxsus turlarga bo„linadi va har birining o„z psixologik tizimi va tuzilishi bo„ladi. SHaxsning umumiy qobiliyatlari undagi shunday individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi. Masalan, texnika oliy o„quv yurtining talabasi ham ijtimoiy-gumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi bilimlarni o„zlashtira oladi. Bunda unga umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik kabi qator sifatlar yordam beradi. Maxsus qobiliyatlar esa ma‟lum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori ko„rsatgichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o„z ichiga oladi. Masalan, sport sohasi bilan buxgalterlik hisob-kitobi bo„yicha ishlayotgan ikki kishida o„ziga xos maxsus qobiliyatlar bo„lmasa bo„lmaydi. Umumiy qobiliyatlarni maxsus qobiliyatlarga zid tarzda talqin qilish mumkin emas. SHaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar yaqqol psixologik hodisa yoki voqelikdir. Maxsus qobiliyatlar ko„lam jihatdan torroq bo„lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o„zlarida mujassamlashtiradi. I.P.Pavlov o„z ta‟limotida “badiiy”, “fikrlovchi”, “o„rta” tiplarga ajratilgan shaxslarning tavsifini beradi . “Badiiy tip” uchun bevosita taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok va emostiyalar natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi hos. “Fikrlovchilar” uchun esa mavhum mantiqiy, nazariy, metodologik mulohazalarning ustunligi xos. “O„rta” tipdagilarda esa har ikkala toifa xususiyatlarining xos ekanligi ko„rinadi. Har bir qobiliyat o„zining tizimiga ega. Masalan, matematik qobiliyatni oladigan bo„lsak, uning tarkibiga umumlashtirish malakalari, aqliy jarayonlarning egiluvchanligi, mavxum tafakkur qila olish kabi qator xususiyatlar kiradi. Adabiy qobiliyatlarga ulardan farqli, ijodiy hayol va tafakkur, xotiradagi yorqin va ko„rgazmali obrazlar, estetik hislar, tilni mukammal bilishga layoqat; pedagogik qobiliyatlarga esa - pedagogik odob, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, bilimlarni o„zgalarga berishga ehtiyoj kabi qator individual xossalar kiradi. Xuddi shunga o„xshash qolgan barcha qobiliyatlarni ham zarur sifatlar tizimida tahlil qilish mumkin va bu katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„ladi. Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko„ra shaxs qobiliyatlari yo„nalishini ochib berishdir. SHuning uchun ham hozirda ko„plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo„llanmoqda. Qobiliyatlarni o„lchash muammosi X1X asrning oxiri - XX asrning boshlariga kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va boshqalar tomonidan o„rganildi. Ular qobiliyatlar va iqtidorni o„rganish uchun maxsus testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat bo„ladi. Masalan, Ayzenkning mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo„lib, u intellektual jarayonlarning kechishi tezligini o„lchaydi. Bu erda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash - qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharok usullarni o„ylab topganlar. Ko„pchilik olimlar uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o„lchashning ishonchli mezoni - bu shaxs yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o„zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir. Rus olimi E.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo„nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va kasb - xunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning «Professional - diagnostik so„rovnoma» deb atadi. SHunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo„naltirilgan sohasiga ko„ra 5 toifaga bo„ldi: P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar); T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ; CH(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar); Z (B)- belgilar (turli ma‟lumotlar, belgili simvollar); X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san‟at, musiqa). Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari SHaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug„ma, biologik xususiyatlariga alohida e‟tibor beriladi. CHunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo„lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug„ma sifatlarni o„zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning dinamik - o„zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta‟minlovchi sifatlarini o„zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo„ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o„ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emostional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta‟minlaydi va shu nuqtai nazardan karaganda temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emostional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog„liq bo„lib, ularning namoyon bo„lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o„zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o„zini turlicha tutadi: oliy o„quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi to„g„risidagi axborotni eshitgan bolaning o„zini tutishi, yoki hayotning ogir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do„stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reakstiyalari uning temperamentidan kelib chiqadi. SHuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og„ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o„zini yo„qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan kechiradi. SHuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda o„ziga xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O„zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan ko„taradigan insonning odamlar orasidagi obro„si ham baland bo„ladi. Bu uning o„z-o„ziga nisbatan hurmatini ham oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. YA‟ni, temprament odamning ijtimoiy ob‟ektlarga nisbatan «sezgirligini» tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi. Temperamental xususiyatlar aslida tug„ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo„lgani uchun ham ma‟lum ma‟noda o„zgarib boradi. SHuning uchun ham tug„ilgan chog„ida sangvinikka o„xshash harakatlar namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo„lmaydi. Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan edi: k u ch, ya‟ni nerv tizimining kuchli ko„zgatuvchilar ta‟siriga bardoshi, shunga ko„ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning namoyon bo„lishi: m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya‟ni asabdagi tormozlanish va ko„zgalish jarayonlarining o„zaro mutonosibligi, shunga ko„ra, o„zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo„lishi; x a r a k a t ch a n l i k , ya‟ni ko„zgalish va tormozlanish jarayonlaridagi o„zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma‟nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan. 6 - rasm N E R V S I S T E M A S I N I N G T I P L A R I Muvozanatlash gan muvozantsiz inert Kuchsi z sangvinik xolerik flegmatik Melanxolik T E M P E R A M E N T SHunday qilib, asab tizimi bilan bog„liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o„qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog„liq bo„lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o„zgarmas deb aytolmaymiz, chunki tabiatda o„zgarmaydigan narsaning o„zi yo„q. SHuning uchun ham oxirgi yillarda o„tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma‟kul, «hayotiy ko„rsatgichli» xususiyatlar tizimini o„rganilmoqda va unda temperamentga aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V.S. Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo„lishini boshqarish masalasida ko„p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda mavjud bo„lgan faollik, bosiklik, emostional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo„lishi va o„zgaruvchanligi, qayfiyatning turgunligi, behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo„lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o„sha ekstroversiya va introversiya xossalari yotadi va ularni ham o„zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin. SHulardan kelib chiqqan xolda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni ustirishda ayni shularga e‟tibor berish kerak. Masalan, ba‟zilar xoleriklarga o„xshash qiziqkon, tezkor bo„lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini kuzatadigan bo„lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo„lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba‟zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini uylantiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo„lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. har bir tipning o„ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham bo„ladi. Xarakter va shaxs Kundalik hayotimizda tilimizda «xarakter» so„zi eng ko„p ishlatiladigan so„zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo„lsak, ishlatamiz. Bu so„zning ma‟nosini olimlar «bosilgan tamg„a» deb ham izoxlashadi. Tamg„alik alomatlari nimada ifodalanadi o„zi? Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, sub’ektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borlikka, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o‘z- o‘ziga munosabatini ifodalaydi. Demak, «munosabat» kategoriyasi xarakterni tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B.F. Lomovning ta‟biricha, xarakter shaxs ichki dunyosining asosini tashkil etadi va uni o„rganish katta ahamiyatga ega. Munosabatlarning xarakterdagi o„rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin ularning mazmunida ikki komponentni ajaratadi: a) emostional - kognitiv - borlik muhitning turli tomonlarini shaxs qanday emostional his qilishi va o„zida shu olamning emostional manzarasini yaratishi; b) motivastion - irodaviy - ma‟lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga undovchi kuchlar. Demak, bizning munosabatlarimiz ma‟lum ma‟no va mazmun kasb etgan munosabatlar bo„lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz aks etadi va xarakterimiz namoyon bo„ladi. Mashxur rus olimi , psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan S.L. Rubinshteyn shaxsning o„ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy tuzilmalarni ajratgan edi; Munosabatlar va yo„nalish shaxdagi asosiy ko„rinishlar sifatida - bu shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xoxlashi. Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - bu odamning nimalarga qodir ekanligi. Xarakter imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan turg„un, barqaror tendenstiyalar, ya‟ni bu odamning k i m ekanligi. Bu nuqtai nazardan karaganda ham, xarakter shaxsning «tanasi», borligi, konstitustiyasidir. Xarakterning boshqa individual-psixologik xususiyatlardan farqi shuki, bu xususiyatlar ancha o„zgaruvchan va dinamik, orttirilgandir. SHuning uchun ham maktabdagi ta‟limdan oliy o„quv yurtidagi ta‟limga utish faktining o„zi ham o„spirinda ma‟lum va muhim o„zgarishlarni keltirib chiqaradi. Xarakter muammosini ilmiy o„rganishda B.M.Teplov, S.Merlin, E.A.Klimovlarning tadqiqotlari ahamiyatlidir. CHunki ularning tadqiqotlarida o„qish, sport, mehnat faoliyatlarida shaxsning xarakat usullarining individual farqlari masalasi ko„rsatib berilgan. Umuman, koneret shaxs misolida olib karaydigan bo„lsak, har bir alohida ob‟ektlar, narsalar, hodisalarga mos tarzda xarakterning turi qirralari namoyon bo„lishining guvoxi bo„lishimiz mumkin. Masalan, uyda (katta o„zbek oilasi misolida oladigan bo„lsak) katta yoshli ota-onalar oldida o„ta bosiq, ko„nuvchan, har qanday buyurilgan ishni e‟tirozsiz bajaradigan kishi, o„z kasbdoshlari orasida doimo o„z nuqtai nazariga ega bo„lgan, gapga chechan, kerak bo„lsa, qaysar, dadil bo„lishi, ko„chada jamoatchilik joylarida beg„am, loqayd, birov bilan ishi yo„q kishiday tuyulishi, o„ziga nisbatan esa o„ta talabchan, lekin egoist, o„z-o„ziga bahosi yuqori bo„lishi mumkin. Demak, xarakterning psixologik tizimini tahlil qiladigan bo„lsak, uning borliqdagi ob‟ektlar va predmetli faoliyatga nisbatan amalga oshirish maqsadga muvofikdir. SHuning uchun ham psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e‟tirof etiladi: Mehnat faoliyatida namoyon bo‘ladigan xarakterologik xususiyatlar - mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobillik, mas‟uliyat, dangasalik, qo„nimsizlik va boshqalar. Insonlarga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, dilgirlik, muloqotga kirishuvchanlik, altruizm, g„amxurlik, raxm-shafqat va boshqalar. O‘z-o‘ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar - kamtarlik, kamsuqumlilik, mag„rurlik, o„ziga bino qo„yish, o„z-o„zini tanqid, ibo, sharmu - hayo, manmansirash va boshqalar. Narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xususiyatlar - tartiblilik, oqillik, saronjom-sarishtalik, qo„li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik va boshqalar. YUqorida sanab o„tilgan sifatlar aslida shaxsning hayotdagi yo„nalishlaridan kelib chiqadi. CHunki yo„nalish - odamning borliqqa nisbatan tanlovchan munosabatining aks etishidir. Bunday yo„nalish turli shakllarda namoyon bo„ladi: diqqatlilik, qiziquvchanlik, ideallar, maslaklar va hissiyotlarda. Xarakter - tarixiy kategoriya hamdir. Buning ma‟nosi shuki, har bir ijtimoiyiqtisodiy davr o„z kishilarini, o„z avlodini tarbiyalaydi va bu tafovut odamlardagi xarakterologik xususiyatlarda o„z aksini topadi. Masalan, o„tgan asr o„zbeklari, XX asrning 50-yillaridagi o„zbeklar va mustaqillik yillarida yashayotgan o„zbeklar psixologiyasida farq avvalo ularning xarakterologik sifatlarida aks etadi. Aminmizki, XXI asrning yosh avlodlari yanada zukkoroq, irodaliroq, ma‟rifatli va ma‟naviyatliroq bo„ladi. Mamlakatimizda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan say‟i-harakatlar yangi asr avlodining ruhan va jismonan sog„lom bo„lishiga zamin yaratmoqda. Xarakter xususiyatlarining nimalarda namoyon bo„lishi, ularning belgilari masalasi ham amaliy jihatdan muhimdir. Avvalo xarakter insonning hatti - harakatlari va amallarida namoyon bo„ladi - odamning ongli va maqsadga qaratilgan harakatlari uning k i m ekanligidan darak beradi. Nutqining xususiyatlari (baland tovush bilan yoki sekin gapirishi, tez yoki bosiqligi, emostional boy yoki jonsiz) ham xarakterning yo„nalishini belgilaydi. Tashqi qiyofa - yuzining ochiq yoki tund ekanligi, ko„zlarining samimiy yoki joxilligi, qadam bosishlari - tez yoki bosik, mayda qadam yoki salobatli, turishi - viqorli yoki kamtarona, bo„larning hammasi xarakterni tashqaridan kuzatib o„rganish belgilaridir. Bundan tashqari ilm olamida juda ko„plab urinishlar bo„lgan. Ularda odamning turli tabiiy, tug„ma xususiyatlariga xarakterni bog„lashga urinishlar bo„lgan. Masalan, fizionomika odam yuz qirralari va ularning bir-biriga nisbati orqali, xiromantiya - qo„l barmoqlari va kaftdagi chiziqlar orqali, ko„z rangi va qarashlar, soch va uning xususiyatlari orqali o„rganishga harakat qilingan. Juda katta shov-shuvga ega bo„lgan CH. Lombrozo, E. Krechmer, U. SHeldonlarning konstitustion nazariyalari shaxs xarakterini uning tashqi ko„rinishi, tana tuzilishi bilan bog„lab tushuntirishga o„ringan. Bu nazariyalar juda qattiq tanqidga ham uchragan, lekin keltirilgan material, korrelyastion tahlillar ma‟lum jihatdan individual xususiyatlardagi tug„ma, mavjud sifatlar bilan xarakterologik sifatlar o„rtasidagi bog„liqlik borligini isbot qilolgani uchun ham bu nazariyalar shu vaqtgacha o„rganiladi. Lekin xarakter va uning rivojlanishi, namoyon bo„lishi uchun umumiy qonuniyat shuki, u tashqi muhit ta‟sirida, turli xil munosabatlar tizimida shakllanadi va sharoitlar o„zgarishi bilan o„zgaradi. Har bir kasb-hunar o„zining talablari majmui - professogrammasiga egaki, u shu kasb bilan shug„ullanayotganlardan o„ziga xos psixologik qirralar va xossalar bo„lishini taqozo etadi (psixometriya). SHuning uchun ham vrachning, o„qituvchining, muhandisning, harbiylarning, artistlarning va boshqalarning professoional sifatlari haqida alohida gapiriladi. Ana shu kasb sohiblari, ularning ish mobaynida ko„rsatadigan individualligi ichida esa xarakterologik o„ziga xoslik katta ahamiyatga ega va buni nafaqat shaxsning o„zi, balki uni o„rab turgan boshqalar ham yaxshi bilishlari kerak. Qisqacha xulosalar: SHaxsning individual-tipologik xususiyatlar klassifikastiyasiga qobiliyat, temperament, xarakter kiradi. Qobiliyat maxsus va umumiy turlarga, layoqat, iqtidor, iste‟dod kabi psixologik tuzilmadan iboratdir. Temperamentlarni chuqur bilish va ularning amaliyot uchun ahamiyati bayon etilgan. Talaba-yoshlardagi qiziqishlarni diagnostika qilish yo„llari ko„rsatilgan. Individual psixologik xususiyatlarning kasb mahorati va shaxs barkamolligi bilan bog„liqligi ochib berilgan. YOshlarni mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalash va milliy g„oyani shakllantirishning barkamol avlod tarbiyasidagi o„rni keltirilgan. O„qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. 1.Pedagogik qobiliyat . Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi. Pedagogik qobiliyatlar tarbiyasi birinchi bo„lib, XIX asr o„rtalarida paydo bo„ldi.Desterverg 1-chi bo„lib pedagogik qobiliyat, persteptiv qobiliyatlar haqida gapirib bu masalaga e‟tiborini qaratdi.U pedagogik qobiliyatningkuchiga, pedagogik taktga va qat‟iy erkinlikka e‟tibor berdi. U o„qituvchining bilim orttirishlik qobiliyati tushunchasini ilggari surdi. So„ngra XIX asrning 2-chi yarimida P.G.Redkin “ahloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari surdi.Bu fikrni K.D.Ushinskiy davom ettirdi.U “Odamni tarbiyaning eng asosiy yo„li ishontirishdir,odamning e‟tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta‟sir qilish mumkin”deydi. L.N.Tolstoy:”Tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo„lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira tuxtamay o„zlarini tarbiyalay bilishlari kerak”,degandi. A.S.Makarenko o„z tajribasiga asoslanib, “agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa,u o„ziga nisbatan talabchan bo„lsa,u yaxshi pedagog bo„lishi mumkin”, deydi. Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo„lib, bir tekisda bo„lmay, biri yuqori,biri o„rta quyi darajadan ibortdir. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o„qituvchi pedagogik mahoratga ega bo„lishi zarur.Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib,katta natijaga erishadi.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi va rivojlanadi. Qobiliyatlar - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka, ko„nikma, ortirish shu xususiyatlarga bog„liq bo„ladi, lekin bu xususiyatlarning o„zi bu bilim, malaka va ko„nikmalarga taalluqli bo„lmaydi. Masalan, ikkita bola institutga kirmoqda deylik. Ulardan biri test sinovlaridan muvaffaqiyatli o„tdi, ikkinchisi o„tolmadi. Bunda ulardan birining qobiliyati ortiq degan xulosaga kelib bo„lmaydi. Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning faqat bir o„zi bilan qobiliyatni aniqlab bo„lmaydi. Qobiliyatlar bilim, malaka, va ko„nikmalarini egallashda namoyon bo„lsa ham ular bilim, ko„nikmalarga taalluqli bo„lmaydilar. Odamning qobiliyatlari bilim va ko„nikmalarni egallash uchun faqat imkoniyat hisoblanadi. Bu bilim va ko„nikmalar egallanadimi yoki yo„qmi, bo„larning hammasi, juda ko„p sharoitlarga bog„liqdir. Bolada namoyon bo„lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo„lishiga kafil bo„la olmaydi. Bolaning musiqachi bo„lishi uning unga maxsus ta‟lim berilishi, qatiylik, salomatligining yaxshi bo„lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa sharoitlar bo„lishi kerak. Bo„larsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so„lib ketishi ham mumkin. o„quvchida hali zaruriy ko„nikma va malakalar sistemasi hamda mustahkam bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo„qligiga asoslanib, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo„q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo„ladi. Bolalik paytida ma‟lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik shu qobiliyat tufayli shon shuhrat topgan odamlar ko„p. Qobiliyatlar faoliyatining muhim komponentlari bo„lishi bilim, malaka, ko„nikmalar bilan aynan bir narsa bo„lmasa-da, ular bir-birlari bilan bog„liqdir. Qobiliyatlar bilim, malaka, ko„nikmalarning o„zida ko„rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo„ladi, ya‟ni boshqacha aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo„lgan bilim va ko„nikmalarni o„zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez va chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon bo„ladi. Xuddi shu erda yuzaga chiqadigan fikrlar bizga qobiliyatlar haqida gapirish huquqini beradi. Demak, qobiliyatlar shaxsning (qobiliyatini) faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan bilim, ko„nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo„ladigan individualpsixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma‟lum sifatlari yig„indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig„ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bop deb xulosa chiqarishga asos bo„ladi. Agar boshqa bir odat bo„lgan shunday holatlarda faoliyat talablariga javob bera olmasa, unday paytda bu unga tegishli psixologik sifatlar boshqacha ayttanda qobiliyaglar yo„q deb faraz qilishga asos bo„ladi. Bunday odam kerakli ko„nikma va bilimlarni umumiy egallab olmaydi degan xulosaga borilmaydi. Bo„larni egallash jarayoni cho„zilib ketadi, pedagogdan ko„p kuch va vaqt sarflashni talab qiladi. Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste‟dod deb ataladi. Iste’dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Iste‟dod mahoratning dastlabki sharti bo„lib, lekin mahoratning o„zidan ancha o„zoqdir. Mohir usta bo„lmoq uchun juda ko„p ishlash kerak. Iste‟dod mehnatdan ozod qilmaydi, balki katta, ijodiy va zur mehnatni taqozo qiladi. Iste‟dodli kishilar shubhasiz mehnat orqali olamga mashhur bo„lgan mahorat darajasiga erishganlar. Haqiqiy mahorat inson iste‟dodining faoliyatida nomayon bo„lishidir. Qobiliyatlar murakkab strO„qturaga ega bo„lgan psixik sifatlar yig„indisidan iboratdir. Qobiliyat sifatida namoyon bo„ladigan psixik sifatlar yig„indisining strO„qturasi oqibat natijasida konkret faoliyat talabi bilan belgilanadi va har xil turdagi faoliyatlar uchun turlicha bo„ladi, endi shulardan pedagogik qobiliyat va uning to„zilishini ko„rib chiqamiz. Pedagogik faoliyatning samarali bo„lishi pedagogik mahoratga erishish uchun o„qituvchida quyidagi qobiliyat turlari mavjud bo„lmog„i va tarbiyalab etishtirilmog„i lozim. Bilish qobiliyati, ko„zatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, tashkilotchilik qobiliyati, obru orttira olish qobiliyati, to„g„ri muomala qilish qobiliyati, kelajakni ko„ra bilish qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. Bu pedagogik qobiliyatlar shaxsning aqliy tomonini ham, emostional - irodaviy tomonini ham xarakterlab beradi. Bu sifatlarning hammasi bir-biri bilan o„zaro bog„langan bo„lib, bir-biriga ta‟sir etadi va bir bugunlikni hosil qiladi. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. 1. Bilish qobiliyati-fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega bo„lgan o„qituvchi fanni o„quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng chuqurroq biladi, o„z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha ko„zatib boradi. Unga nihoyatda qiziqishadi, tadqiqot ishlarini ham bajaradi. Ba‟zan o„quvchilar orasida: "X ni professor deyaber" ko„pincha biz u o„z sohasida bilmaydigan biror narsa bormikin deb o„ylab qolamiz", "U darsni butun vujudi, jonjahdi bilan o„tadi", yoki "Vajohati katta-yu, bilimining mazasi yo„q", kabi iboralar uchrab turadi. 2. Tushuntira olish qobiliyati-o„qituvchining o„quv materialini o„quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o„quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg„otish qobiliyatidir. O„qituvchi zarur hollarda o„quv materialini o„zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o„quvchilarga etkaza olishi darkor. O„qituvchi o„quvchining mustaqil fikrlashini rag„batlantira oladi. Lekin, ayrim hollarda shunday fikrlarni uchratamiz: "o„qituvchi opamiz hech narsaga yaramas edilar, yo„l-yo„lakay biror narsani mutlaqo tushuntirib bera olmasdilar." O„quvchilar ruhiyatini hisobga olib borish bu qobiliyatlarga asos qilib olinadi. qobiliyatli pedagog o„quvchilarning bilim va -kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo„yganliklarini tasavvur etadi. Ko„pchilik o„qituvchilarga, ayniqsa tajribasi katta o„qituvchilarga, o„quv materiali oddiy tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyulmaydi. Qobiliyatli, tajribali o„qituvchi o„zini o„quvchining o„rniga quya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo„lgan narsaning o„quvchilarga tushunarsiz va mavhum bir narsa bo„lishi mumkin ekanligiga asoslanib ish tutadi. SHuning uchun u bayon etishni xarakter va shaklini alohida o„ylab chiqadi hamda rejalashtiradi. Qobiliyatli o„qituvchi materialni bayon etish jarayonida turli o„quvchilarning tushuntirilayotgan materialni qanday o„zlashtirayotganlarini qator belgilar asosida to„g„ri aniqlab oladi va zarurat tug„ilgan hollarda bayon qilish usulini o„zgartiradi. SHuningdek qobiliyatli o„qituvchi o„quvchilarning saboqni o„zlashtirib olishlari uchun zamin tayyorlab, ularning dam olishdan ishga o„tishlari bo„shashish, lanjlik, loqaydliklariga barham berish uchun minimal darajada vaqt ajratish zaruratini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelmagunga qadar ish boshlamaydi. Masalan, darsning haddan tashqari zuriqish bilan va kuchli boshlanishi o„quvchilarda muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atalmish holatiga sabab bo„ladi, miya faoliyati tormozlanadi va o„qituvchining so„zlari etarli darajada idrok qilinmaydi. 3. Ko„zatuvchanlik qobiliyati o„quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati o„quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog„liq bo„lgan psixologik ko„zatuvchanlikdir. qobiliyatli o„qituvchi uncha katta bo„lmagan tashqi ko„rinishlar asosida o„quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o„zgarishlarini ham faxmlab oladi. o„quvchilarning ba‟zan shunday gaplarini eshitamiz: "qaramayottanga uxshaydi-yu, hamma narsani ko„rib turadi", "o„qituvchimiz biror o„quvchining xafa bo„lganini yoki dars tayyorlamaganligini ko„zidan biladi". 4. Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek imo-ishora vositasida o„z fikr va tuyg„ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o„qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. o„qituvchining nutqi darsda hamisha o„quvchilarga qaratilgan bo„ladi. o„qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o„quvchining javobini tahlil qilayottan, ma‟qullayottan yoki qoralayottan bo„lsa ham uning nutqi hamisha o„zining ichki kuchi, ishonchi, o„zi gapirayottan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o„quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo„ladi. o„qituvchining bayoni o„quvchilar fikri va diqiqatini yuqori darajada faollashtirishga qaratiladi. O„qituvchi o„quvchilar oldiga savollar qo„yib, ularni asta-sekin to„g„ri javob berishga olib boradi, o„quvchining diqqatini ishga soluvchi hamda fikrini faollashtiruvchi so„z va iboralar qo„llaniladi. o„qituvchi o„zundan o„zok jumlalar, murakkab so„z birikmalari, murakkab iboralarni qo„llashdan qochadi. O„rinli yumor, hazil, engilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi, uni o„quvchilar yaxshi qabo„l qiladilar. o„qituvchining nutqi aniq, jonli obrazli, talaffo„zi jihatidan erkin ifodali, hic-hayajonli bo„lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi cho„ziq zeriktiradigan nutq o„quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib qo„yadi. Ayrimlar tez, ayrimlar sekin gapirishga moyil bo„ladilar. O„quvchilarning o„zlashtirishlari uchun o„rtacha, jonli nutq yaxshi natija beradi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutqu o„quvchilar asabini bo„zadi, toliqtirib qo„yadi. 5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan o„quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarini hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o„z ishini to„g„ri uyushganligini nazarda tutadi. o„z ishini tashkil etish deganda ishni to„g„ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda to„tiladi. Tajribali o„qituvchilarda vaqtni o„ziga xos his etish ishlanmasini vaqtga qarab to„g„ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo„ladi. Dars davomida, kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari uchrab turadi. Ammo tajribali o„qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o„zgartira oladi. b. Obro„ orttira olish qobiliyati - o„quvchilarga bevosita emostional irodaviy ta‟sir ko„rsatish va shu asosda obru orttira olishdir. Obru faqat shu asosdagina emas, balki o„qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hakozolar asosida ham qozoniladi. Avtoritar qobiliyatlar o„qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat‟iyligi, talabchanligi va hakozolar) shuningdek o„quvchilarga ta‟lim - tarbiya berish mas‟uliyatini his etishga o„zini haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o„quvchilarga etkaza olish kabilarga ham bog„liq. o„quvchilar qo„pollik qilmaydigan, qo„rqitmaydigan, to„g„ri talab qo„ya oladigan o„qituvchini hurmat qiladilar. 7. Kommunikativ - to„g„ri muomala qila bilish qobiliyati. Bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o„zaro munosabat o„rnata bilish pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. 8. Kelajakni ko„ra bilish qobiliyati - o„z harakatlarining oqibatlarini oldindan kurishda, o„quvchining kelgusida qanday odam bo„lishi haqidagi tasavvur bilan bog„liq bo„lgan shaxsni tarbiyalab etishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. By qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog„liq bo„ladi. 9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati - o„qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari hajmi, kuchi, idora qilina olishi ham taraqqiy etgan bo„lishi muhimdir. Diqqat ayni bir vaqtda faoliyatning bir qancha turlari o„rtasida taqsimlanish qobiliyati o„qituvchining ishi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyat tajribali o„qituvchi mavzuni bayon qilish mazmunini va formasini o„z fikri yoki o„quvchi fikrini diqqat bilan ko„zatadi, ayni vaqtda barcha o„quvchilarni o„z diqqat e‟tiborida tutadi, toliqish, e‟tiborsizlik tushkunlik alomatlarini hushyorlik bilan ko„zatib boradi, barcha intizom bo„zish hollarini e‟tibordan qochirmaydi, nihoyat shaxsiy hatti harakatlarini ko„zatib boradi. Tajribasiz o„qituvchi ko„pincha materialni bayon qilishga berilib ketib o„quvchilarni e‟tibordan chetda qoldiradi. O„qituvchi yuqoridagi qobiliyatlardan tashqari sabr - toqatli, irodali bo„lishi va ibrat - namuna bo„la olish qobiliyatiga ega bo„lishi lozim. o„qituvchi o„quvchilarni o„zining shaxsiy namunasi, o„z shaxsiy hulq atvori va butun shaxsi bilan ham tarbiyalaydi. Bolalar uchun o„qituvchining har bir hatti harakati namunadir. Bu xolat o„qituvchidan bolalarga nisbatan juda ziyrak munosabatda bo„lishni talab etadi. SHuning uchun o„qituvchi o„zi o„qitadigan fanni mO„qammal bilish bilan birga yuksak axloqiy, ma‟naviy pok, irodali, nazokatli, sabr toqatli, qat‟iyatli, mehnatsevar, kamtar bo„lishi lozim. O„qituvchining irodasi va ahamiyatiga to„xtalib o„tgan maqsadga erishish yo„lida turgan qarama-qarshiliklarning bartaraf qilish uchun zo„r berish bilan bog„liq bo„lgan va ma‟lum maqsadga qaratilgan ongli hayotiy harakatlar irodaviy harakatlar deb nomlanadi. O„qituvchida irodaviy sifatlarning musaqillik, didaktik, qat‟iylik, o„zini tuta bilish kabi muhim tomonlari bo„lishi kerak. Mustaqillikning mohiyati shundan iboratki, o„qituvchi o„zining ish harakatlarning tevarak atrofdagilarning taziyini, tasodifiy taassurotlar bilan emas, balki o„z ishonch aqidalari, bilimlari va shu vaqtda qanday ish tutish kerakligi haqidagi tasavvurlarga asoslanib belgilaydi. Dadillikda o„qituvchi o„z vaqtida va ortiqcha ikkilanishlarsiz etarli darajada asoslangan qarorga keladi va shundan so„ng ularni o„ylab hayotta tadbiq etadi. Dadillik bilan bir qatorda qat‟iylik ham ishni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta‟minlovchi muhim sifatdir. Maqsadga erishadigan qiyinchiliklar uni hayiqtirmaydi, maqsad sari intilaveradi. Irodaviy faoliyatning yuksak darajasi o„zini tuta bilishdir. o„qituvchining sobitlilik, o„zini tuta bilish, hic-tuygulari, kayfiyati kechinmalarini, temperamentini boshqara olish sifatlari juda muhimdir. Har qanday vaziyatda o„zini tuta oladigan, o„zini yo„qotmaydigan, kupam asabiylashmaydigan va bolalarning asabini ham bo„zmaydigan o„qituvchini o„quvchilar afzal ko„radilar. Nerv sistemasining tipi (temperament) g„oyat barqaror, uni xoxlagan paytda tez o„zgartirib bo„lmaydi. Ammo uni qandaydir ma‟noda boshqarish, jumladan salbiy tip ko„rinishlarini tutib turish mumkin. o„z tipidagi ijobiy tomonlaridan foydalana oladigan va salbiy tomonlariga barham bera biladigan, nerv sistemasi istalgan tipining namoyondasi bo„lgan kishi o„qituvchi bo„lishi mumkin. o„qituvchi ishining muvaffaqiyatiga bu tiplardan tashqari, yuzaga keladigan vaqtincha psixik holatlar (kayfiyat) ham ta‟sir ko„rsatadi. o„qituvchilar kayfiyati yomon bo„lsa, ularning darslari ham yurishmasligini biladilar. Buni o„quvchilar ham sezadilar ularga ta‟sir qiladi. O„qituvchi ayrim hollarda xunob bo„lishi va g„azablanishi ham mumkin, lekin shu vaqt ham o„zini yo„qotmasligi kerak, qo„pollik va haqoratga o„tmasligi lozim. O„qituvchi bO„qilmas irodaviy xususiyatga ega bo„lishi, hayot va faoliyatda aslo og„ishmasdan maqsadni hatti harakatlarni amaliyotda qo„llashi lozim. o„qituvchining sabr toqatlilik xususiyati ushbu hollarda qamrab olinishi mumkin: turli xususiyatlardan tashkil topgan sinfni jamoa sifatida shakllantirishda; o„qituvchining xulq atvoriga, o„zlashtirish darajasiga, o„qishga munosabatiga, o„ta faolligi (sustligiga) vazminlik bilan yondashishda; shaxslararo munosabatdagi har xil nizoli, ziddiyatli holatlarga nisbatan shaxsiy fikrini bildirishda, ularning oldini olishda; maktab ichki rejimiga jamoatchilik topshiriqlariga, rag„batlantirishning zaifligiga, ba‟zi illatlar kurinishga toqat qilib faoliyat ko„rsatishda; milliy an‟analar bilan zamonaviylik o„rtasidagi ziddiyatda va boshqalarda. O„qituvchining andishalilik xususiyati muhim rol o„ynab, u pedagogik faoliyatning mazmundorligi, uning ta‟sirchanligi mezoni bo„lib hisoblanadi. O„qituvchining andishaliligi bir qancha holatlarda ifodalanishi mumkin: o„quvchi yoki ota-onaga etkazilishi, o„zatilishi mo„ljallangan axborot, xabar, ma‟lumotga o„qituvchining kasbiy nufo„ziga zarar keltirishi ehtimoli nuqtai nazardan kelib chiqqan holda yondoshiladi; o„quvchi shaxsiyatiga, o„qishga munosabatiga, snnf jamoasi o„rtasidagi nufo„zga sezilarli xalal berish ehtimoli mavjudligini hicobra olishda; ota-onalar bilan oila sha‟niga nisbatan salbiy kechinmalar paydo bo„lishini e‟tiborda tutishda; oilaviy nizolar, mojarolar, ziddiyatlar, janjallar oldini olish, ularning oqibatlarini tushunishda; shaxslar munosabat, muomala, muloqot sharoitini bo„zilishi va boshqa nozik holatlarni anglatadi va hakozo. O„qituvchining andishaligini, andishaning oti qo„rqoq qabilida tutmasligi kerak. Bag„rikenglik o„qituvchining bag„rikenglik xususiyati xulq odob ko„rinishlari, noxulq kechinmalari, ziddiyatlar oqibatlarini ruhiy dunyodan chiqarib tashlashda kurib ko„rmaslikka, sezib sezmaslikka olishda ko„zga tashlanadi. Samimiylik o„qituvchining maktab, sinf, turar joyda yuzaga kelayotgan ijobiy taraqqiyparvar voqealarga va hodisalarga nisbatan ilk munosabatini, undagi samimiylikni ifodalaydi. Uning asosiy mohiyati quyidagi hollarda ifodalanadi: hamkasblar faoliyati, yutuqlariga nisbatan xayrixoxlikda; shogirdlar yutuqlariga munosabatining tabiiyligida; kishilarning xulqi, tadbirkorligi ishbilarmonligi kabi fazilatlar va xususiyatlarni xolisona baholashda; el, yurt, xudud, jamoa, rypyh, zafarlariga jahon stivilizastiyasi va turli mohiyatdagi yaqqol voqeliklarga odilona munosabatda bo„lish va h.k. Empatiya va persteptiv kobiliyatlar. Falsafa tarixida qobiliyat o„zoq davrgacha “o„zgarmas irsiyat”, nasldannaslga o„tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan..Bunday qarashlar dastlab ingliz faylasufi J. Lokk va fransto„z materialistlari tomonidan tanqid qilingan.Qobiliyatni rivojlantiruvchi anatomik-fiziologik xususiyatlari tug„ma bo„ladi. Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyatidir.(Birgalikda dardlashmoq.) Persteptiv - idrok jarayonining asosiy to„zilishi 1-chi bo„lib, bu idrok ob‟ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. Didaktik qobiliyat - o„quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta‟lim qonuniyatlarini ham metodlarini o„rgangan holda,kishining ta‟lim bera olish qobiliyatidir shu bilan birga ibratli dars berishi. Konstruqtiv – o„qituvchining o„z ishini rejalashtira olishidir. Pedagogik faoliyat va uning tarkibiy to„zilmasi. Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik qobiliyatlarga bog„liq bo„ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi: ob‟ektga (talabaga) nisbatan sezgirlik; kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, muomalalik; persteptiv qobiliyatlar – kasbiy etO„qlik, empatiya, pedagogik tuyg„u; shaxs dinamikasi – irodaga ta‟sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati; hissiy barqarorlik - o„zini boshqara olish; kreativlik – ijodiy ish qobiliyati. Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko„nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. o„qitish, o„rganish va o„rgatish bo„yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi: talabani tushunishni ko„rish va sezish, bunday tushunishning darajasini va xarakterini o„rnatish qobiliyati; o„quv materialini mustaqil tanlab olish, o„qitishning samara beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati; materialni etarli bayon qilish, uning barcha talabalarga tushunarliligini ta‟minlash qobiliyati; talabalarning individualligini hisobga olgan holda o„qitish jarayonini tashkil etish qobiliyati; o„qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati; talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati; o„zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati; o„zining tajribasini boshqalar bilan baham ko„rish qobiliyati; mustaqil ta‟lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati. Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi: boshqa insonning ichki holatini to„g„ri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo„lish qobiliyati (empatiya qobiliyati); taqlid qilish uchun namuna bo„lish qobiliyati; tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati; muloqotning lozim topilgan uslubini, o„z o„rnini topish, kelisha olish qobiliyati; hurmat qozonish, talabalar o„rtasida obro„ga ega bo„lish qobiliyati. Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo„lgan qobiliyat alohida ajralib turadi. O„qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil etishni kommunikativ qobiliyat bilan bog„laydilar. Kommunikativ qobiliyat – bu pedagogik o„zaro aloqalar doirasidagi o„ziga xos tarzda namoyon bo„ladigan muloqot qobiliyatidir. Psixologiyaga oid adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir necha guruhlari farqlanadi: 1. Kishining boshqa kishini bilishi. Bu qobiliyatlar guruhida kishiga shaxs sifatida, shaxsning alohida qiyofasi, motivi va xatti-harakatlariga baho berishni, kishining tashqi ko„rinishi, xulqi va ichki dunyosi nisbatiga baho berishni; savlati, imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o„qiy» olishni qamrab olinadi. 2. Kishining o„z-o„zini bilishi. U o„z bilimlarini, qobiliyatlarini o„z xarakteri va o„z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo„lsa, shunday baho berishni ko„zda tutadi. 3. Muloqot vaziyatini to„g„ri baholay olish. Bu vaziyatni ko„zatish, uning ko„proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga kelgan vaziyatning sostial va psixologik mundarijasini to„g„ri idrok etish va baholash qobiliyatidir. O„qituvchi faoliyati turlari Oliy maktab o„qituvchisining kasbiy faoliyati turli yo„nalishlarda bo„ladi. Ulardan eng muhimlari tubandagilar: O‘quv pedagogik faoliyat. Bu faoliyat jamiyat talablariga mos ravishda oliy maktabda o„quv jarayonini tashkil etishga yo„naltiriladi. Oliy maktabdagi o„quv jarayoni uchun o„quv va ilmiy-tadqiqot ishlarining o„zviy bog„liqligi, talabalar faolligi va mustaqil ishlari ijodiy potenstial bo„lgan shaxs ahamiyatini oshirish xarakterlidir. Oliy maktabdagi pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy faoliyat qo„shib olib boriladi. Nazariy faoliyat yangi qonuniyatlarni ochish bilan bog„lanadi. Amaliy faoliyat muayyan vaziyatlarni yangilashga va pedagogik vazifalar tizimini hal qilishga yo„nalgan bo„ladi. O„qituvchi konkret fanni boshqa o„quv fanlari bilan o„zaro bog„lagan holda uning o„qitilish maqsad va vazifalarini belgilaydi, talabaning o„quv-bilish faoliyatini jonlantirishni ta‟minlaydigan o„qitishning mazmuni, zamonaviy shakl va metodlarini o„ylab topadi. O„qituvchi o„quv-pedagogik faoliyatining o„ziga xosligi uning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etishidir. Oliy maktab o„qituvchisining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda, N.V.Ko„zmina va Z.F. Esarova tadqiqotlariga tayanadilar. Ular quyidagi komponentlarni farqlaydilar: konstrO„qtivlik; tashkilotchilik; ilmiy bilish; kommunikativlik. KonstrO„qtivlik komponenti ilmiy-tadqiqot, o„quv-tarbiya ishlarida loyihalash yoki o„z konstrO„qstiyalash malakalarida ko„rinadi. Loyihalash malakasi – bu ilmiy izlanishni yoki o„quv-tarbiya jarayonini modellashtirishning intellektual malakalaridir. o„qituvchining loyihalash malakasi Z.F.Esarova tomonidan tadqiq etilgan. Oliy maktab o„qituvchisi faoliyatini tavsiflash va baholash uchun quyidagi sathlardan foydalaniladi: reprodO„qtiv. Bunda o„qituvchi faqat o„zining axborotlarini loyihalashtiradi, lekin auditoriyadagi talabalarning saviyalarini hisobga olmaydi; moslashuvchan. Bu sathda o„qituvchi o„quv axborotlarini auditoriyadagi talabalarning saviyalariga mos qilib modellashtiradi; lokal-modellashtirish. Bu sathda o„qituvchi axborotlarni bayon qilibgina qolmaydi, balki ayrim masalalar bo„yicha bilim, malaka va ko„nikmalar tizimini modellashtira olishi lozim; tizimli-modellashtirilgan bilim. Bu sathda konkret fanni o„zlashtirish uchun zarur bo„lgan o„z faoliyati va talabalar faoliyati tizimini modellashtiradi; tizimli-modellashtirilgan faoliyat. Bu sathda o„qituvchi talabalar bilan birga barcha o„quv-tarbiya ishlari tizimini modellashtira oladi. Tashkilotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o„quv-tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida ko„rinadi. Bu o„qituvchi, talaba va boshqa olimlarning o„zaro aloqador faoliyatidir. Tashkilotchilik faoliyati o„zini, o„zining vaqtini; talabalarning individual, guruh, kollektiv ishini; birgalikdagi tadqiqotlarini amalga oshirish uchun kadrlarni tanlab olish va ularning vazifalarini belgilab berishni tashkil etish malakasida namoyon bo„ladi. Tashkilotchilik faoliyatining asosiy vazifasi shu faoliyat ishtirokchilarining xatti-harakatlarini integrastiyalashdir. Ilmiy-bilish faoliyati. Bu faoliyat atrof-olamni va o„zini chuqur va har tomonlama bilish malakasida ko„rinadi. o„qituvchi o„z tadqiqotlari, talabalar va aspirantlarning ilmiy faoliyati jarayoni va natijalarini tahlil qiladi. Kommunikativlik faoliyati. Bu faoliyat safdoshlari va talabalar bilan maqbo„l o„zaro aloqalarni belgilash malakasini ko„zda tutadi. Kommunikativlik faoliyati asosida o„qituvchining o„z-o„zini boshqarish qobiliyati yotadi. Tadqiqotchilar pedagogik vazifani pedagogik jarayonning asosiy birligini namoyon etadigan o„ziga xos tizim sifatida izohlaydilar. V.A.Slastenin pedagogik vazifa deganda, bilish, voqelikni yangilash (o„zgartirish) maqsadi bo„lgan o„ylangan pedagogik vaziyatni tushunadi. o„qituvchining maqsadga yo„nalgan faoliyatida pedagogik vazifaning: strategik, taktik va operativ kabi uch katta guruhi farqlanadi. Strategik vazifa. Bu o„ziga xos ulkan vazifa. Strategik vazifalar ta‟limning umumiy maqsadlaridan kelib chiqadi. U jamiyat rivojlanishining ob‟ektiv ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu vazifalar pedagogik faoliyatning dastlabki maqsadi va yakuniy natijalarini aniqlab beradi. Joriy pedagogik jarayonda strategik vazifalar taktik vazifalarga aylanadi. Taktik vazifalar ta‟limning yakuniy natijalarini ta‟minlashga yo„nalganligini saqlab qolgan holda strategik vazifalarning u yoki bu bos- qichida hal qilinadigan vazifalardir. Operativ vazifalar pedagog amaliy faoliyatida joriy va birinchi navbatda hal qiladigan vazifalardir. Oliy maktab o„qituvchisining kasbiy faoliyat tahlili shuni ko„rsatadiki, bu kasb o„ta murakkab hamda o„ta ijodiy kasbdir.



Download 203 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish