1. Didaktik qobiliyatlar - bu bolalarga o’quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson-qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg`otib, ularda mustaqil fasl fikrlashni uyg`ota oladigan qobiliyatlardir.
Didaktik qobiliyatlarga ega bo’lgan o’qituvchi zarurat to’g`ilganda qiyin o’quv materialarga osonroq murakkabrog`i soddaroq, tushunishi qiyin bo’lganini tushunarliroq-qilib o’quvchilarga moslashtirib bera oladi. O’qituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o’quvchilar odatda; o’qituvchining eng muhim tomoni Ham uning Hamma narsani aniq ravshan va tushunarli qilib berishida, bunday o’qituvchining qulida mazza qilib o’qiting keladi»; «Unisi esa Hech narsaga yaramaydigan o’qituvchi, hech Ham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «o’quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mehanizmlar bordek, zyerikarli va noaniq mujmal qilib tushuntaradi. -Biz bunday o’qituvchilarni yoqtirmaymiz» - deydilar.
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat, shunchaki bilimlarni osonroq Hammabop va tushunarli qilib o’quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatining emas, balki, shu bilan birga o’quvchilarnnng mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini- oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni keraqli tomonga yunaltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o’z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar asosida o’quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka yunaltirish yotadi. qobiliyatli pedagog o’quvchilarning tayyorlik darajasini ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.
Ko’pchilichk o’qituvchilarga ayniqsa-xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiygina va hech qanday «alohida tushunitirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.
Bunday o’qituvchilar o’qituvchilarni emas, balki birinchi galda o’zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun materialini o’ziga qarab tanlaydilar. qobiliyatli, o’qituvchilar asa o’zlarning o’quvchi o’rniga qo’yib, kattalar uchun ravshan va tushunarli bo’lgan matorial o’quvchilar uchun tushunarsiz bo’lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo’ladilar.
Shuning uchun ham bunday o’qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o’ylab ko’rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o’qituvchi uchun o’quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo’lganda dars bayonotiga alohida e'tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to’g`ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko’ra bilish xarakteridagi matnda o’qituvchnning fikri ayrim sinf o’quvchilari uchun qiyin deb Hisoblangan qismlarni alohida ko’rsatib, nima o’chun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib bergan, shundan so’ng esa matnni o’quvchilarga yengil va ularning o’zlashtirishlari uchun qulay qilib to’zish tavsiya etiladi.
Qobiliyatli o’qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o’zlashtirish, o’quvchilarga bir oz nafas olib, o’zlariga kelib olishlari va o’z diqqat-e'tiborlarinn bir joyga qo’yib, ayrim qo’zg`alishlarni «so’ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, ularning bo’shashganligini, sustligini va loqaydligini yengishlari uchun zamii tayyorlash zarurligini ham nazarda to’tadi. Bunday o’qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o’quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishning vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o’qituvchining so’zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |