Pedagogik masala
Bugun 11-"A"sinfiga yangi o'qituvchi keldi .Birinchi soat boshlanishi arafasida maktab direktori o'qituvchini sinfga tanishtirdi. O'qituvchi endigina universitetni tamom-lagan ,bolalar bilan yosh farqi 3-4 yoshni tashkil qilardi.Shu sabablimi o'quvchilar uni mensimay, o'z tengdoshlari singari muomala qila boshlashdi.
Yechim
1.O'qituvchi birinchi galda o'zini xotirjam tutishi,o’quvchilar bilan muloyim ohangda tanishib chiqishi lozim.
2.Har qanday vaziyatda ham darsni og'ir -bosiqlik bilan olib borishi,o’quvchilarga o'z tarbiyasi bilan o'rnak bo'lishi lozim.
3.O'qituvchi o'zining bilim darajasining qandayligini shu birinchi darsdayoq o'quchilarga isbotlab, ulardan ustunligini bildirishi lozim.Har xil metodikalar qo'llab bolalarni fanga qiziqishini orttirishi kerak.Mana shunda keyingi darslar o'z o'rnida muammolarsiz davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |