Pedagogik kuzatish



Download 35,06 Kb.
bet3/9
Sana25.03.2022
Hajmi35,06 Kb.
#509808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogik kuzatish

Pedagogik tahlil. Oila, oilaviy munosabatlar mavzusidagi tadqiqotlarni olib borishda pedagogik tahlil metodidan ham keng foydalaniladi. Uni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik, pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.

Pedagogik tajriba. Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda pedagogik tajriba (eksperiment – lot. “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib ko‘rish”) metodi ham keng qo‘llaniladi. Pedagogik tajriba metodidan muammo еchimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi va samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo еchimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Pedagogik tajribani tashkil etayotgan tadqiqotchi o‘zi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodika samaradorligini baholay olishi zarur.

Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.



Ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metod. Oila va oilaviy munosabatlar muammolarini tadqiq etishda ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metodni qo‘llash ham ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga yordam beradi. Ushbu metod muayyan shaxs, guruh yoki jamiyatning shakllanish tarixini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, pedagogik ob’ekt (yoki sub’ekt)ni qiyosiy o‘rganish va yakuniy xulosalarga kelish imkoniyatini beradi.
Turli oilalarning hayoti, ota-onalar faoliyati bilan tanishish orqali ularning farzandlar tarbiyasini tashkil etishda tarbiya metodlaridan foydalanish tajribalarini o‘rganish yoshlar uchun o‘ziga xos tajriba maktabi vazifasini o‘taydi. Ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metodni qo‘llashda quyidagi savollardan foydalanish oila tarbiyasida samarali ta’sirga ega metod va vositalardan qay darajada foydalanilaganligini aniqlash imkonini beradi:

  1. Bolalarga ta’sir ko‘rsatish vositalarining barchasi ham samarali tarbiyaviy ta’sirga egami? fikringizni misollar yordamida bayon eting.


  2. Oilada farzandlarga samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatishning qanday yo‘llari mavjud deb o‘ylasiz?


  3. Farzandlaringizning harakatlaridan norozi yoki xursand ekanligingizni ularga qay tarzda bildirasiz?


  4. Farzandlarning axloqi, xatti-harakatlariga qo‘yiladigan talablar turi va shakli jihatdan ko‘pligini qanday izohlaysiz? tarbiya jarayonida ulardan birdek foydalanish maqsadga muvofiqmi? fikringizni dalillar yordamida asoslashga urinib ko‘ring.


  5. Farzandlarni mustaqil hayotga tayyorlashni qachondan boshlash zarur? bu jarayonda qanday usullardan foydalanish samarali hisoblanadi? hayotiy tajribangizda farzandlarni mustaqil hayotga tayyorlashda qanday usullardan foydalanasiz?


  6. Oila sharoitida bolalarda ogohlik hissini shakllantirishda qanday usullarni qo‘llash samarali sanaladi?


  7. Uyaltirish metodi qanday vaziyatda samarali tarbiyaviy vosita bo‘la oladi? fikringizni shaxsiy tajribangiz, hayotiy misollar yordamida bayon eting.


  8. Bolalarda tadbirkorlik xislatini tarbiyalashda qanday metodik talablarga amal qilish zarur?


  9. Ota-onangiz tomonidan sizga nisbatan qo‘llanilgan tarbiya usullarini eslay olasizmi? ularning qaysi birlaridan amalda foydalanayapsiz?


10. Tajribangizda qo‘llanilayotgan ijobiy va salbiy tarbiya metodlarni guruhlab, salbiylarini cheklashga urining.




Download 35,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish