Pedagogik menejmentning tamoyillari va funksiyalari
Reja:
1.Boshqarishning asosiy tamoyillari.
2.Boshqarish funksiyalari to’g’risida tushuncha.
3.Boshqarish funksiyalari ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Boshqarishning asosiy tamoyillari.
Tamoyil – faoliyatning asosiy qoidasi, dasturilamal g’oya.
Boshqarish tamoyili dasturilamal qoida, xulq me’yorlari, uning standartlari bo’lib, iqtisodiyotga rahbarlik unga asoslanadi.
Boshqarish tamoyillari bir-biri bilan o’zaro bog’liq va amaliyotda yaxlit holda foydalanilishi lozim. Boshqarish tamoyillari rahbarlikning oltin qoidalarini o’zida namoyon etadi. Bu qoidalar majmuasining amalda ro’yobga chiqarilishi boshqarish tizimining sifatli ishlashini ta’minlaydi.
Boshqarish tamoyillarining mohiyati va ularning tahlili.
1. Zaruriy turli-tumanlik va tezkor harakat tamoyili. Boshqaruv organi ishlab chiqarish jarayonida ehtimoliy xilma-xillik va tashqi muhit taasurotlari tezligiga qaraganda ko’p turli hamda tezkor xarakatlar dasturiga ega bo’lishi lozim.
2. To’g’ridan-to’g’ri o’zaro tobelik tamoyili. Har bir xodim barcha ishlab chiqarish masalalarida bitta rahbarga tobe bo’lishi lozim. Bu qoida har bir xodim faqat bitta rahbardan topshiriq olishi va unga hisobot berishiga imkon yaratadi. Shu bois xodim bittadan ortiq rahbardan topshiriq olmasligi lozim.
Nazoratning ko’lami tamoyili. Biror rahbar boshqarish me’yori oshib ketgan miqdordagi xodimlarni samarali boshqara olmaydi. Rahbariyat uchun qo’l ostidagilarning yetarli deb hisoblanadigan miqdori turli darajadagi boshqaruv tizimlarida turlichadir. Jumladan, doimiy rahbarlar uchun qo’l ostidagilarning yo’l qo’yiladigan me’yoriy miqdori quyidagi chegaraga ega: brigadir -25; sex boshlig’i-18; direktor-12; vazir -5.
4. Huquq, majburiyat mas’uliyat muvofiqligi tamoyili. Rahbar yoki xodim muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi uchun uning huquq, majburiyat va mas’uliyati bir-biriga muvofiq kelishi lozim. Majburiyatlar xodim o’z vazifasini hal etishi uchun boshqarishi lozim bo’lgan ochiq bir xatti-harakat sifatida shakllanadi. Majburiyatlar ta’rifini, agar xodimning tezkor rejasiga o’zgartirishlar kiritish majburiyatni to’liq bajarish paytida qayd etish zarur bo’lsa, qoniqarli deb hisoblash mumkin. Huquq hokimiyat o’lchovidir. Huquq shunday mehnat shart-sharoitini o’z ichiga oladiki, ularsiz xodim o’z majburiyatlarini bajara olmaydi. Mas’uliyat xodim o’ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajara olmaydi. Mas’uliyat xodim o’ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganda unga qo’llaniladigan sanksiyadir.
5. Vakolatni amalga oshirish tamoyili. Rahbar qo’l ostidagi xodim muvaffaqiyatli bajarayotgan ishni o’zi bajarmasligi lozim. Rahbarning asosiy vazifasi o’zi bajarishi lozim bo’lgan to’rt majburiyatni o’z ichiga oladi:
- kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish;
- firma bo’linmalarni o’rtasidagi o’zaro aloqani tashkil qilish;
- tashqi aloqalar olib borish;
- boshqarish obyektini rivojlantirish istiqbollarini ta’minlash.
6. Personalni boshqarishni markazlashtirish darajasi va mehnat jamoalarining o’z-o’zini boshqarish darajasi oqilona uyg’unlashtirish negizida amalga oshirilishi lozim. Mohiyat jihatidan qaraganda, bu o’rinda gap boshqarishni markazlashtirish va markazlashtirishdan chiqarishning optimal uyg’unligi haqida bormoqda. Bu tamoyil pog’onali (iyerarxik) tizimining har bir o’zaro tobelik darajasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo’yicha vakolatlarni oqilona taqsimlashga imkon beradi. Strategik qarorlar markazlashgan holda qabul qilinadigan variant eng maqbuli hisoblanadi. Bu xo’jalik yuritishning barcha bosqichlarida muvofiqlashtirishning yuqori darajasini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |