O‘z amallariga mas’ul bo‘lish.
Eng qadimgi davrlardan boshlab inson sivilizatsiyasi tarbiya va axloq masalalariga e’tibor bilan qaragan. Inson axloqiy normalari ichida o‘z so‘zida turish, burch, mas’uliyatli bo‘lish, birovlarga berilgan va’dalarga hurmat va ularni so‘zsiz bajarish inson komilligining oliy qadriyatlaridan hisoblangan. Ammo hayotda har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Ko‘pincha biz o‘z va’dalarimizni esdan chiqarib qo‘yamiz, o‘z so‘zimiz ustida turmaymiz. Bu – juda yomon odat. Ba’zan, boshqalarning bizga bergan va’dasini o‘z vaqtida bajarmagani uchun aziyat ham chekamiz. Insonning eng halokatli xatolaridan biri – yaxshi ishni ham yomon bajarib, barbod etishdir. Konfliktlar sharoitida o‘z so‘zi ustida turish - konflikt yechimiga qaratilgan va’dalarning ustidan chiqishni anglatadi. Agar konflikt yechimi ichida siz o‘z xohishingiz bo‘yicha o‘zingizga ba’zi mas’uliyatli vazifalarni olsangiz, ularni bajarishga sayi-harakat qilishingiz lozim. Agar ularning uddasidan chiqolmayotgan bo‘lsangiz, ular borasida ham ochiq muloqotda so‘zlab, ishni bajara olmayotganligingiz haqida o‘rtoqlashishingiz lozim bo‘ladi. Konflikt sharoitida kuyidagi amallar maslahat beriladi:
O‘z so‘zlaringiz va amaliy ishlaringizda mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling.
Tomonlar o‘rtasidagi turli shartnomalar va o‘z mas’uliyatingizdagi vazifalarni albatta bajaring.
Agar sizning sa’y-harakatlaringiz behuda ketayotganligi va yordam bermayotganligini sezsangiz, harakatlaringizni qaytadan boshlang va opponentingiz bilan samimiy o‘rtoqlashing.
Bu amallar noto‘g‘ridir!
Tahqirlamoq
Ayblamoq, doimo ayb qidirishga intilish
Nafratlanish, hazar qilish va odamlar ustidan kulish
Hamsuhbatdoshni tinglamaslik, uning so‘zlari va
fikrlariga bepisandlik, e’tiborsizlik
Tengma – teng bo‘lish
O‘tgan ishlarni yuzga solish
Bosim o‘tkazishga harakat qilish
Boshqalarning so‘zlarini eshitmaslik, ular so‘zini qo‘pol
ravishda bo‘lish
Tahdid qilish, ko‘rqitish, nafsoniyat va hayotga havf solish
Psixologik va jismoniy shantaj
Kinoya, piching qilish, istehzo bilan munosabatda bo‘lish
Boshqalarga tazyiq o‘tkazish
Agressiv munosabatga o‘tish va zo‘ravonlik ko‘rsatish
Kuch ishlatish, qo‘lga erk berish
O‘z dilisiyohligini beyab, o‘zidan zaif odamlarga to‘kish
Boshqalar haqida bo‘hton gaplar tarqatish, g‘iybat, gap
tashuvchilik qilish
Ranjitish, dilisiyohlik, boshqalar ko‘nglini og‘ritish
Buyruqbozlik, o‘zini boshliq deb bilish
Mas’uliyatidagi vazifalarni bajarmaslik
Mas’uliyatli qarorlar qilishdan cho‘chish
Do'stlaringiz bilan baham: |