Pedagogik-psixologik fanlarini o`qitish metodikasi moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi



Download 0,58 Mb.
bet7/48
Sana10.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#650436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
psixologiyani o`qitish metodikasi fanidan mustaqil ta`lim uchun1

Metodika tushunchasi
Metodika - ta'lim tizimida kuyidagi predmetning ahamiyati va urni, uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniklab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshkarilishiga izoh keltiradi
Quyidagi o`quv predmetning ahamiyati va uning ta'lim tizimidagi o`rnini belgilash uyidagi o`quv predmetni o`qitish vazifalarini aniqlash.quyidagi o`quv predmetni o`qitish mazmunini aniqlash
qollash bo`yicha bayon qilish va boshqarish


Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.
Fanning predmeti. Yosh davrlari psixologiyasining predmeti insonning ontogenezida psixik rivojlanish jarayonini shakllanishi xamda uzaro munosabatlari konuniyatlarini urganishdir.
Pedagogik psixologiyaning predmeti esa ta’lim va tarbiya jarayonining psixologik mexanizmlari va konuniyatlarini urganishdir.
Keyingi yillarda o’qituvchilarni psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga aloxida e'tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda kelajak avlodning yetuk, barkamol inson kilib tarbiyalashda o’qituvchilarning urni benixoyat oshgan. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchidan oliy o’quv yurtida o’z mutaxassisliklarini chuqur egallashdan tashqari O’quvchilar psixikasidagi yosh va individual xususiyatlarni farklay olishga, bola taraqqiyoti jarayonini kuzatishdan to’g’ri psixologik-pedagogik xulosalar chiqara bilishga o’rganish talab etilmoqda. Chunki bu – ta'lim va tarbiya sirlarini mukammal egallaydigan o’qituvchilar tayyorlashning muxim sharti xisoblanadi.
Agar pedagog insonni har tomonlama yetuk kilib tarbiyalamoqchi bo’lsa, ya'ni komil insonni voyaga yetkazish uchun uni, har tomonlama o’rganishi kerak. Psixologiyaning nazariy muammolarini chuqur o’rganmay turib, mazkur fandan hech bo’lmaganda sodda va bajarilishi oson bo’lgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish ko’nikma va malakalarini egallamay turib, O’quvchilarning psixik xususiyatlarini bilishga erishib bo’lmaydi, albatta.
Ko’xna va hamisha navqiron mamlakatimiz uchun ijtimoiy taraqqiyot psixologik nuqtai nazardan idrok qilinsa, mantiqiy taxlil etilsa, xalkimizning etnopsixologik bilimlardan ta'lim va tarbiya jarayonida foydalanganligi, xarbiy yurishlarda jangchilarga psixologik ta'sir o’tkazganligi, ularda ishonch va e'tiqod hissi uyg’otganligi, muomalaning verbal va noverbal ko’rinishlarini amaliyotda qo’llanganligi, o’rta asrlarning Forobiy, Beruniy, Xorazmiy singari zabardast olimlarining ijodiy maxsullaridan tortib to XX asrning 30-yillari oralig’ida ilmiy tadqiqotlar qilinganligi bunga isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir.
O’zbekistonda oliy maktablarda psixologiya o’quv fani sifatida 1928 yildan o’qitib kelinmoqda. (Xuddi shu davrda L.S.Vigotskiy Urta Osiyoda, O’zbekistonda ommaviy ma'ruzalar o’qiganligi mazkur jaayonni tezlashtirgan asosiy omil bo’lganligiga xech shak-shubxa yo’q»).
Psixologiya fanining ijtimoiy hayotda nufuzi har soniya sayin ortib bormoqda. Shu tufayli pedagogika institutlari va bilim yurtlarida uni o’qitish yo’lga qo’yila boshlandi. Mazkur soxa bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’rta Osiyo Davlat Universitetida 1938 yilda (Hozir Milliy Universitet) logika va psixologiya bulimi ochildi. 50-yillarning 2-yarmidan boshlab pedagogika institutlarida va bilim yurtlarida psixologiya bo’limlari ochildi. Ayniqsa qisqa muddatli 15 va 9 oylik ommaviy psixologlar tayyorlash kurslarining ommaviylashuvi psixolog-mutaxassislarga extiyojning kuchayganligini bildiradi.
Hozirgi davrda respublikamizning barcha oliy maktablari va o’quv yurtlarida, hattoki maktablarida psixologik bilimlar aloxida e'tibor bilan o’qitilmoqda. (shaxrimizning 23-maktabidagi bank sinfida xam psixologiya fani ukitiladi).
Mamlakatimizda oliy ta'lim kup boshqichli tizimga (bakalavriat, magistratura, aspirantura, doktorantura) o’tish munosabati bilan psixologiya fanini o’qitishning o’ziga xos tashkil etishni takozo etmoqda, demak, talabalarga bu soxa buyicha bilim berish ularda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni takomillashtirish uchun kuyidagi yirik yunalishlarda ijodiy psixologik-pedagogik izlanishlarni amalga oshirish lozim.
1. Psixologiya fanining metodologik muammolari va ularning talqini.
2. Psixologiyaning nazariy materiallari va ularning taxlili.
3. Psixologiya o’qitishda etnopsixologik mexanizmlardan foydalanish.
4. Uning ommaviy talqini, tadbikiy jabxalarini mukammallashtirish:
a) amaliyot, praktikum, laboratoriya mashgulotlari sifat darajasini kutarish.
b) diagnostik, prognostik metodikalar xamda testlardan foydalanish.
v) individual va ijtimoiy treninglarni ommaviylashtirish.
5. Ukitishning maxsuldor, faol va innovatsion metodlarini ta'lim tizimiga yoyish.
6. Psixologiya o’qitishda gumanizatsiya – assotsianizm, psixoanaliz, kognitivizm, geshtaltpsixologiya, empirizm, gumanistik psixologiya va boshqa yo’nalishlarni ilmiy metodologik, ilmiy nazariy va amaliy jixatlardan nuqson qidirmasdan, balki ularning eng oqilona, taraqqiyparvar tomonlarini amaliyotga tadbiq etish tavsiyanomasini ishlab chiqish zarur.
Jaxon psixologiyasida yaratilgan metodlar, metodikalar, testlar, anketalar, zamonaviy apparatlar, laboraoriya mashgulotlari o’tkazish instruktsiyasi, trening, kompyuter dasturlari, praktikum, psixologik kabinetlardan foydalanish uslubi va qo’llanmalarni maxalliy sharoitga moslashtirish va uni sinab ko’rishni keng yo’lga qo’yish orqali.
Insonning muayyan xususiyatlarini to’la ochish imkoniyatiga erishish. Psixologiyaning predmeti va ob'ekti mavxum shaxs, xodisa, xulk-atvor, faoliyat va muammoga qaratilmasligi balki real inson, ma'lum yosh, anik jins xususiyatlari yo’zasidan ma'lumot berishga yunaltirilganligi ayni muddaodir. Ana shu jarayondagina tabiatga va jamiyatga munosabat shaxs bilan favkulotdagi vaziyat bilan o’zviy boglab urganish imkoniyatini yaratadi. Nazariy muammoni amaliy turmush bilan alokasini okilona tushuntirish va yakkol namuna keltirish orkali ularga sharx berish talqinini jonlantiradi, talabani insoniy fazilat sifat va xislatlardan andoza olishga etaklaydi.
Psixologiya printsiplari mavzuni ukitishda va uning determinatorlari ong va faoliyat birligida o’zviylik, uygunlashuv o’zaro aloka etuvchanlik xususiyatlari tugrisida tarakkiyotning psixologik tabiati, unda ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar xamda omillar ularning boshqichlari usishi (biologik) rivojlanish (psixik), kamolot, tarakkiyot yo’zasidan dolzarb yakkol muammolar moxiyati bilan boglab axborot berish fanning tadbikiyligini kuchaytirishga xizmat kiladi. Ong va uning psixologik tavsifi tugrisida ma'lumot berilayotganda inson ongi mavjudot deyish bilan cheklanmasdan, balki u ongsizlik ongostlilik va onglilik xolatlarini munosabatlari, funktsiyalari o’zgarishi ularning o’zaro o’zluksiz ravishda urin almashtirib turishini ta'minlashni ta'kidlab utish muammolaridan ayrim chigalliklarga yordam beradi.
Zamonaviy kadrlar oldiga kuyiladigan eng muxim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o’zligini o’z kobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat xamda xislatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mexnatini okilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mexnatning boshka soxalarida iktidorli kasb soxibi sifatida faoliya ko’rsatishdir. Bu urinda inson ruxiyati konuniyatlarini urganuvchi psixologiya fanining urni va roli benixoya kattadir.
XXI asrda juda kuplab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib urin olgan mustakil O’zbekistonda xam barcha soxalarda tub isloxotlar boshlandi. Bu isloxotlarning barchasi inson omilini xar kachongidan xam yukori saviyaga kutarib, uning kuchi, idroki saloxiyati, ruxiy xamda ma'naviy barkamolligini bevosita tarakkiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan o’zviy bogladi. Bunda inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida kaygurishi muammosi xar kachongidan xam dolzarb masalaga aylandi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish