tizimida: Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy
“eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko‘rganimni
eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib
yetaman”, degan ekan. Ta’limda informatsion hamda
pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganda o‘quvchi yoki
talaba eshitish, ko‘rish, ko‘rganlari asosida mustaqil
fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda darslarni tashkillashtirish uchun ma’lum bir
shart-sharoitlar mavjud.
Ta’limda informatsion hamda pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganda o‘quvchi
yoki talaba eshitish, ko‘rish, ko‘rganlari asosida mustaqil fikrlash
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun ma’lum
bir shart-sharoitlar mavjud.
Birinchidan, axborot resurslari bo‘lishi kerak. Bularga:
Shaxsiy kompyuter;
Proektor;
Multimedia vositalari;
Skaner (murakkab sxemalar va chizmalarni, negativ plyonkadagi
tasvirlarni kompyutyerga o‘tkazish uchun);
Raqamli fotoapparat;
Videokamera (video konferensiyalar o‘tkazish va yana boshqa
maqsadlar uchun);
Printer, nusxa ko‘chiruvchi qurilma (tarqatma materiallarni qog‘ozga
tushirish va ko‘paytirish va yana boshqa maqsadlar uchun) va boshqa
resurslar kiradi.
Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar mavjud. Ta’lim
tizimida multimediya elektron o‘quv adabiyotlar,
ma’ruzalar, virtual laboratoriya ishlari, har xil animatsion
va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus
dasturlar hisoblanadi.
Bu dasturlar juda ko‘p bo‘lib, misol uchun: animatsion
roliklar yaratish uchun Macromedia Flash MX dasturidan
foydalaniladi. Multimediali taqdimot ma’ruzalarini
yaratishda hammamizga ma’lum bo‘lgan Power Point va
Macromedia Authorware dasturidan foydalaniladi.
Elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish davomida keng
foydalaniladigan tahrir qiluvchi dasturlar ham mavjud
bo‘lib, ulardan misol uchun. Adobe Photoshop dasturi
orqali rasmlarni tahrir qilish, sifatini oshirish uchun
foydalaniladi.
AKT ni rivojlantirish uchun ishlatiladigan turli DASTURIY TA’MINOTlar mavjud.
Bular:
MS WORD: Ushbu dastur mantlarni qayta ishlash dasturiy ta’minotidir. Unda
o‘qituvchilar tasvirlar va matnlar joylashtirilgan hujjatlar yaratishlari mumkin.
MS EXCEL: Bu yirik formatli jadval bo‘lib, undan ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida
taqdim etishda foydalanish mumkin.
MS POWERPOINT: Microsoft Power Point dasturi yordamida yuqori darajali
taqdimot ishlab chiqish va slaydlarni namoyish qilish mumkin.
PHOTOSHOP: Adobe Photoshop yoki oddiygina Photoshop, grafiklarni tahrir
qiluvchi dasturdir. Photoshop dasturida yuqori darajali tasvirlar yaratish
imkoniyatlari mavjud.
FLASH: Flash dasturi multimedia dasturlarini yaratishda keng qo‘llaniladigan
usuldir. Odatda, Flash animatsiyalar, reklamalar va veb sahifaning turli qismlarini
hamda videoni veb sahifaga joylashtirish va Internet dasturlarini rivojlantirishda
qo‘llaniladi.
MOVIE MAKER & MEDIA PLAYER: Qulay kameralar yordamida tabiat hodisalari,
jumladan, atrof-muhitning ifloslanishi va boshqalar rasmga olinadi, so‘ngra Movie
Maker da tahrir qilinadi. Media Player yordamida esa filmni namoyish qilsa bo‘ladi.
YUqorida keltirilgan Internet resursning bir qismi axborot va tasvirlarni yig‘ishda
ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |