Tovush kuchi nima?Nutq texnikasi malakalari va ko'nikmalarini muvaffaqiyatli egallashuchun sharoit yaratuvchi notiqning umumiy ruhiy, jismoniy xususiyatlarini takomillashtirish, bunda tasavvumi, obrazli xotira va fantaziyani rivojlantirish ko'zda tutiladi. Bunday faoliyatda tovush, diapazon, tembr, diksiya, arrikulyatsiya, ritmika, to'g'ri nafas olish muhim rol o'ynaydi. Tovush. Ba’zi o'qituvchilarga tovush tug'ma qobiliyat sifatida berilgan, lekin bu ham mashq qilib turilmasa buziladi. O'qituvchi o'z tovushini kuchli, egiluvchan, emotsional ta’sirchan qila olishi mumkin. O'qituvchi pedagogik faoliyatida tovushning o'ziga xosligi nimalarda namoyon bo'ladi? Awalo tovush, chiqarilgan havoni hiqildoqdan o'tishi paytida ovoz pardalarining tebranishi natijasida vujudga kelishini ta’kidlash lozim Tovush o'zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
• tovush kuchi - tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog'liq. Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tirqishiga bo'lgan bosimi qancha kuchli bo'lsa, tovush ham shuncha baland bo'ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |