Pedagogik kuzatish



Download 35,06 Kb.
bet1/9
Sana25.03.2022
Hajmi35,06 Kb.
#509808
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogik kuzatish


Pedagogik kuzatish. Ushbu metod yordamida tadqiqotchi tomonidan oilada tashkil etiladigan pedagogik (tarbiyaviy) jarayon bevosita yoki bilvosita sinchiklab o‘rganiladi. Pedagogik kuzatish orqali oiladagi tarbiyaviy jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil, tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish oila tarbiyasi samaradorligiga erishish, barkamol shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, u holda metodning ahamiyati yanada oshadi.
Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar jarayonida pedagogik kuzatuv metodini qo‘llashda tadqiqotchi samaradorlikka erisha olishi zarur. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

  1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;


  2. kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;


  3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;


  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;


  5. xulosa chiqarishga shoshilmaslik.




Suhbat metodi. Ilmiy tadqiqot metodlaridan biri bo‘lgan – suhbat asosida tarbiyani tashkil etish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, oilaviy muammolar еchimini topishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo еchimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat metodi maqsadga muvofiq holda individual, guruhli va ommaviy shakllarda tashkil etiladi. Uni tashkil etish jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bo‘lishiga erishish muhimdir. Oila tarbiyasini tashkil etishda suhbat metodini qo‘llashda ham muayyan shartlarga amal qilish talab etiladi. Ular quyidagilardir:


  1. tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘lanish va izchillikni ta’minlash;


  2. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;


  3. suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish;


  4. suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan ayrim ma’lumotlarga ega bo‘lish;


  5. suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish;


  6. suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;


  7. savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;


  8. olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.





Download 35,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish