Key words: technological education, interactive method, creativity, interactive education system,
training, purpose, logical thinking.
Kirish.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida malaka talablari boʻlajak texnologiya
fani oʻqituvchilarining ijodkorligini rivojlantirishning padagogik shart-sharoitlari, mexanizmi, metodlari
hamda texnologiyalarini ishlab chiqishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida
talabalarning shaxsiy rivojlanishi, ularning ijodiy fikrlash, mustaqillik, faollik, munosabatlarining boyib
borishi, dunyoqarashlarining oʻsib borishi, oʻz-oʻzini nazorat qilish va tarbiyalashga boʻlgan ehtiyojlarining
shakllanishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Oʻqituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalari yordamida talabalarning qobiliyatlarini
rivojlantirish, oʻz-oʻzini nazorat qilish va boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash,
ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish,
fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, oʻz nuqtayi nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini
topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga erishish mumkin [1].
Eng muhimi, interfaol ta’lim texnologiyalarini qoʻllash orqali oʻqituvchi talabalarning ta’lim-tarbiya
jarayonidagi aniq maqsadga erishish yoʻlida oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etadi.
Asosiy qism.
Hozirda yangi metodlarni yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish haqida gap
borganda interfaol usullarning oʻquv jarayoniga qoʻllanilishi tushuniladi. Interfaollik bu oʻzaro ikki kishi
faolligi, ya’ni oʻquv-biluv jarayoni oʻzaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki
oʻquvchi-oʻqituvchining oʻzaro muloqoti asosida kechadi. Interfaollik - oʻzaro faollik, harakat, ta’sirchanlik,
u oʻquvchi va oʻqituvchi muloqotlarida sodir boʻladi. Interfaol usulning bosh maqsadi oʻquv jarayoni uchun
eng qulay vaziyat yaratish orqali talabaning faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U oʻzining
intellektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etadi va oʻquv sifati va samaradorligini oshiradi.
Interfaollik asosida oʻtgan darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham talaba
chetda qolmaydi, ya’ni ular koʻrgan, bilgan, oʻylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega
boʻladilar. Talabalarning har bir bildirgan fikrlari, u toʻgʻri yoki notoʻgʻri boʻlishidan qat’i nazar tanqid
qilinmaydi [2].
Do'stlaringiz bilan baham: |