Pedagogik-psixologik fanlarini o`qitish metodikasi moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi


O’qitish texnologiyalari blok sxemasi



Download 1,36 Mb.
bet28/140
Sana29.12.2021
Hajmi1,36 Mb.
#74710
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140
Bog'liq
Pedagogik-psixologik fanlarini o`qitish metodikasi moduli bo`yic

O’qitish texnologiyalari blok sxemasi.

YUqorida ko’rsatilgan 1-rasmning o’ng tomonida shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari keltirilgan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bu yerda ko’rsatilgan o’qitish texnologiyalaridan, jumladan ishbilarmon (amaliy pedagogik) o’yinlari, muammoli ta’lim, dasturlashtirilgan ta’lim va boshqalardan ilgarilari ham ta’lim jarayoniga qo’llaganmiz. Ammo, ta’limning milliy modelida shaxsga asosiy, hal qiluvchi o’rin berilgandan so’ng bu texnologiyalarning har birini shaxsning mavjud imkoniyatlarini to’la ro’yobga chiharish bo’yicha ahamiyati yanada oshdi. Ayni paytda hozirgi kunda axborotning hajmi, xilma-xilligi, uni egalashga moyilligi va vositalarining yetarliligi, samarali indivudual va mustaqil o’qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan pedagogning tinglovchiga bo’lgan munosabati jihatidan uning «Sardor»likdan, uning sherigiga, hamkoriga aylanmoqda.

Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining kommunikativ asosi – pedagogik jarayonda tinglovchiga insoniy-shaxsiy yondashishdir. Buni bir-birini to’ldiradigan, shaxsiy-insoniy munosabatlarni rivojlantiradigan 1-2-3 slaydlarda ko’rish mumkin.








O’rnatilayotgan yangicha munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi kunda natija bermaydigan va noinsoniy hisoblangan zo’ravonlik pedagogi-psixologiksidan voz kechishdir, chunki tarbiya jarayonida zo’ravonlik aslo mumkin emas, jazolash insonni kamsitadi, ezadi, uning rivojlanishini susaytiradi.

Isloh qilinayotgan ta’lim muassasalarida o’quvchi yoshlarni erkin, majburlashsiz o’qitish, ularning shaxsiga indivudual yondashishning mazmun-mohiyatini namoyon qilish juda muhimdir. SHu bois diqqatingizni 4-5 slaydlarga tortamiz.

An’anaviy o’qitish texnologiyasining boshqa qusurlarini ham namoyish qilish maqsadida 1-rasmning chap tomoniga diqqatingizni jalb qilmoqchimiz. Ko’rinib turibdiki, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadini, ya’ni mamlakatimizda rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimini, ularda o’ziga xos va nostandart fikrlash qobiliyatini o’stirishni, o’z ustida doimiy ravishda chidam va matonat bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishni an’anaviy o’qitish texnologiyasi asosida amalga oshirish mumkin emas.


Endi tinglovchilarni bilim olish faoliyatini faollashtirish, ularning tabiiy iste’dodini namoyon qilish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beraoladigan yuqorida ko’rsatilgan o’qitish texnologiyalaridan biri «Amaliy pedagogik o’yinlar» orqali umumiy, o’rta maxsus va kasb-hunar muassasalari ta’lim jarayonida tez-tez uchrab turadigan turli-tuman vaziyatlarni yechish yo’l-yo’riqlarini topish mumkin. Oliy maktabda tinglovchilarni maktabda o’quv tarbiyaviy ishlarga tayyorlashda amaliy pedagogik o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. SHu bois ulardan ayrim namunalar keltiramiz:

- pedagogik nutq «texnikasi»ni rivojlantirishga doir amaliy o’yinlar;

- psixologik holat va pedagogik faoliyat texnikasiga doir amaliy o’yinlar;

- pedagogik jamoa rahbar «roli»ga doir amaliy pedagogik o’yinlar;

- tinglovchilarda amaliy pedagogik o’yinlar jarayonida turli xil tarbiyaviy ishlar shakllarini qo’llash malakalarini hosil qilish o’yinlari;

- tinglovchilarni «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga rahbarlik qilishga tayyorlashga doir amaliy o’yinlar va h.k.

Bu sohada SamDU pedagogi-psixologik va psixologiya kafedrasida bajarilgan ishlar ko’lami to’g’risida tasavvur hosil qilish uchun yuqorida ko’rsatilgan amaliy o’yinlar turlari bo’yicha ayrim namunalar keltiramiz: Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha «Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limi darsi» o’quv-amaliy o’yini; «Kasbiy konkurs» pedagogik o’yini va h.k. O’rta maktab matematika o’qituvchisi ta’lim yo’nalishi bo’yicha: «Mavzuli rejalashtirish» amaliy o’yini; «Masala yechish darsi» rolli o’yini va h.k.

Tarbiyaviy ishlar bo’yicha:

«Pedagogik dialog» amaliy o’yini, «Suyunchi» pedagogik o’yini;

«Pedagogik kengash» amaliy o’yini;

«Ma’naviyat soati» pedagogik o’yini;

«Maktabda o’quvchilar hayoti» amaliy pedagogik o’yini va h.k.



Ta’lim-tarbiya jarayoniga shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarni joriy etish bo’yicha bajarilgan ishlarni barcha tafsilotlari ustida to’xtalmasdan, pedagogik amaliy o’yinlarni tayyorlovchi va o’tkazuvchi bo’lajak o’qituvchining faoliyatini hamda bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachi nutqini pedagogik-psixologik tahlil qilish sxemasini umumlashgan holda 9-10 slaydlarda keltirilgan. Ulardan ko’rinadiki, amaliy pedagogik o’yin mazmuni bo’yicha ham, hajmi bo’yicha ham murakkab hodisadir. Pedagogik o’yinni tahlil qilish tinglovchidan fanning juda ko’p tushunchalarini egallashni, pedagogik va psixologik bilimlarni integratsiyalashni, pedagogik jarayonda hodisaning asosiy belgilarini ajratib olish ko’nikmalarini, ilmiy tushuncha-kategoriyalar bilan ishlay olish malakasini talab qiladi.

Tahlilni pedagogik ko’nikma sifatida murakkabligi shundan iboratki, amaliy o’yinlarda tinglovchi mustaqil ravishda ijodiy izlanish olib borishga va yangi mahsulot yaratishga majbur bo’ladi. Bunday ko’nikmalarni tinglovchi odatdagi, an’anaviy ta’lim texnologiyasida egallay olmasligini bugungi kunda guvohi bo’lib turibmiz.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida bayon qilingan o’yinlar shaklida tinglovchilarni tarbiyaviy ishlarga o’rgatish 5 bosqichni, ya’ni tinglovchini tarbiyaviy ishga o’rgatishning asosiy vazifasini aniqlash va amaliy o’yinni tanlash; o’yinchilar mikroguruhlarini tashkil qilish; repititorlik ishi; amaliy o’yinlarni o’tkazish hamda mashg’ulot so’nggida tinglovchilar faoliyatini pedagogik-psixologik tahlil qilishni o’z ichiga oladi.

O’quvchi shaxsini rivojlantirishga haratilgan texnologiyalar orasida 1-rasmda ko’rsatilganidek, imitatsion amaliy pedagogik o’yinlar ham mavjud bo’lib, ular ta’lim-tarbiya jarayoniga osonroq joriy etish mumkinligi bilan ajralib turadi. Imitatsion pedagogik o’yinlar yordamida o’qituvchi o’quv-tarbiya jarayonida vujudga keladigan turli-tuman pedagogik vaziyat (muammo)larni ta’lim oluvchining bevosita va faol ishtirokida hal qilish orqali ularni bilish faolligini jadallashtirishga, ijodiy safarbarligini oshirishga, mustaqil ravishda yechim va xulosalarga kelishga, o’z bilimlari orqali murakkab muloqotga kirishishiga erishadi.

Hozirgi kunda imitatsion o’yinlar bir qator pedagogik va metodik fanlar bo’yicha ishlab chiqilgan bo’lib, ular asosan seminar va amaliy mashg’ulotlarda qo’llanilmoqda. Masalan, pedagogi-psixologik, kasbiy ta’lim, tarbiyaviy ishlar metodikasi kabi fanlar bo’yicha mashg’ulotlar (ish o’yinlari)da fan o’qituvchi, sinf rahbari, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari va hokazolarning funktsional vazifalarini tinglovchilar ularning roliga kirib, mustaqil ravishda o’zlashtiradilar.




Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish