« Pedagogik mahorat »
fanining
2021/2022 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan
S ILLABUSI
Fanning qisqacha tavsifi
|
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Guliston davlat universiteti
|
Guliston shaxri, 4-mavze
|
|
Fakultet:
|
Pedagogika
|
Kafedra:
|
Pedagogika va psixologiya
|
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 - Pedagogika
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5112000-Jismoniy madaniyat
|
|
Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:
|
O’qituvchi Suleymanova. Ra’no.Do’sbekovna
|
E-mail:
|
ranosulaymonova0@gmail.com
|
|
Dars vaqti va joyi:
|
Bosh bino 303- auditoriya
|
Kursning davomiyligi:
|
02.09.2021 -02.02.2022
|
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Seshanba, payshanba va juma kunlari 14.00 dan 17.00 gacha
|
|
Fanga ajratilgan
soatlar
|
|
|
|
Ma’ruza-16
|
|
Seminar----22
|
Mustaqil-32
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi (prerekvizitlari):
|
“ Pedagogika”, “Yosh va pedagogik psixologiya”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Pedagogika”, “Oila psixologiyasi”, ”
|
|
Fanning mazmuni
|
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo`lajak o`qituvchilarni zamonaviy pedagogik fanining nazariy-tarixiy asoslari va o`qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish, O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni talablari asosida ta`lim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real ta`lim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va texnikani namoyon eta olishga o`rgatish.
Fanning vazifasi
–talabalarni milliy va innovatsiyon pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishga o’rgatish;
– o`quv-tarbiya jarayonini samarali boshqarish, o`quv-me`yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda ta`lim olganlikni tashxis etish qoninuyat va tamoyillari bilan tanishtirish;
--o`quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion ish yo`nalishlari hamda rivojlanishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilarni o`qitish va rivojlantirish mazmunini o`zlashtirish;
--milliy va jahon pedagogik fikrlari taraqqiyoti bilan tanishtirish hamda pedagogik merosdan samarali foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantirish;
--global doirada ta`lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yo`nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etish, milliy va hududiy o`ziga xosliklardagi umumiy ko`rinishlarni ochib berish, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni boyitish shakl va metodlarini aniqlashtirish;
|
|
Talabalar uchun talablar
|
- o‘qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali telefonni dars davomida o‘chirish;
- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- ko‘chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;
- darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart;
- talaba o‘qituvchidan so‘ng, dars xonasiga - mashg‘ulotga kiritilmaydi;
- talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin
- Umumiy pedagogika fanining predmeti, rivojlanish tarixi, bilish faoliyati, shaxs psixologiyasi, intellekt va shaxslararo munosabatlarga doir nazariy bilimlarni bilishi kerak;
- ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari; pedagogikaning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik fikrlarning rivojlanish taraqqiyoti, o`quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo`yilgan zamonaviy talablar; ta`lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish omillari, yosh davrlarining o`ziga xosliklari; yaxlit o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish; tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari; pedagogik menejmentning mohiyati va o`ziga xosliklari, korreksion pedagogikaning asosiy yo`nalishlari; pedagogik terminologiya haqida to`liq tasavvurga ega bo`lishi kerak;
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |