Kurs ishining maqsadi: “Pedagogik qarovsiz” bolalar muammosi va ular bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogning vazifalari, pedagogik xususiyatlarni o’rganish.
Kurs ishining vazifalari: Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqotlarimiz oldiga quyidagi vazifalarni qo’ydik:
“Pedagogik qarovsiz” bolalarning shakllanish omillar
“Pedagogik qarovsiz” bolalar ijtimoiylashuvidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida qo’llanilayotgan chora tadbirlar
“Pedagogik qarovsiz“ o’smirlarda kechadigan psixologik kechinmalar va ularning tahlili
“Pedagogik qarovsiz” bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogning vazifasini o’rganish va pedagogik jihatdan tahlil etish
Kurs ishining obyekti: “Pedagogik qarovsiz” o’smirlar bila ishlashda ijtimoiy pedagogning vazifalarini o’rganish jarayoni. Toshkent viloyati Toshkent tumani 22- maktab o’quvchilari
Kurs ishining predmeti: “Pedagogik qarovsiz” o’smirlar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogning o’rni va vazifalarini o’rganishning shakl, metod, vositalari mazmuni.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Pedagogik qarovsiz qolgan bolalarni shaxs hususiyatlari omillari
Hammamiz ham deyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman ko’rinishlari - tajovuskorlik, zararli odatlar, qonunga zid harakatlar bilan to’qnashamiz. Shu kabi muammolar bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ko’p yillardan beri qator savollarga javob izlamoqdalar. Bunday axloqning sababi nimada bo’lishi mumkin? Nima insonni qayta – qayta o’ziga va atrofdagilarga zarar keltirishga majburlamoqda? Bundan qanday qutilish mumkin? Va nihoyat “og’ishgan xulq”, “pedagogik qarovsiz”,”deviant” atamasidan foydalanish qonuniymikan?
Deviantlik, og’ishgan xulq, pedagogik qarovsiz psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni himoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda jonli qiziqishuyg’otib kelgan. “Pedagogik qarovsiz” xulqi mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega. Atamaning “og’ishgan xulq”, ya’ni “ijtimoiy me’yor” tushunchasi bilan payvasta ekanligi muammoni ko’p marotaba murakkablashtiradi, chunki me’yorning chegaralari o’ta shartli , insonda esa barcha ko’rsatkichlar bo’yicha absolyut me’yorning o’zi mavjud emas.
Yondashuvlarning turli – tumanligi shaxs xulqini og’ishganligini tashxis qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy – psixologik yordam ko’rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni ochishda ham ko’zga tashlanadi.
Ijtimoiy pedagogika va “Pedagogik qarovsiz” psixologiyasi fanining asosiy maqsadi o’quvchilarda shaxs og’ishgan xulqi muammolarini zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishida yordamlashishda ko’rinadi. Og’ishgan xulqni tushuntirish uchun turlicha psixologik kontseptsiyalar qimmatini tan olgan holda kognitiv – axloqiy yondashuvlarni ustuvor sifatida ajratamiz.
“Pedagogik qarovsiz” tushunchasining ko’p ma’noliligi va bu bilan bog’liq bo’lgan terminologik chalkashliklar, har birimizning ichki dunyomizga xos bo’lgan shaxsiy ozodlik ehtiyoji va jamiyatning cheklashlari orasidagi qarama – qarshilikdir. Og’ishgan xulq fenomeni mavjudligining o’zi “ozodlik yoki zaruriyat” dilemmasi faktini tasdiqlaydi, xatto jamiyatning umidlariga qarshi har bir odamning shaxsiy tanlovchi predmeti hisoblanadi.
Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy vazifalari O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Ta’lim to’g’risidagi” qonunining, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va Respublika rahbariyatining dasturiy fikrlari mazmunidan kelib chiqqan bo’lishi kerak, ya’ni:
Maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish;
O’quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish, ularning bo’sh vaqtlarini ma’noli tashkil qilish;
Bolalarga ta’lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o’quv-uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o’quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta’minlash;
O’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo’yicha kasb asoslariga yo’naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
Yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlar amalga oshirish;
O’z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo’lida muvofiqlashtirish;
Pedagogik qarovsiz, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishash, oilalarga pedagogik yordam berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |