Педагогик конфлектология фанидан оралиқ назорати топшириқлари


Do‘stona va iliq munosabat



Download 0,8 Mb.
bet39/58
Sana16.04.2022
Hajmi0,8 Mb.
#556975
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
Pedagogik konfliktologiya fanidan maruzalari matni

Do‘stona va iliq munosabat omillari

  1. suhbatdoshingizga o‘zaro tenglik tamoyili asosida muomala qilasiz, uni suhbatdagi hamkor deb qabul qilasiz, uning maqsadlarini o‘zingizga bo‘ysundirmaysiz;

  2. suhbatdoshingizning o‘z shaxsiy fikri mavjud bo‘lishi mumkinligi huquqini hurmat qilasiz, shu bois o‘z fikringizni u albatta qabul qilishi lozimligi talab etmaysiz, u sizning fikringizga qo‘shilmasa, undan hafa ham bo‘lmaysiz, chunki har bir odamning o‘z qarashi mavjud bo‘lishi lozimligi tabiiy hol. Insonning individualligi fikrlari va qarashlarida ham o‘zini namoyon qiladi.

  3. uning qarash va fikrlarini behurmat qilmaysiz hamda ular mavjudligi e’tiborga olasiz. Masalan, “Faqat ahmoqlar shunday deb o‘ylashi mumkin”, “Sen asli aqli pastroq odamsan-da, shunaqa xulosaga kelibsan”, “Xotinlarning asli aqli pastroq bo‘ladi, sendan bundan boshqa yana nimani kutardik...”, “Erkaklar har doim mana shunaqa qo‘rs bo‘ladi, “Siz ham odammisiz, gapga tushunadigan…” qabilidagi jumlalar suhbatni keskinlashtiradi. Opponentingizning fikri noto‘g‘ri bo‘lsa ham, bu fikr – uning uchun o‘z fikri bo‘lganligi sababli qadrli ekanligin unutmaslik lozim, unga o‘z fikrini o‘zgartirish uchun imkon berish dakror.

  4. boshqa insonlarning o‘z hayotiy tajribasi, xulosalari, qadriyatlari mavjudligini hisobga olasiz. Har bir inson – alohida, mustaqil qadriyatdir. Fikrlar almashuvi zarur holat, ammo fikrni majburlash, tanqid qilish, o‘z fikrini ustun qo‘yish orqali singdirib bo‘lmaydi.

Mana shu suhbatni “sovuqlashtiruvchi” yoki “iliqlashtiruvchi” omillar asosida o‘z harakatlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Tahlil nima narsalarni qilmaslik lozimligini sizga ochiq ko‘rsatadi. Inson o‘z malakalarini tahlil qilishga o‘tganda, u o‘z xato va kamchiliklarini tuzatishga ham o‘tgan bo‘ladi. Xato to‘g‘rilanmagunicha xato hisoblanadi. Xato tuzatilgandan so‘ng xato emas, balki yangi voqelikka aylanadi.


Shu bilan birga, ba’zan biz o‘zimizni ham suhbat “sabotajchisi” sifatida tutamiz. Agar suhbatdoshimiz avvallari bizni hafa qilgan, bizning ko‘nglimizga tegadigan gap qilgan, yoki o‘zi asli bizga yoqmaydigan odam bo‘lsa, biz o‘zimizni shunday tutishimiz mumkin. Demak, bu hollarda ham bizning amallarimiz, so‘zlarimiz odamlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bilish, xato holatlarning oldini olishga teng keladi. Aslida, “sabotajchilik” har ikki tomonga ham tavsiya etilmaydi. Suhbat tomonlarning o‘zaro munosabatini yorqin va aniq ko‘rsatadigan ijtimoiy voqelik hisoblanadi.
Sizning suhbatdan maqsadingiz o‘z suhbatdoshlaringizga o‘zingiz haqidagi ma’lum tartibda mujassam etilgan axborotlar tizimini uzatishdan iboratdir. Uning maqsadi ham shunday. YA’ni, ikkala tomon axborot almashuv orqali o‘z munosabatlarini aniqlashtirib olmoqchi. Axborot almashuvni esa boshqa tomon manfaatlarini buzgan holda olib borish – noto‘g‘ri va madaniyatsizlik alomati hisoblanadi. Shu bois, muloqotni eng avvalgi shartlaridan biri – o‘z suhbatdoshini hurmatlash hisoblanadi.
Sizni to‘g‘ri va samimiy qabul qilinganingiz sizni xursand qilganidek, sizga g‘ayrli va adolatsiz munosabat sizning ko‘ngligingizni og‘ritadi, hafa qiladi. Sizning fikrlaringiz, qarashlaringiz, xulosalaringiz tanqid qilanaversa, siz bunday holatlarni o‘zingizga nisbatan nohaqlik sifatida qabul qilasiz. Ammo hurmatli odam bo‘lish uchun faqat maqtovlar ichida yashash hech ham shart emas. Odam birovlarning maqtovi, hushomadisiz ham o‘zini ulug‘vor ko‘rsatishi mumkinligi aniq.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish