“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
20
- ikkinchidan, darsda va darsdan tashqari vaqtida oʻtkaziladigan asosiy va qoʻshimcha tadbirlar
shaklidagi mashg’ulotlarni oʻtkazish va oʻrgantish uslubiyati ishlab chiqilmagan;
- uchinchidan, sport-sog’lomlashtirish markazlari amaliyotida foydalaniladigan majmua dasturlari oʻta
murakkab.
Turli yoshdagi sportchilar bilan aerobikaning sog’lomlashtiruvchi turlari bilan mashg’ulotlar oʻtkazish
muammolari juda dolzarb boʻlib samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba tadqiqotlarni talab qiladi.
Ishning maqsadi.
Sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha majmua dasturlarini ishlab chiqish asosida
turli yoshdagi sportchilarning harakat faolligini oshirish.
Tadqiqotning vazifasi:
➢
turli tuzilmalarda aerobikaning sog’lomlashtirish yoʻnalishi boʻyicha mashg’ulotlarni oʻtkazish
xususiyatlarini oʻrganish;
➢
turli yoshdagi sportchilarga sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga oʻrgatish uslubiyati boʻyicha
olimlarning fikr va mulohazalarini tahlil qilsh;
➢
turli yoshdagi sportchilarga sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga oʻrgatish uslubiyati boʻyicha
olimlarning fikr va mulohazalarini tahlil qilsh asosida sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha dasturlar ishlab
chiqish.
Tadqiqot uslubiyati
1.
Adabiyot manbalarini tahlil qilish.
2.
Anketalash.
3.
Pedagogik kuzatuv.
4.
Antromometrik oʻlcham.
5.
Nazorat sinovlari uslubiyati.
6.
Pedagogik tajriba.
7.
Matematik statistika uslubiyati.
Barcha sport turlari kabi, sog’lomlashtiruvchi aerobikada uzoq faollik bilan bog’liq hamma faoliyatlarda
biz oʻrgatish muammolari bilan toʻqnash kelamiz.
Aerobika boʻyicha murabbiylar uchun eng muhimi, shug’ullanuvchilarga nafaqat chiroyli
harakatlanishni, balki mashqlarni bajarish texnikasini toʻg’ri ijro etishga oʻrgata olishdir. Shuning uchun
toʻg’ri oʻrgatish muammolari, aerobikada eng sodda harakatlarni oʻzlashtirishda ham dolzarb boʻlib qolmoqda.
Maxsus adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki [16, 17], mashqlarga oʻrgatish - bu oʻqituvchi va
oʻquvchidan harakatlarni rejali va uslubiy toʻg’ri tashkil qilishni talab qiluvchi pedagogik jarayondir. U
oʻrgatishning asosiy vazifalarini yechishga yoʻnaltirilgan. Shug’ullanuvchilarning harakat bilim va
koʻnikmalarini shakllantirish, jismoniy sifatlarini kompleks rivojlantirish ma’naviy-irodaviy sifatlarini
tarbiyalashdir.
Sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha mashg’ulotlar, vositalar tanlovi, alohida mashqlar me’yori va
navbatlashuvi, hamda ularni bajarilish tempiga koʻra farqlanadi. Lekin, mashg’ulotlarning xilma-xil variantlari
yagona shakl va tuzilish qonuniyatiga boʻysunadi [8, 16].
Eng katta tuzilma birligi, majmua hisoblanib u oʻz navbatida qismlarga boʻlinadi, qismlar esa kichik
seriyalarga boʻlinib, mashqlar zanjiridan tashkil topadi. Mashqlardan kombinastiyalar, bog’lamlar tashkil
qilinadi.
Bir qator mualliflarning ma’lumotlari boʻyicha [2, 4], sog’lomlashtirish aerobika mashg’ulotlari
aerobika darsi shundan iboratki, oʻquv jarayonini malakali instruktor boshqaradi.
Barcha darslar kabi, aerobika sinfining mashg’ulotlari ham tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlardan
iborat. Y.V.Menxin, A.V.Menxin (2002) aerobika boʻyicha mashg’ulotlarning tuzilishi oʻrtacha 60 daqiqa
tashkil qiladi, tayyorlov qismning davomiyligi mashg’ulotning umumiy vaqtini 5-10% ni; asosiy qism-80-
85%; yakuniy qism esa 5-15% ni tashkil qiladi deb hisoblaydilar.
Yetarli darajada shug’ullanganlar bilan 60 daqiqali mashg’ulot tuzilishi boʻyicha 90 daqiqa
shug’ullanish mumkin. (O.A.Lomova 2002, M.L.Juravina, N.K.Menshikova 2002, J.K.Xolodov.
V.S.Kuznestova 2002).
Sportdagi kabi, sog’lomlashtiruvchi aerobikada oʻrgatish jarayoni shug’ullanuvchilar va
instruktorlarning aniq tizimini oʻzida namoyon qiladi. Bu harakatlar ongli bog’lanishga egadir va vaqt boʻyicha
ketma-ket taqsimlangan. Ta’limning aniq vazifalarini navbatma-navbat yechish alohida bosqichlarga boʻlish
imkoniyatiga asoslanadi [3, 5, 7].
Oʻrgatish jarayonining III - bosqichi ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |