O`qituvchi shaxsining axloqiy sifatlari.
O`qituvchilik kasbi eng kiyin, Lekin shuning bilan birga faxrli va olijanob kasblardan biridir. «O`qituvchi eng ma'suliyatli vazifa sohasida ishlaydi, - degan edi M.I.Kalinin, u insonni shakllantiradi».O`qituvchilik kasbining alohida urn iva ahamiyatini ta'kidlamokni xoxlasalar, uning «barcha kasblarning onasi» deb atashlari tasoddifiy emas.
O`qituvchi o`quvchilarni maktab programmalarida tutilgan ilmiy bilimlar sistemasi bilan qurollantiradi,ularning dunyoqarashini shakllantiradi, ko`zatuvchanlik xotira,dikkat va xayolini rivojlantiradi,ijodiy fikr yuritishga o’rgatadi, hissiyot va irodasini tarbiyalaydi, qobiliyatlarini rivojlantiradi, xarakterini shakllantiradi.
O`qituvchi o`zining barcha ta'lim tarbiyaviy ishlarini rejali ravishda ,uni asosiy maqsad – «o`zida ma'naviy boylikni ,axloqiy poklikni va jismoniy kamolotni o`zida garmonik xolda mujassamlashtirgan yangi odamni tarbiyalash»maqsadiga kun sayin buysundirgan xolda olib boradi.
O`qituvchi o`quvchi shaxsining shakllanishi faqat darslarda va sinfdan tashqari mashgulotlardagina boshqarib qolmaydi. O`qituvchi o`zining shaxsiy namunasi tashqi kiyofasi va xatti-harakati Bilan o`zining ichki ma'naviy sifatlari Bilan ba'zan o`zi syezmagan xolda o`quvchilarga ta'sir ko`rsatadi.Ularning idyeali bo`lib koladi. Kishi ko`pincha o`zi eng yaxshi ko`rgan o`qituvchisining ta'siri ostida o`z hayot yo`lini tanlab oladi.
Ulug rus pedagogi, bolalar psixologiyasini chuqur bilimdoni K.D.Ushinskiy bunday deb yozgan edi: «Tarbiyachi shaxsining yosh kalbga ta'siri shunday bir tarbiyaviy kuchni tashkil etadiki, uning urnini na darsliklar, na axloqiy va'z-nasixatlar, na jazolash na rrag`batlantirish sistemasit bosa oladi».
Maktab ishi amaliyotsiga ta'limning texnika vositalari tobora ko`proq joriy qilinayotgan hozirgi bir davrda, o`qituvchining o`quvchi shaxsini shakllantirishdagi roli hech bir kamaymaydi.
Akadyemik M.M.Lavrentev bu hakda juda yaxshi gapirgan. Undan, ertangi kun o`qituvchisini qanday tasavvur etasiz, deb suraganlarida, u bunday deb javob bergan: «Avvalo o`qituvchini tasavvur qilaman, lekin mashinani emas. Ishonamanki, kibernyetika inson uchun xozirgi kunda mumkin bo`lmagan baxt-saodat keltiradi, uni insonga yarashmaydigan juda ko`p bir xildagi mashgulotlardan ozod qiladi.
Shubhasiz, u o`qituvchining ishini ham chetlab utmaydi. O`qituvchining odat bo`lib kolgan kator vazifalari, jumladan, syermashakkat daftar tekshirishlar, vaqt utitishi bilan, albatta, mashinaga utadi. Lekin mashina, u qanchalik takomillashgan bulmasin, murabbiy va tarbiyachilik rolitni bajara olishga sira ham ishona olmayman.
O`quvchi shaxsi rivojlanishini boshqarishi va unga rahbarlik qilish uchun, o`z shaxsiy namunasi bilan unga ta'sir etish uchun o`qituvchining o`zi tarbiyalangan bo`lishi, o`qituvchi o`zi tarbiyalamokchi bo`lgan sifatlarga ega bo`lishi kerak.
O`qituvchining ma'naviy kiyofasi boy va o`ziga xosdir. O`qituvchi haqida faqatgina u o`z ishini hamda bolalarni sevadi deyishining o`zi kamlik qiladi. U faqat o`qituvchi, yosh avlodning murabbiysigina emas, balki u tyeng xuquqli kurilishining aktiv ishtiroqchisi hamdir.
O`qituvchiga faqat bolalargina emas, balki ularning ota-onalari, umuman kumak, va maslaxat olmokchi bo`lgan hama kishilar ham kishilar ham murojat qiladilar. Buning sababi shundaki, o`qituvchi yoqsak ukimishliligi bilan birga ijtimoiy va shaxsiy hayotda kamtarlik, insonparvarlik, sofdillik, rostguylik va oddiylik kabi axloqiy normalar ukiutvchi ma'naviy kiyofasining ajralmas sifatlarai bo`lib kolgan.
O`qituvchi jamaodan tashqiarida, uning o`ziga xos bo`lgan. har doim va har ishda o`z hamkasblariga yordam berishga intilishsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`qituvchi- zarur paytda o`z tajribalarini urtoklari bilan birgalikda baham ko`radigan, o`z maktab jamoasining muvaffakiyati uchun, mamalakatimizda bolalarni o`qitish va tarbiyalashning umumiy axvoli uchun jon kuydiradigan jamoadir.
O`quvchilarga muvaffakiyatli ravishda ta'lim va tarbiya berish uchun o`qituvchi har bir kishiga xos bo`lgan yoqsak axloqiy sifatlar bilan birga, alohida pedagogik fazilatlar katoriga avvalo pedagogik qobiliyatlarni, shuningdek aql, hissiyot va irodaning ba'zi bir o`ziga xos xususiyatlarini kiritish mumkin.
Biz o`qituvchi uchun tipik bo`lgan shaxsiy qobiliyatlarni shakllantirish to`g`risida gapirganimizda, faolyaitning xal qiluvchi xal qiluvchirolini e'tirof etishga asoslanamiz. Hech qaysi bir pedagog, xatto talantli bo`lsa ham, tayyor o`qituvchilik mayllari va xislatlari bilan tugilmaydi. O`qituvchi shaxsining hama yaxshi xislatlari, uning pedagogik maxorati, avvalo pedagogik faoliyatiga tayyorlanish jarayonida keyinchalik esa bolalar bilan olib boradigan ta'lim-tarbiyaviy ishlari jarayonidagi mashakkatli mehnat natijasida hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |